Namozova Kamola Bobir qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida nikoh to‘yi marosimlari leksikasining milliy-madaniy xususiyatlari”, 10.00.13 - Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2276.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Fil.31.02.
Rasmiy opponentlar: Sarsenbaeva Zoya Jangabaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Bayjanova Oqila Iskandarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida nikoh to‘yi marosimlari leksikasining milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kognitiv-lingvistik, lingvokonseptologik hamda qiyosiy-tipologik yondashuvlar integratsiyasi asosida ingliz va o‘zbek tillarida to‘y marosimlariga oid leksik birliklarning konseptual tizimi rekonstruksiya qilinib, ingliz tilida individual tanlov, romantik munosabat va rasmiy nikoh marosimini ifodalovchi konseptual dominantalarning, o‘zbek tilida esa jamoaviylik, qarindoshlik, urf-odat, an’anaviy qadriyatlar va ijtimoiy hamjihatlikni aks ettiruvchi konseptlarning konseptosferadagi o‘rni hamda o‘zaro ierarxik munosabatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
lingvomadaniy modellashtirish hamda diskursiv-semantik tahlil metodologiyasi asosida ingliz va o‘zbek tillari to‘y marosimlari leksikasining lingvomadaniy modeli ishlab chiqilib, marosim terminlari, frazeologik birliklar, paremiologik vositalar, ramziy atributlar va nutq formulalarining milliy mentalitet, etnomadaniy tafakkur hamda qadriyatlar tizimini reprezentatsiya qilishdagi funksional-semantik xususiyatlari aniqlashtirilgan, shuningdek, ularning madaniy kodlarni verballashtirish va lingvomadaniy axborotni uzatish mexanizmlari tavsiflangan;
leksik-semantik maydon nazariyasi, lingvomadaniy yondashuv hamda marosim diskursi tahlili integratsiyasi asosida ingliz va o‘zbek tillaridagi to‘y marosimlari leksikasining funksional-strukturaviy modeli ishlab chiqilib, to‘ydan oldingi, to‘y jarayoni va to‘ydan keyingi marosim bosqichlariga xos nominativ birliklarning tizimli tashkil topish qonuniyatlari, diskursiv voqelanish xususiyatlari hamda ularning milliy-madaniy differensial belgilari ilmiy asoslangan;
konseptual-semantik hamda qiyosiy-lingvomadaniy tahlil natijalari asosida ingliz va o‘zbek xalqlarining to‘y marosimlariga oid leksik birliklari tizimlashtirilib, ularning milliy qadriyatlar, urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar va madaniy stereotiplarni ifodalovchi konseptual mazmuni aniqlangan hamda universallik va milliy o‘ziga xoslikni belgilovchi lingvomadaniy parametrlarning shakllanish, rivojlanish va funksionallashuv qonuniyatlari ilmiy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida to‘y marosimlari leksikasining milliy-madaniy xususiyatlarini tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
kognitiv-lingvistik, lingvokonseptologik hamda qiyosiy-tipologik yondashuvlar integratsiyasi asosida ingliz va o‘zbek tillari leksik birliklarning konseptual maydoni modellashtirilib, ingliz tilida individual tanlov, romantik munosabat va rasmiy marosim konseptlari ustuvorligi, o‘zbek tilida esa jamoaviylik, qarindoshlik, urf-odat va an’anaviy qadriyatlarni ifodalovchi konseptlarning dominantligiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan F-7-13- “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tarixi tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 07-maydagi 04/11-4048-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqining oilaviy-maishiy, mavsumiy marosimlari va milliy urf-odatlarning butun bashariyatni uyg‘unlikka, obodlikka etaklovchi qadriyat ekanligi, ularning inglizcha muqobillari bilan bog‘liq fikr- mulohazalarni o‘rganishga xizmat qilgan;
lingvomadaniy modellashtirish hamda diskursiv-semantik tahlil metodologiyasi asosida ingliz va o‘zbek tillarida to‘y marosimlari leksikasining lingvomadaniy modeli marosim terminlari, frazeologik birliklar, to‘y marosimlari leksikasining milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi lingvomadaniy model marosim terminlari, frazeologik birliklar, maqollar, ramziy atributlar, nutq formulalarining milliy mentalitet va madaniy qadriyatlarni ifodalashdagi funksiyalari asosida voqelanishiga oid ilmiy xulosalar va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillari institutida 2016-2018-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” xorijiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2024-yil 30-apreldagi 892/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek to‘y marosimlari leksikasini etnolingvistik va lingvomadaniy birliklarini tavsiflash muammolari aniqlanib, ta’limni modernizatsiyalash jarayonida “O‘zbek folklori”, “Qiyosiy adabiyotshunoslik” va “Qiyosiy tilshunoslik” fanlarini takomillashtirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishiga xizmat qilgan;
leksik-semantik maydon nazariyasi, lingvomadaniy yondashuv hamda marosim diskursi tahlili integratsiyasi asosida ingliz va o‘zbek tillaridagi to‘y marosimlari leksikasi funksional bosqichlari to‘ydan oldingi, to‘y jarayoni va to‘ydan keyingi marosimlar kabi leksik-semantik maydoni lingvomadaniy chizig‘ida voqelanishi bilan bog‘liq xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturining 58545-EPP-1-2017-1ES-EPPKA2-SBHE-JP KLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” xorijiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2024-yil 30-apreldagi 893/02-son ma’lumotnomasi). Natijada bir qator olimlarning ingliz va o‘zbek tilillaridagi to‘y oldi, to‘y jarayonidagi va to‘ydan keyingi marosimlar bilan bog‘liq terminlarning o‘zida mujassamlashtirgan milliylikni aks etitiruvchi ruhiyatga bo‘lgan katta qiziqishni namoyon etishi kabi xulosalari olimlarning ushbu masalalar yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lishiga asos bo‘lgan;
konseptual-semantik hamda qiyosiy-lingvomadaniy tahlil natijalari qiyoslanayotgan xalqlarning to‘y marosimlariga oid leksik birliklar milliy qadriyatlar, urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar va madaniy stereotiplarning konseptual qarashlari va lingvomadaniy xususiyatlari negizida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq taklif va mulohazalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Intervyu plyus”, “Assalom Buxoro”, “Til va madaniyat” ko‘rsatuvlarining senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-apreldagi 01/09/70-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmunan takomillashuviga, ilmiy dalillarga boy bolishiga, ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi taminlanishiga erishildi. Keltirilgan tahlillar asosidagi yangiliklar teletomoshabinlarning til va madaniyat uyg‘unligi, til madaniyatini boyitishga, o‘zbek va boshqa xalqlar madaniyatidan xabardor bo‘lishlariga xizmat qilgan.