Kannazarova Zulfiya Tolibaevnaning
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasisiz Web of Science va Scopus xalqaro tizimlariga kirgan ilmiy jurnallardagi maqolalari asosida himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan erlarda yopiq gorizontal drenaj tozalash usuli va qurilmasini takomillashtirish”, 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: (B2025.4.PhD/T6241)
Ilmiy rahbar: Muratov Ashirbek, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erlarning meliorativ holatini yaxshilashda er osti suv sathi kutarilishi va erlarning sho‘rlanishini oldini olishda sug‘oriladigan erlarda yopiq gorizontal drenaj yuvish mashinasining ishchi qismini takomillashtirish orqali drenaj quvurlarini yuvish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
drenaj tizimi quvurlarining loyqa va cho‘kindilar bilan to‘lish darajasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan va uning ishlash prinsipi drenaj quvuridagi cho‘kindi miqdoriga bog‘liq ravishda suv oqimi tezligi va suv sarfining ozgarishiga asoslangan;
sug‘oriladigan erlardagi yopiq gorizontal drenaj quvurlarini loyqa va boshqa cho‘kindilardan tozalashni ta’minlovchi yangi konstruktiv tuzilishga ega ishchi qurilma ishlab chiqilgan (№ 11824 );
takomillashtirilgan konstruksiyaga ega o‘zgaruvchan bosimli drenaj yuvish kallagining parametrlari va ishlash rejimi quvurlardagi yuvib tozalanadigan loyqa va cho‘kindilar qatlamining qalinligi va zichligiga bog‘liq ravishda aniqlangan;
yopiq gorizontal drenajni yuvish mashinasining takomillashtirilgan ishchi qismi va optimallashtirilgan texnologik parametrlarini qo‘llash orqali drenaj quvurlarini tozalash samaradorligini oshirish, suv va energiya sarfini kamaytirish hamda sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini barqaror saqlashni ta’minlovchi texnologik echim ishlab chiqilgan va ishlab chiqarish sharoitida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sug‘oriladigan erlarda yopiq gorizontal drenaj tozalash texnologiyasini takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan drenajni tozalaydigan uskuna 2023-2024-yillarda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani F.Xo‘jaev hududidagi sug‘oriladigan erlarida amaliyotga joriy etilgan.
Sinov ishlari natijalariga ko‘ra, takomillashtirilgan yuvish kallaki bilan jihozlangan yopiq gorizontal drenajni tozalaydigan mashina ish unumi 35-40 m/soat, drenajning 1 metr qismini tozalashdagi suv sarfi 45-50 litrni, bir tarafga yuvish masofasi 100-200 m ni tashkil etgani holda, ish unumini 15-20 foizga oshirish, suv sarfini 20-25 foizga, energiya sarfini 1,2 martaga kamayishiga erishilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-sentyabr 04/19-4910-son ma’lumotnomasi)