Kalonov Muxiddin Baxritdinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarda daromadlar va xarajatlar hisobi hamda tahlili metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt189.
Ilmiy maslahatchi: Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tuychiev Alisher Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Avtomobil` transporti korxonalari misolida daromadlar va xarajatlar hisobi hamda tahlili metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarda daromad va xarajatlarni hisob ob’ekti sifatida tan olish hamda mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni tannarxga o‘tkazish tartibi va uni korxona hisob siyosatida belgilash asoslangan;
korxonalarda daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida to‘liq va aniq buxgalteriya axborotini shakllantirish borasida daromadlar va xarajatlar tarkibini faoliyatlariga qarab guruhlashtirilgan holda, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan va faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar (yoki xarajatlar) kabi yirik guruhga bo‘lgan holda hisobini yuritish asoslangan;
asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymatini shakllantirish, amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llash, tugatish qiymati me’yorlari, asosiy vositalarni ta’mirlash va modernizatsiya xarajatlari hisobini yuritish taklifi berilgan;
korxonalarda tarmoq xususiyatini hisobga olgan holda daromadlar va xarajatlarni hisobga olishdagi noaniqlik va nomuvofiqlarni bartaraf etish maqsadida daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish registri ishlab chiqilgan;
avtomobil` transporti korxonalarida daromadlar va xarajatlar hisob-axborot ta’minotini takomillashtirish borasida daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi ishchi schyotlar strukturasi taklif etilgan;
“moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ichki hisobot” shakli hamda ushbu shakl ma’lumotlari asosida tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda rentabellikni aniqlash tartibi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda daromadlar va xarajatlar hisobi hamda tahlili metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalarda daromad va xarajatlarni hisob ob’ekti sifatida tan olish hamda mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni tannarxga o‘tkazish tartibi va uni korxona hisob siyosatida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan transport tizimi tashkilotlari hisob siyosatini belgilashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 29 apreldagi 2/1127-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi transport tizimi korxonalarida hisob siyosati bilan mustaxkamlangan, daromadlar va xarajatlarni hisobda aks ettirish tartibi belgilangan, daromadlarni hisob ob’ekti sifatida aniq guruhlashtirilgan holda hisobin yuritilishini, xarajatlarni optimallashtirish orqali kamaytirish imkonini bergan;
korxonalarda daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida to‘liq va aniq buxgalteriya axborotini shakllantirish borasida daromadlar va xarajatlar tarkibini faoliyatlariga qarab guruhlashtirilgan holda, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan va faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar (xarajatlar) kabi guruhga bo‘lgan holda hisobini yuritish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` transporti agentligi tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` transporti agentligining 2018 yil 17 avgustdagi 3/2850-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda daromad va xarajatlar hisobini yuritishdagi noaniqliklarni bartaraf etib, xar bir faoliyat turi bo‘yicha daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida aniq hamda to‘liq axborot olish imkoniyati yaratilgan.
asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymatini shakllantirish, amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llash, tugatish qiymati me’yorlari, asosiy vositalarni ta’mirlash va modernizatsiya xarajatlari hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan transport tizimi tashkilotlari buxgalteriya hisobini takomillashtirishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2019 yil 29 apreldagi 2/1127-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymatini shakllantirish, ta’mirlash xarajatlari hisobini optimallashtirish orqali asosiy vosita bilan bog‘liq xarajatlarni 7 foizga tushirishga erishilgan.
korxonalarda tarmoq xususiyatini hisobga olgan holda daromadlar va xarajatlarni hisobga olishdagi noaniqlik va nomuvofiqlarni bartaraf etish maqsadida daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish registri taklifi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan transport tizimi tashkilotlari buxgalteriya hisobini yuritish amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2019 yil 29 apreldagi 2/1127-son ma’lumotnomasi). Natijada daromadlar va xarajatlar hamda rentabellik to‘g‘risida doimiy va tezkor ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.
avtomobil` transporti korxonalarida daromadlar va xarajatlar hisob-axborot ta’minotini takomillashtirish borasida daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi ishchi schyotlar strukturasi taklifi O‘zbekiston avtomobil` transporti agentligi tomonidan hisob siyosatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` transporti agentligining 2018 yil 17 avgustdagi 3/2850-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir daromad turi va xarajatlar tarkibi bo‘yicha aniq hisob yuritish hamda ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.
“moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ichki hisobot” shaklini korxona daromadlari va xarajatlari guruhlashtirilgan holda hisobini yuritish imkonini beradigan takomillashgan hamda rentabellikni tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda umumiy va faoliyat bilan bog‘liq rentabellikni aniqlash tartibi taklifi O‘zbekiston avtomobil` transporti agentligi tomonidan boshqaruv hisobi amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` transporti agentligining 2018 yil 17 avgustdagi 3/2850-son ma’lumotnomasi). Taklifning qo‘llanilishi natijasida tizim korxonalarining moliyaviy natijalari to‘g‘risida aniq va etarli axborot olish imkoniyati hamda rentabelligini hisoblash imkoniyati yaratilgan.