Mavlanov Elbek Tulkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiqlik almashinish jarayonlarini intensivlash va yuqori quvvatli kolonnali qurilmalarni yaratish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T339.
Ilmiy rahbar: Nurmuxamedov Xabibulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.03.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Djaloliddin Paxriddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyberdieva Nazora Sharofovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Ammofos-Maksam” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: absorberlarning sovitish zonasida issiqlik almashinish jarayonini jadallashtirish va kolonnali qurilmalarning issiqlik quvvatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
spiralsimon turbulizatorlarning gidravlik qarshiligi diskret joylashgan bo‘rtiqlarnikidan kamroq ekanligi aniqlangan;
spiralsimon turbulizatorlarning qo‘llanilishi oqishning o‘tish rejimida devoroldi chegaraviy qatlamni turbulizatsiya qilish issiqlik berishni 2,2–2,9 marotabaga jadallashtirishi, issiqlik almashinishning jadallashishi bo‘rtiqlarning geometrik parametrlariga bog‘liqligi aniqlangan;
issiqlik berish koeffisientining maksimal qiymatlari maqbul diapazoni turbulizatorlarning S/D=1,14–1,4 qadamiga mos kelishi aniqlangan;
bir fazali suyuqliklarni kanal ichida va gaz-suyuqlik oqimini truba oralig‘ida harakatining tajriba kattaliklari umumlashtirilib, gidravlik qarshilik va issiqlik berish koeffisientlarini hisoblash formulalari ishlab chiqilgan;
tadqiq qilingan turbulizatorli trubalar va absorber sovitish zonasi truba-panjarali nasadkasining tekis hamda ko‘ndalang kesimi  turlicha bo‘lgan trubalarini joylashtirish sxemasi issiqlik o‘tkazish koeffisientini ikki yoki undan ortiq marotabaga oshirishi aniqlangan;
suyuq va gaz fazalarni trubalararo bo‘shliqda qarama-qarshi, sovutuvchi suyuqlikni esa gaz-suyuqlik oqimiga perpendikulyar yo‘nalishda harakati uchun issiqlik almashinishni jadallashtirish modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Absorber sovitish zonasida reaksiya issiqligini ajratib olish jarayonida issiqlik almashinishni jadallashtirish asosida:
yuqori samarador absorbsion kolonnaning yarim sanoat namunasi «Ammofos-Maksam» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 2 dekabrdagi 02-7419-son ma’lumotnomasi). Natijada truba-panjara nasadkali yuqori samarador absorber konvektiv issiqlik almashinishni ikki marotabaga oshirgan va mos ravishda issiqlik almashinish yuzasini kamaytirish imkonini bergan;
ko‘ndalang kesimi kamayib boruvchi tekis va spiralsimon turbulizatorli trubalarni joylashtirish sxemasiga ega bo‘lgan absorber «Ammofos-Maksam» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 2 dekabrdagi 02-7419-son ma’lumotnomasi). Natijada sovitish zonasining metall sarfini ikki barobargacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish