Islomov Akmal Xushvaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Madaniylashtirilgan va yovvoyi o‘suvchi Lagochilus inebrians o‘simligini qiyosiy kimyoviy o‘rganish va lagoxilin hosilalarining suvda eruvchan komplekslari sintezi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K16.
Ilmiy rahbar: [Dalimov Davranbek Nigmanovich], kimyo fanlari doktori.professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lagochilus inebrians Bge o‘simligini ko‘paytirish, lagoxilinning atsetil hosilalari asosida suvda eruvchan supramolekulyar komplekslarni olish va ularning gemostatik faolligini aniqlash hamda o‘simlik quruq ekstrakti asosida gemostatik dori vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor L.inebrians Bge o‘simligini ko‘paytirishning maqbul usuli yaratilgan;
ilk bor L.inebrians Bge o‘simligi vegetatsiya davrida tarkibidagi ditrepenoidlar sintez bo‘lish dinamikasi hamda mikro- va makro- elementlar miqdori aniqlangan;
ilk bor lagoxilinning mono-, di-, tri-, tetraatsetil xosilalari sintez qilinib GK va GKMAT bilan turli molyar nisbatlardagi suvda eruvchan supramolekulyar kompleks birikmalari olingan hamda ularning tuzilishlari fizik-kimyoviy va spektral usullarda isbotlangan;
GKMAT va TetAL supramolekulyar komplekslari suvli eritmalarida strukturalanish jarayoni va eritma qovushqoqligiga ta’sir etuvchi kuchlar tabiati aniqlangan;
olingan supramolekulyar komplekslarining gemostatik faolliklari aniqlangan, GKMAT:TetAL (2:1) kompleksi yuqori faollik namoyish etishi isbotlangan;
L.inebrians Bge o‘simligi quruq ekstrakti asosida gemostatik “Inebrin” substansiyasi va tabletka dori shakli olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Madaniylashtirilgan va yovvoyi o‘suvchi Lagochilus inebrians o‘simligini qiyosiy kimyoviy tadqiq etish, lagoxilin hosilalarining suvda eruvchan komplekslari sintezi, tuzilishi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
L.inebrians Bge o‘simligi quruq ekstrakti asosida olingan «Inebrin» dori vositasi substansiyasi Farmakopeya maqolasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan (FM 42 Uz-2535-2018). Natijada «Inebrin» substansiyasi asosida kapillyar va qon tomirlardan qon ketishini to‘xtatuvchi vositalarni ishlab chiqish imkonini bergan;
«Inebrin» tabletka dori shakli Farmakopeya maqolasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan (FM 42 Uz-2536-2018). Natijada samarali qon to‘xtatuvchi «Inebrin» tabletka ko‘rinishidagi dori vositasini ishlab chiqish, respublikada shu turdagi dori vositalarining importi o‘rnini bosish imkonini bergan;
«Inebrin» dori vositacini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruhsat etilgan (Shahodatnoma, 21.07.2014 y., №02-14). Natijada yangi samarali qon to‘xtatuvchi «Inebrin» dori vositasini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish