Xaydarova Sitora Suranbay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Ruzieva Dilobar Isomjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Jamoliddin Sherbekovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Tolipova Baxtigul Farxodovna, Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent amaliy fanlar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqotda innovatsion jarayonni tashkil etish sharoitida go‘sht va go‘sht mahsulotlari subkompleksining tarkibiy elementlari o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy o‘zaro hamkorlikning ko‘p darajali tuzilmasi ishlab chiqildi;
    mamlakatga import qilingan go‘shtni qayta ishlash ulushining yalpi ichki mahsulotga ta’sirini baholashda imitatsion modellashtirish asosida yangi yondashuvni qo‘llash va uning asosida qo‘shilgan qiymatni shakllantirish mexanizmlarini aniqlash taklifi ilmiy asoslab berilgan;
    go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish darajasini kompleks baholashga qaratilgan mpiai (meat processing innovation adoption index) indeksini (0-5) shakalada baholab, ishlab chiqish hamda uning asosida innovatsion rivojlanish darajasini aniqlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
    go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash sanoatining iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ssenariylarini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion jarayonni tashkil etish sharoitida go‘sht-mahsulotlari subkompleksining tarkibiy elementlari o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy o‘zaro hamkorlikning ko‘p darajali tuzilmasini takomillashtirish va uning asosida qiymat zanjiri samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi integratsion mexanizmlarni ishlab chiqish taklifi ilmiy asoslab berildi hamda ushbu yondashuv korxona faoliyatida qo‘llash imkoniyatlari aniqlandi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida go‘sht va go‘sht mahsulotlari subkompleksi tarkibidagi ishlab chiqarish, qayta ishlash, logistika va realizatsiya bosqichlari o‘rtasida uzviy bog‘langan qiymat zanjiri shakllantirildi hamda uning samaradorligi tizimli baholandi. Subkompleks tarkibida samaradorligi nisbatan past bo‘lgan bo‘g‘inlar aniqlanib, ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi faoliyatiga joriy qilingan, (O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasining 2026-yil 15-iyundagi №-01-06-30-5983-sonli dalolatnomasi).
Mamlakatga import qilingan go‘shtni qayta ishlash ulushining yalpi ichki mahsulotga ta’sirini baholashda imitatsion modellashtirish asosida yangi yondashuvni qo‘llash va uning asosida qo‘shilgan qiymatni shakllantirish mexanizmlarini aniqlash taklifi ilmiy asoslab berildi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida import qilingan go‘shtni qayta ishlash jarayonida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat ishlab chiqarish va iste’mol segmentlari kesimida alohida baholandi hamda ularning yalpi ichki mahsulot shakllanishiga ta’siri tizimli ravishda aniqlashtirildi. Shu asosda qayta ishlash darajasining o‘zgarishi bilan YaIM o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlik modellashtirildi va uning natijalari miqdoriy jihatdan ifodalandi. O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi faoliyatiga joriy qilingan, (O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasining 2026-yil 15-iyundagi №-01-06-30-5983-sonli dalolatnomasi).
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish darajasini kompleks baholashga qaratilgan MPIAI (Meat Processing Innovation Adoption Index) indeksini ishlab chiqish hamda uning asosida innovatsion rivojlanish darajasini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish taklifi ilmiy asoslab berildi va ushbu yondashuvni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari aniqlashtirildi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida go‘shtni qayta ishlash korxonasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi indikatorlar tizimi asosida kompleks baholandi hamda ularning joriy etilish holati miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali aniqlashtirildi. Shu asosda korxonalar kesimida innovatsion rivojlanish darajasi hisoblab chiqildi va o‘zaro taqqoslash imkoniyatlari yaratildi. O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi faoliyatiga joriy qilingan, (O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasining 2026-yil 15-iyundagi №-01-06-30-5983-sonli dalolatnomasi).
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash sanoatining iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ssenariylarini ishlab chiqish hamda uning asosida tarmoq rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash taklifi ilmiy asoslab berildi va ushbu yondashuvni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari aniqlashtirildi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash sanoatining ishlab chiqarish hajmi, qayta ishlash darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ishlab chiqildi hamda ularning o‘zgarish dinamikasi tizimli ravishda baholandi.mO‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi faoliyatiga joriy qilingan, (O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasining 2026-yil 15-iyundagi №-01-06-30-5983-sonli dalolatnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish