Abdullaeva Muslima Axadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospesifik aortoarteriiti bor bemorlarda davo natijasidagi endotelial disfunksiya va immunologik ko‘rsatkichlar», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib298.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Ma’mur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.30.08.2018.Tib.50.01.
Rasmiy oponentlar: Urazmetova Maisa Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Narimon Gulyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotni maqsadi: nospesifik aortoarteriiti bor bemorlarda davolashdan oldin va keyin endotelial disfunksiya va immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nospesifik aortoarteriit bo‘lgan bemorlarda immun tizim va qon tomirlar endoteliysi disfunksiyasi ko‘rsatkichlari miqdori o‘zaro proporsional ortishi aniqlangan;
ilk bor nospesifik aortoarteriiti bo‘lgan bemorlarda arterial gipertenziya bosqichlari rivojlanishi qonda endotelin-1 miqdorining ishonarli ortishiga bog‘liqligi aniqlangan;
yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdorining keskin ortishi, qon reologiyasini buzilishi, tomirlar tonusi va qarshiligining ortishi hamda remodellashuv jarayonlarini kuchaytirishi aniqlangan;
tomirlar devori endoteliyasidagi o‘zgarishlar og‘irlik darajasining ortishi vazokonstriksiya jarayoni, leykotsitlar adgeziyasi va tromblar hosil bo‘lishining kuchayishi bilan to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nospesifik aortoarteriiti bor bemorlarda davo natijasidagi endotelial disfunksiya va immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Nospesifik aortoarteriit bilan og‘rigan bemorlarni ekvator va plaviks bilan kompleks davolashda immun status ko‘rsatkichlari va endoteliy funksiyasining dinamikasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8n-d/220-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma nospesifik aortoarteriit bilan og‘rigan bemorlarda immun holat ko‘rsatkichlarini va endoteliy faoliyatining dinamikasini aniqlash, tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
nospesifik aortoarteriiti bor bemorlarda davo natijasidagi endotelial disfunksiya va immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8n-d/220-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar nospesifik aortoarteriiti bor bemorlarni davolash natijasida gipertenziv o‘zgarishlarning oldini olish, kasallik asoratlarini kamaytirish hisobiga bemorlar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirish hamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish orqali 30% iqtisodiy samaradorlikka erishishga va tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish