Suyunova Gulchexra Xolmamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit-modul tizimida talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirishning innovatsion-didaktik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlat tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped11839.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01.
Rasmiy opponentlar: Safo Matchon, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximova Nigora Atakulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimida talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirishning innovatsion-didaktik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning kasbiy mobilligi kasbiy vazifalar, ta’lim va mehnat muhitidagi o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish, yangi kasbiy bilim va ko‘nikmalarni tezkor egallash hamda kasbiy faoliyat yo‘nalishini mustaqil belgilash qobiliyatlarini integratsiyalash asosida motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlar birligida pedagogik tushuncha sifatida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirishga qo‘yiladigan pedagogik talablar kredit-modul ta’limining individuallashtirish, tanlov imkoniyati, mustaqil ta’lim va akademik mobillik xususiyatlarini kasbiy moslashuvchanlik, mustaqil qaror qabul qilish, kommunikativ faollik va o‘zini rivojlantirish ehtiyojlari bilan integratsiyalash asosida tizimlashtirilgan hamda didaktik tamoyillar, psixologik omillar va kompetensiyaviy ko‘rsatkichlar belgilangan;
kredit-modul muhitida talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion-didaktik model maqsadli, mazmuniy, texnologik, faoliyatli va natijaviy komponentlarning o‘zaro funksional aloqasi hamda kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli va differensial yondashuvlar integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan, uni amalga oshirishning pedagogik mexanizmlari va shart-sharoitlari aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirish texnologiyasi mustaqil ta’lim, individual ta’lim traektoriyasi, muammoli-vaziyatli topshiriqlar, loyiha faoliyati va refleksiv faoliyatni kasbiy vaziyatlarga yo‘naltirilgan didaktik topshiriqlar bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan hamda uni oliy ta’lim amaliyotiga joriy etish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimida talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirishning innovatsion-didaktik ta’minotini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning kasbiy mobilligi kasbiy vazifalar, ta’lim va mehnat muhitidagi o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish, yangi kasbiy bilim va ko‘nikmalarni tezkor egallash hamda kasbiy faoliyat yo‘nalishini mustaqil belgilash qobiliyatlarini integratsiyalash asosida motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlar birligida pedagogik tushuncha sifatida aniqlashtirishga doir takliflar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan “Xalqaro yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan qizlarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish va ularning kasbiy mobilligini rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-noyabrdagi 162-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy mobillikni kredit-modul tizimida rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirishga qo‘yiladigan pedagogik talablar kredit-modul ta’limining individuallashtirish, tanlov imkoniyati, mustaqil ta’lim va akademik mobillik xususiyatlarini kasbiy moslashuvchanlik, mustaqil qaror qabul qilish, kommunikativ faollik va o‘zini rivojlantirish ehtiyojlari bilan integratsiyalash asosida tizimlashtirilgan hamda didaktik tamoyillar, psixologik omillar va kompetensiyaviy ko‘rsatkichlarga oid takliflardan Jizzax politexnika institutidagi “AIF 1/4 — Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019–2021) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 28-avgustdagi 04-2031.2029-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy mobillikni shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy-kasbiy topshiriqlar mazmuni boyitilgan;
kredit-modul muhitida talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion-didaktik model maqsadli, mazmuniy, texnologik, faoliyatli va natijaviy komponentlarning o‘zaro funksional aloqasi hamda kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli va differensial yondashuvlar integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan, uni amalga oshirishning pedagogik mexanizmlari va shart-sharoitlari aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika institutida bajarilgan “OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017–2021 yy) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 26-avgustdagi 03-2032.2029-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirishga oid innovatsion-didaktik ta’minot takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirish texnologiyasi mustaqil ta’lim, individual ta’lim traektoriyasi, muammoli-vaziyatli topshiriqlar, loyiha faoliyati va refleksiv faoliyatni kasbiy vaziyatlarga yo‘naltirilgan didaktik topshiriqlar bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan hamda uni oliy ta’lim amaliyotiga joriy etish bo‘yicha shlab chiqishga oid takliflardan Jizzax viloyat teleradiokanalining “Subhidam” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokanalining 2026-yil 9-iyulgi №559/13-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy mobillik darajasini baholashga xizmat qiluvchi diagnostik mezon va indikatorlar amaliyotga joriy etilgan.