Buranov Samandar Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Shahar yo‘lovchi transport tizimida yo‘lovchilar oqimini shakllantirish masalalari (Toshkent shahri misolida)”, 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6070
Ilmiy rahbar: Abdixalilov Fitrat Abdixalil o‘g‘li, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.T.03.M raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdunazarov Jamshid Nurmuxamatovich, texnika fanlari doktori, professor. Musulmanov Kuvonchbek Nasrullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shahar yo‘lovchi transport tizimini faoliyatini takomillashtirishda yo‘lovchilar oqimini integrallashgan modelini hamda shahar ko‘cha-yo‘llarining toifasidan kelib chiqib alohida harakat yo‘lkasiga ega avtobus yo‘laklarini rejalashtirish bo‘yicha taklif loyihasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahri yo‘lovchi transport tizimining avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimi va marshrut yunalishidagi qatnovlar harakati, tezligi, oraliq vaqt intervali yo‘lovchi transport tizimining samaradorligiga kompleks ta’siri real ko‘cha sharoitida eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlangan;
Hududlardagi potensial yo‘lovchilarning oqimi, safar vaqti, transport turini tanlash omillaridan kelib chiqib, yo‘lovchi transport tizimida yo‘lovchilar oqimini shakllantirishning integrallashgan matematik modelini ishlab chiqilgan;
GAT (geografik axborot tizimi) texnologiyalari asosida Toshkent shahri yo‘lovchi transport tizimida avtobus yo‘nalishlarining bekatlarida yo‘lovchi aylanmasi darjasni aks ettiruvchi dastlabki kartogrammasi eksperimental tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan;
Shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining toifasidan kelib chiqib Toshkent shahri uchun alohida harakat yo‘lkasiga ega avtobus yo‘laklarini rejalashtirish bo‘yicha taklif loyihasini ishlab chiqilgan;
Ishlab chiqilgan taklif loyiha bo‘yicha yo‘lovchilar oqimini shakllantirish asosida yo‘lovchi transport tizimi samaradorligini 20% oshirishga erishilganligi ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahar yo‘lovchi transport tizimida yo‘lovchilar oqimini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent shahri ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining toifasidan kelib chiqib magistral ko‘cha-yo‘l tarmog‘i uchun alohida harakat yo‘lkasiga ega avtobus yo‘laklarini rejalashtirishga oid echimlardan ShNQ 2.07.06-24 «Shahar ko‘chalari va yo‘llari. 3-qism» shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 1-dekabrdagi 751-son dalolatnomasi). Natijada alohida harakat tasmasiga ega avtobus yo‘lagi (AHTAY)da harakatlanuvchi yo‘nalishlarning harakat tezligi 15 km/soatdan 19 km/soatgacha oshirishga erishilgan;
Taklif etilayotgan alohida harakat tasmasiga ega avtobus yo‘laklarida harakatlanayotgan avtobus marshrutlarida yo‘lovchilar soni 19,7% ga ortishiga erishilgan hamda texnik-iqtisodiy samaradorlikni qariyb 20% ga oshirishga erishilganligining amaliy ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan (2026-yil 19-iyundagi 34-06/8297-son ma’lumotnoma).