Shoximardanova Niginabonu Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion pedagogik yondashuv asosida fanlar integratsiyasini takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12310.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Choriev Ruzimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Sherzod Narzulla o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sherov Anvar Gulamovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion pedagogik yondashuv asosida fanlar integratsiyasini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda ushbu jarayonning samarali metodik tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fanlar integratsiyasi asosida bo‘lajak suv xo‘jaligi mutaxassislarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik-psixologik va didaktik imkoniyatlari kasbiy faoliyat talablari hamda kompetensiyaviy yondashuvning integrativ bog‘liqligi asosida aniqlashtirilgan;
mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida pedagogik ta’lim metodlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida talabalarda muhandislik va agrotexnik yo‘nalishdagi muammolarni tizimli hamda kompleks hal etish kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuv takomillashtirilgan;
mutaxassislik fanlari va raqamli texnologiyalarni funksional integratsiyalash asosida bo‘lajak suv xo‘jaligi mutaxassislarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning tarkibiy-mazmunli modeli loyihalashtirilgan hamda uning samaradorligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv hamda raqamli-didaktik vositalar asosida mustaqil ta’limni tashkil etish, boshqarish, monitoring qilish va baholash mexanizmining kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Innovatsion pedagogik yondashuv asosida fanlar integratsiyasini takomillashtirish metodikasi” mavzusida olingan ilmiy natijalar, ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar va amaliy takliflar asosida:
fanlar integratsiyasi asosida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish, suv tejamkor sug‘orish texnologiyalariga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarish hamda o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilishga qaratilgan metodik takliflar “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” mobil ilovasi orqali ta’lim amaliyotiga joriy qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 2 dekabrdagi 02/01-01-539-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’lim jarayonini raqamli vositalari yordamida samarali tashkil etish, nazariy bilimlarni amaliy topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyati kengaygan;
“Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” fanini innovatsion pedagogik yondashuv asosida o‘qitish, fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash, o‘quv materiallarini amaliy topshiriqlar, vizual materiallar va elektron-didaktik resurslar bilan boyitishga doir metodik tavsiyalar asosida “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” fanidan ishlab chiqilgan elektron darslik “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 2026-yil 15-maydagi 155 a/f-sonli buyrug‘i asosida 155 a/f-022 ro‘yxat raqami bilan nashr ruxsatnomasi olingan va o‘quv jarayoni amaliyotiga joriy qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 2 dekabrdagi 02/01-01-539-son ma’lumotnomasi).  Natijada, mazkur fan bo‘yicha o‘quv-metodik va elektron-didaktik ta’minot boyitilib, talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etish, suv tejamkor sug‘orish texnologiyalariga oid nazariy bilimlarni amaliy topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish hamda kasbiy-amaliy tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyati kengaygan;
oliy ta’lim muassasalarida olib borilgan tajriba-sinov ishlarida fanlar integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan integro-sinergetik pedagogik yondashuv, STEAM yondashuvi, Case-study, T-jadval, loyihaviy topshiriqlar, muammoli ta’lim va refleksiv baholash metodlarini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar ta’lim amaliyotiga joriy qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 2 dekabrdagi 02/01-01-539-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda fanlararo bilimlarni integrativ o‘zlashtirish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy muammolarni tahlil qilish va suv tejamkor texnologiyalar bo‘yicha asoslangan texnologik qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish