Abdullaev Mexriddin Junaydulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh engil atletikachilarning mashg‘ulot samaradorligini oshirishda harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulot¬lari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped672.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Abdulla Nosirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaev Zayniddin Boltaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh engil atletikachilarning mashg‘ulot samaradorligini oshirishda harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10–12 yoshdagi engil atletikachilarning kuch, chaqqonlik, tezkor-kuch, chidamlilik sifatlarining rivojla¬nishi va ular¬ning psixologik (muloqotga kirisha olish, o‘z tengdoshini tushuna olish, bajarilishi belgi¬langan faoliyatning vazifalarini tushunish, o‘z tengdoshi bilan munosabatlarning ifodalanishiga nisbatan tasavvurlar, kattalar bilan munosabatlarning ifodalanishiga nisbatan tasavvurlar) tayyorgarligi dinamikasi aniqlangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10–12 yoshli engil atletika¬chilarda jismoniy (yuqori, o‘rtacha, past) tayyorgarlik va muloqotga kirisha olish qobilyatining tashqi namoyon bo‘lishi (yuqori, o‘rtacha, past) orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
10–12 yoshli engil atletikachilar jismoniy va psixologik tayyorgarli¬gida harakatli o‘yinlarning yo‘naltirilgan ta’siri bo‘yicha tajriba uslub¬larining tarkibi ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirilgan;
engil atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda shug‘ulla-nuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda harakatli o‘yinlar (yakka, juftlik, jamoaviy, estafeta shaklida) tabaqalashtirilib, ularni mashg‘u¬lotlarning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llash metodikasi takomil¬lashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yosh engil atletikachi¬larning mashg‘ulot samaradorligini oshirishda harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodi¬ka¬¬sini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10–12 yoshdagi engil atle¬tikachilar jismoniy va psixologik tayyorgarligining yoshga xos dinamikasi xususiyatlari aniqlanib, harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasi Buxoro viloyati Sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslash¬tirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchi yosh engil atletikachilar tayyorgarligiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3313-son ma’lumot¬nomasi). Natijada 10 yoshli engil atletikachi o‘g‘il bolalarning tezkor-kuch sifatlari 19–21% ga, tezlik sifati 17–19% ga, chaqqonlik sifati 29–31% ga, egiluvchanlik sifati 42–44% ga o‘sishiga erishilgan;
yosh engil atletikachilarning psixologik tayyorgarligida qo‘llanilgan harakatli o‘yinlar Buxoro shahar 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ulla¬nuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3313-son ma’lumotnomasi). Natijada 10 yoshlilarda komunikativ qobiliyat – 15,36% ga, 11 yoshlilarda – 16–18% ga, 12 yoshlilarda – 23,8–25,6% ga, 10 yoshli¬larda emotsional holat – 14,16% ga, 11 yoshlilarda – 15–17% ga, 12 yoshlilarda – 24,2–26,4% ga yaxshilangan;
10–12 yoshdagi bolalarning jismoniy va psixologik tayyorgarligida harakatli o‘yinlarning yo‘naltirilgan ta’siri bo‘yicha tajriba uslublarining tarkibi ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirilib, Buxoro shahar 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3313-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh engil atletika¬chilarning tezkor-kuch sifatlari 20–22% ga, tezlik sifati 17,4–19,1% ga, chaqqonlik sifati 24,2–26,4% ga, egiluvchanlik sifati 48,4–49,2% ga o‘sgan;
engil atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda shug‘ulla-nuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda harakatli o‘yinlar  tabaqalashtirilib, mashg‘u¬lotlarning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llash metodikasi takomillashtirilib, Buxoro shahar 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3313-son ma’lumotnomasi). Natijada 10 yoshlilarda komunikativ qobiliyatning 15,16% ga, 11 yoshlilarda 14–16,8% ga, 12 yoshlilarda 23,1–25,4% ga o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish