Mamadjanova Tuyg‘unoy Axmadjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiy tizimini rivojlantirishda eksport salohiyatini baholash metodologiyasini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt607.
Ilmiy maslahatchi: Ilmiy maslahatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibadullaev Ergash Bakturdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyati iqtisodiy tizimini rivojlantirishda eksport salohiyatini baholash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa subektlarining eksport salohiyatini baholash uchun endogen (ichki) va ekzogen (tashqi) omillarni yagona tizimga birlashtiruvchi «Endo-Ekzo Integratsiyalashgan Diagnostika Modeli» (EEIDM) taklif etilgan;
kichik biznes eksport salohiyatini baholashda mavjud xalqaro metodikalarning afzalliklarini qo‘shgan holda, O‘zbekiston hududiy xususiyatlari, talab-taklif tarkibi, import o‘rnini bosish imkoniyatlari, kirish-chiqish tarmoqlaridagi mahalliy resurs ulushi va davlat siyosati bilan moslashtirilgan «Milliylashtirilgan QQM–EXPO» ilmiy-amaliy modeli ishlab chiqilgan;
hududning eksport salohiyati jozibadorligini omillar asosidagi miqdoriy baholash (Ij) va vaziyatli SWOT tahlilning sifat baholashini (K_SWOT) bitta integrallashgan ko‘rsatkichga (IEJ=I_j⋅K_SWOT) birlashtiruvchi, ichki va tashqi omillarni bir vaqtda qamrab oluvchi SWOT–IEJ (Integral Eksport Jozibadorligi) modeli taklif qilingan;
mintaqa korxonalarining eksport faoliyati strategiyasini baholash uchun tanlangan Amalga Oshirilgan Xizmatlar Samaradorligi (AOIS), Sotish Xizmatlari Samaradorligi (SXS) va Ishlab Chiqarish Samaradorligi (IchS) guruhlaridan iborat 13 ta asosiy mezonning real ustuvorlik va barqarorlik darajalarini matematik tarzda baholovchi eksport-spesifik ABC–XYZ diagnostik tizimining yangi modifikatsiyasi taklif qilingan;
Surxondaryo viloyati eksport salohiyatini oshirishning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiy tizimini rivojlantirishda eksport salohiyatini baholash metodologiyasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa subektlarining eksport salohiyatini baholash uchun endogen (ichki) va ekzogen (tashqi) omillarni yagona tizimga birlashtiruvchi «Endo-Ekzo Integratsiyalashgan Diagnostika Modeli» (EEIDM) bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 13-dekabrdagi 04-04/12166-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif Surxondaryo viloyatida ichki resurs salohiyati, ishlab chiqarish quvvatlari, moliyaviy va innovatsion imkoniyatlar bilan bir qatorda tashqi bozor talabi, raqobat muhiti, sertifikatlash talablari hamda logistika sharoitlarini integratsion baholash imkonini bergan va viloyat hokimligi tomonidan eksport-yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda strategik diagnostika vositasi sifatida qo‘llanilgan;
kichik biznes eksport salohiyatini baholashda mavjud xalqaro metodikalarning afzalliklarini qo‘shgan holda, O‘zbekiston hududiy xususiyatlari, talab-taklif tarkibi, import o‘rnini bosish imkoniyatlari, kirish-chiqish tarmoqlaridagi mahalliy resurs ulushi va davlat siyosati bilan moslashtirilgan «Milliylashtirilgan QQM–EXPO» ilmiy-amaliy modeli bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 13-dekabrdagi 04-04/12166-son maʼlumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyatida ichki imkoniyatlar, tashqi talab va tarmoq multiplikatsiyasi bitta indeksga yigʻilib, yuqori oqim tarmoqlarining bandlikka taʼsiri hamda eksportni ragʻbatlantirish siyosatining real taʼsiri aniqlangan;
hududning eksport salohiyati jozibadorligini omillar asosidagi miqdoriy baholash (Ij) va vaziyatli SWOT tahlilning sifat baholashini (K_SWOT) bitta integrallashgan ko‘rsatkichga (IEJ=I_j⋅K_SWOT) birlashtiruvchi, ichki va tashqi omillarni bir vaqtda qamrab oluvchi SWOT–IEJ (Integral Eksport Jozibadorligi) modeli Surxondaryo viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 13-dekabrdagi 04-04/12166-son maʼlumotnomasi). Ushbu model asosida Navoiy viloyati - yuqori IEJ ko‘rsatkichi (S > W, O > T) bilan “max-max” pozisiyasida; Qashqadaryo viloyati - o‘rta daraja (S ≈ W, O ≈ T) bilan “max-min” pozisiyasida; Surxondaryo viloyati esa “min-min” strategiyada, ammo imkoniyatlarning tahdidlardan ustun (O > T) bo‘lganligi sababli “tez tiklanish zonasi”da ekanligi aniqlanib, “min-min”, “max-min”, “min-max”, “max-max” strategiyalarini tanlashda raqamli asoslangan qaror qabul qilish imkoniyatini bergan;
mintaqa korxonalarining eksport faoliyati strategiyasini baholash uchun tanlangan Amalga Oshirilgan Xizmatlar Samaradorligi (AOIS), Sotish Xizmatlari Samaradorligi (SXS) va Ishlab Chiqarish Samaradorligi (IchS) guruhlaridan iborat 13 ta asosiy mezonning real ustuvorlik va barqarorlik darajalarini matematik tarzda baholovchi eksport-spesifik ABC–XYZ diagnostik tizimining yangi modifikatsiyasi Surxondaryo viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 13-dekabrdagi 04-04/12166-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik Surxondaryo viloyati korxonalarining eksport salohiyatidagi “langar”, “o‘rtacha” va “lokomotiv” yo‘nalishlarini aniq ajratish va eksportga tayyorgarligini prognoz qilish imkonini bergan;
Surxondaryo viloyati eksport salohiyatini oshirishning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari Surxondaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 13-dekabrdagi 04-04/12166-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida eksport hajmining o‘sish tendensiyasini prognoz ssenariylarini qiyoslash hamda strategik qarorlar qabul qilish uchun ilmiy asos yaratishga xizmat qilgan.