Sattarova Barnoxon Nabievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tovuq go‘shtini kimyoviy tarkibi asosida tasniflash va sertifikatlash muammolari», 02.00.09–Tovarlar kimyosi, 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K199.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibroxim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdulloev Shaxobiddin Xasanboevich, kimyo fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dexqonov Raxmatilla Sultonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tovuq go‘shti va uning mahsulotlarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra sinflash asosida tovar kodlar ajratish, sertifikatlashning zamonaviy uslublarini hamda p-ferrotsenilbenzoy kislotalari asosida go‘sht ishlab chiqarish unumdorligini oshiruvchi yangi biostimulyatorlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli xil ozuqa qo‘shilmalardan foydalanib etishtirilgan tovuq go‘shti tarkibida antioksidantlar miqdorining me’yordan ortib ketishiga olib kelishi xromato-mass-spektroskopiya usullari bilan aniqlangan;
mono- va di- almashingan p-ferrotsenilbenzoy kislotalari va ularning litiyli tuzlarini sintez qilish usullari takomillashtirilgan;
C5H5FeC5H4C6H4COOLi va Fe(C5H4C6H4COOLi)2 tarkibli suvda eruvchan tuzlar sintez qilingan, ularning tarkibi va tuzilishi fizik, fizik-kimyoviy analiz usullari bilan isbotlangan;
olingan moddalar jo‘jalar tirik vaznini oshiruvchi biostimulyator ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tovuq go‘shtining kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
p-ferrotsenilbenzoy kislotalarining suvda eruvchan litiyli hosilalari sintez qilinib, ular jo‘jalarning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi preparatlar Farg‘ona viloyati parrandachilik fermer xo‘jaliklarida biostimulyator sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 01/032-35-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandalarning tirik vazni ortishi hisobiga 9,6–10,9 % qo‘shimcha go‘sht mahsulotlari olish imkonini bergan;
yangi so‘yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy tovug‘i (Gallus domesticus) go‘shti uchun TIFTN bo‘yicha 4 ta yangi tovar kodlari Davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 23 apreldagi 1/16-219-son ma’lumotnomasi). Natijada xavfsiz va inson salomatligi uchun bezarar tovuq go‘shtining kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.