Shodieva Shoxida Inatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: O‘zbek tilida “Vatan” konseptining lisoniy-kognitiv va funksional-semantik tadqiqi, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil2055.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Fazilat Erkinovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Fil.06.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Anorqulova Ozoda Nizomjon qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida konsept muammosini aniqlashtirish, o‘zbek tilida “Vatan” konseptining kognititv belgilari, funksional-semantik talqini, milliy olam manzarasida, turg‘un birliklarda “Vatan” konseptining ifodalanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Vatan” konsepti semantik maydonning markazida “vatan” so‘zi joy olganligi, uning, eng yaqin periferiya chizig‘ida “mamlakat”, “yurt”, “diyor”, “el” kabi so‘zlar joylashganligi, yadroga uzoq periferiyada “kapa”, “qal’a”, “ulus”, “ovul”, “tom”, “voha”, “er”, “joy” kabi birliklarning joy olganligi, ularning til egalarining ongida axborotni kodlash va dekodlash jarayonini osonlashtirishga xizmat qilishi dalillangan;
“Vatan” konseptining assotsiativ maydonini tashkil qiluvchi “davlat”, “shahar”, “qishloq”, “ovul”, “mahalla”, “qo‘rg‘on”, “qal’a”, “ostona”, “makon”, “maskan”, “tuproq”, “go‘sha”, “uy”, “o‘lka” kabi birliklarning funksional-semantik talqini badiiy, ilmiy, rasmiy, publisitik diskurslarda namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
badiiy diskursda “Vatan” konsepti metaforalarda “qudratli mavjudot”, “himoyachi kuch” va “erkinlik timsoli” kabi konseptual modellarda namoyon bo‘lishi, “ona” epitetining faol qo‘llanishi “Vatan – ona” konseptual modelining o‘zbek milliy tafakkurida barqaror shakllanganligi, badiiy o‘xshatishlarda “Vatan” tushunchasi oy, ona, gul, quyosh, go‘zal makon kabi konkret obrazlar yordamida ongda qayta ishlanishi hamda emotsional-qadriyat mazmuni bilan boyishi isbotlangan;
o‘zbek tilidagi iboralar “Vatan” konsepti ostida birlashtirilib, aksiologik, antropomorfik, somatik-instinktiv kognitiv modellarda ochib berilgan, “Vatan” konsepti daoirasidagi maqollar tarkibidagi leksik-semantik birliklarga ko‘ra “vatan”, “yurt”, “el”, “tuproq” komponentli maqollar, metaforik kognitiv modelga ko‘ra zoomorfik maqollar kabi talqin qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida “Vatan” konseptining lisoniy-kognitiv va funksional-semantik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Vatan” konsepti semantik maydonning markazida “vatan” so‘zi joy olganligi, uning, eng yaqin periferiya chizig‘ida “mamlakat”, “yurt”, “diyor”, “el” kabi so‘zlar joylashganligi, yadroga uzoq periferiyada “kapa”, “qal’a”, “ulus”, “ovul”, “tom”, “voha”, “er”, “joy” kabi birliklarning joy olganligi, ularning til egalarining ongida axborotni kodlash va dekodlash jarayonini osonlashtirishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi mulohazalaridan “Boshlang‘ich ta’limda matn ustida ishlash metodikasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil 9-iyulda berilgan 346293-son guvohnoma). Natijada mazkur darslik yangi ilmiy-nazariy manbalar bilan boyitilgan;
“Vatan” konseptining assotsiativ maydonini tashkil qiluvchi “davlat”, “shahar”, “qishloq”, “ovul”, “mahalla”, “qo‘rg‘on”, “qal’a”, “ostona”, “makon”, “maskan”, “tuproq”, “go‘sha”, “uy”, “o‘lka” kabi birliklarning funksional-semantik talqini badiiy, ilmiy, rasmiy, publisitik diskurslar orqali ochib berilganligi haqidagi xulosalardan “Darslarni tahlil qilish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil 7-oktyabrda berilgan 401700-son guvohnoma). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma yangi ilmiy-nazariy manbalar bilan boyitilgan;
badiiy diskursda “Vatan” konsepti metaforalarda “qudratli mavjudot”, “himoyachi kuch” va “erkinlik timsoli” kabi konseptual modellarda namoyon bo‘lishi, “ona” epitetining faol qo‘llanishi “Vatan – ona” konseptual modelining o‘zbek milliy tafakkurida barqaror shakllanganligi, badiiy o‘xshatishlarda “Vatan” tushunchasi oy, ona, gul, quyosh, go‘zal makon kabi konkret obrazlar yordamida ongda qayta ishlanishi hamda emotsional-qadriyat mazmuni bilan boyishi to‘g‘risidagi xulosalardan 2022–2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 4-dekabrdagi 2315-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida yaratilgan elektron platformaning ma’lumotlar, manbalar bilan boyitilishiga erishilgan.
o‘zbek tilidagi iboralar “Vatan” konsepti ostida birlashtirishib aksiologik, antropomorfik, somatik-instinktiv kognitiv modellarda ochib berilgan, “Vatan” konsepti daoirasidagi maqollar tarkibidagi leksik-semantik birliklarga ko‘ra “vatan”, “yurt”, “el”, “tuproq” komponentli maqollar, metaforik kognitiv modelga ko‘ra zoomorfik maqollar kabi talqin qilinganligi haqidagi xulosalardan “Boshlang‘ich ta’limda matn ustida ishlash metodikasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil 9-iyulda berilgan 346293-son guvohnoma). Natijada mazkur darslik yangi ilmiy-nazariy manbalar bilan boyitilgan.