Mustafakulov Muhammad Abduvalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Neyrodegenerativ kasalliklar rivojlanishiga qalqonsimon bez gormonlarining ta’siri”, 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/B220.
Ilmiy maslahatchi: Saatov Tal’at Saatovich, biologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/2025.27.12.B.01.14.M.
Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmonova Durdona Jo‘raboevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neyrodegenerativ kasalliklar modelida qalqonsimon bez gormonlarining holatiga bog‘liq ravishda bosh miya shikastlanishi, neyromediatorlar tizimi buzilishi, neyrofiziologik, immun-metabolik, morfofuksional o‘zgarishlarning oldini olish va ularni korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
eksperimental patologik holat modeli asosida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qalqonsimon bezning funksional faolligi neyrodegenerativ kasalliklar patogenezida muhim bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi. Yuqori kaloriyali–aterogen dieta va qalqonsimon bez gipofunksiyasi fonida hayvonlarda qon hamda bosh miya to‘qimalarida xulq-atvor va biokimyoviy ko‘rsatkichlarda neyrodegenerativ kasalliklarga xos bo‘lgan, klinik jihatdan Alsgeymer kasalligi simptomlariga o‘xshash o‘zgarishlar aniqlangan;
euforbin-3, glabtan va kversetin kabi polifenollarni L-tiroksin bilan birgalikda qo‘llash asosida neyrodegenerativ kasalliklar fonida yuzaga keladigan xulq-atvor va biokimyoviy buzilishlarni korreksiya qilishga qaratilgan terapevtik vositalarni ishlab chiqish mumkinligi qayd etilgan;
eksperimental Alsgeymer modeli hayvonlarida qondagi TTG, T3, T4, erkin T3 va erkin T4 gormonlari darajasiga polifenol birikmalarining korreksiyalovchi ta’siri aniqlanib, ularning endokrin–neyroprotektiv xususiyatlari ilmiy asoslangan;
eksperimental Alsgeymer modeli bosh miyadagi neyroimmun yallig‘lanish va neyrodegenerativ, hamda morfologik o‘zgarishlar L-tiroksin va neyroprotektorlar kombinatsiyasi yordamida korreksiyalash samaradorligi aniqlangan;
eksperimental modelda MDA, SOD, katalaza va glutation tizimi fermentlari hamda pTau, Aβ₁₋₄₀ va S100B oqsillari neyronlar shikastlanish jarayonida euforbin-3, glabtan, kversetin polifenollari neyroprotektiv xususiyatini ko‘rsatgan;
euforbin-3, glabtan, kversetin qalqonsimon maxsus nerv oqsillarga (NF-200, GFAP, S100Β, MBP va VGCC) nisbatan autoantitanachalar ko‘rsatkichlari Alsgeymer kasalligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi aniqlangan; 
bosh miya neyromediatorlari reseptorlariga (Glu-R, GAMK-R, Dof-R, Ser-R, m-OR, Rβ-end va Xol-R) nisbatan auto-AT miqdorining o‘zgarib borishi neyromediatorlar tizimining buzilishlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neyrodegenerativ kasalliklar rivojlanishiga qalqonsimon bez gormonlarning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
eksperimental Alsgeymer modelini davolash, uchun supramolekulyar kompleks tarkibli birikma uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 8334, 2025 y.). Natijada neyroprotektor birikmalarning antioksidantlik xossalaridan foydalanib samarali neyrotrop va nootrop vosita yaratish imkonini bergan;
o‘simliklardan ajratib olingan preparatlarning maxsus nerv oqsillar va neyromediator reseptorlariga ta’siri bo‘yicha olingan natijalardan «Oʻsimliklar va hasharotlardan biologik faol birikmalar ajratib olish, ularni individual birikmalarga ajratish, kimyoviy usul orqali yangi hosilalarni sintez qilish va biologik faolligini oʻrganish» loyihasida maxsus nerv oqsillarga nisbatan auto-ATlar ko‘rsatkichlarining ta’sir mexanizmini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2026 yil 24 fevraldagi №4/1255-1623-sonli ma’lumotnomasi) Natijada neyrodegenerativ kasalliklaring eksperimental modelida neyrooqsillar va reseptorlarga ta’siri baholanganda X-2 S.M.K kompleks birikmaning neyroprotektorlik ta’sir mexanizmini tavsiflash imkonini bergan;
polifenol birikmalarning eksperimental modelida bosh miya to‘qimasida tau oqsillarining ko‘payishi hamda TNF-α sitokin proapoptotik signal kaskadi ta’sir mexanizmini tavsiflashda foydalanilgan (Xitoy Fanlar Akademiyasi Shinjon Fizika va kimyo texnika intitutining 2025 yil 05-dekabrdagi ma’lumotnomasi) Natijada bosh miya to‘qimalarida neyronlarning yadroviy fragmentatsiyasi, sitoplazmatik vakuolalar hosil bo‘lishi va xromatin kondensatsiyasi kabi apoptotik belgilar aniqlangan bo‘lib, tanlab olingan polifenollar patologik holatlarning oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish