Toshmetov Ubaydullo Xamidulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharqiy O‘zbekistonning Chotqol-Pskom mintaqasidagi skarnli va greyzenli noyob metallli ma’danlashuvining bashoratli qidiruv kompleksi”, 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/GM292.
Ilmiy rahbar: Pirnazarov Majid Maxkamovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.31/2025.27.12.GM.02.01.M.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich - geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Janibekov Bobur Omonovich - geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chotqol-Pskom mintaqasida nodir metallar ma’danlashuvining ma’dan-formatsiya turlari, mineralogik-geokimyoviy shakllanish ketma-ketligini, joylashish qonuniyatlarini baholash va istiqbollarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chotqol-Pskom mintaqasidagi Tashkergan, Daykali, Sargardon
va Koshmansoy noyob metalli konlarning kompleks ma’dan-formatsion turkumlari tuzilgan;
noyob metalli ma’danlarning asosiy va yo‘ldosh kritik elementlarining lateral va chuqur geokimyoviy zonallik qatorlari (profillari) va ko‘rsatkichlari aniqlangan;
noyob metalli maydonlarni baholash omillari tizimi va ularning istiqbolligini baholash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chotqol-Pskom mintaqasidagi nodir metall konlarining geologik tuzilishi, ma’dandorligi va istiqbollarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tashkergan, Daykali, Sargardon va Koshmansoy konlarining genetik hamda ma’dan-formatsion belgilari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 30 oktyabrdagi № 08-3982-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar konlarning atrof hududlari va chuqur gorizontlaridagi nodir metall ma’danlashuvi istiqbollarini kengaytirish imkonini bergan.
Chotqol-Pskom mintaqasidagi nodir metall ma’danlashuvini bashorat-qidiruv ishlari kompleksi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 30 oktyabrdagi № 08-3982-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar noyob (kritik) metallarni qidirish bo‘yicha dala ekspedisiyalarida qidiruv ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Tashkergan, Daykali, Sargardon va Koshmansoy konlarining vol`fram, molibden, niobiy, vismut va berilliy bilan bog‘liq kompleks ma’danlarga bo‘lgan salohiyatini sanoat miqyosida qayta baholash bo‘yicha tavsiyalar «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025 yil 30 oktyabrdagi № 08-3982-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ma’dandorlik salohiyatini kengaytirish va konlarning geologik-iqtisodiy baholash ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.