Kudaybergenova Ulbike Kallibekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi ekologik holatidagi aholi salomatligi biologik ko‘rsatkichlarining tahlili», 03.00.10–Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/B75.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Esimbetov Adilbay Tlepovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi ekologik sharoitining salbiy ta’sirlari hamda uning hududiy jihatdan ajraladigan tumanlaridagi allergik kasalliklarning monitoringini o‘tkazish va aholi salomatligining biologik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi tabiiy va ichimlik suvi sanitar ko‘rsatkichlari past, kimyoviy ko‘rsatkichlari esa yuqori ekanligi aniqlangan;
allergik kasalliklar rivojlanish va tarqalishga atrof-muhit omillarining xavfli ta’sirlarin oldindan aniqlash uchun uslubiy yondashuv asoslangan;
qonning leykotsitar formulasi va kardiogemodinamika holatining integral ko‘rsatkichi qon aylanish tizimining moslashuv potensiali asosidagi diagnostik xulosalarning bir-biriga mos kelish darajasi isbotlangan;
Orolbo‘yi aholisidagi allergik kasalliklarning ko‘payish dinamikasiga ekologik omillarining ta’sir darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida aholi salomatligining atrof-muhit ifloslanishiga bog‘liq biologik ko‘rsatkichlarini  aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atrof-muhitning ifloslanish darajasini aniqlash usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida atrof-muhit holatini ekologik monitoring qilishda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 13 fevraldagi TX-01/01-4-242-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston aholisi orasida allergik kasalliklar ko‘payishi xavfini yashash joyiga bog‘liq holda son jihatdan baholash imkonini bergan;
atrof-muhit omillarining aholi orasida allergik kasalliklarni monitoring qilishda yordam beruvchi algoritmi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida aholi salomatligini saqlash bo‘yicha o‘tkazilgan chora-tadbirlarda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 01-02-2621-son ma’lumotnomasi). Natijada atrof-muhitga va insonlar sog‘ligiga salbiy ta’sirni kamaytiruvchi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish