Madraximov Shavkat Fayzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumlashgan baholarni hisoblash usullari asosida yashirin qonuniyatlarni aniqlash tizimlari», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T27.
Ilmiy maslahatchi: Ignat`ev Nikolay Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sharipbay Altinbek Amiruli, texnika fanlari doktori, professor; Gulyamov Shuxrat Mannopovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatov Narzillo Solidjonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba berilganlar bazasi bo‘yicha yashiringan qonuniyatlarni izlash uchun berilganlarning intellektual tahlili mezonlari va usullarini yaratish hamda asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mumkin bo‘lgan ob’ektlarni tavsiflovchi miqdoriy alomatlarning ikkita sinfdan birining vakillari ustunlik qiladigan intervallarga bo‘lishning turg‘unligini baholash usuli (formulasi) ishlab chiqilgan;
umumlashgan baholar asosida boshlang‘ich alomatlar bog‘liqmasligi inobatga olingan holda aniqlanuvchi ob’ektlar to‘plam ostisi bo‘yicha hisoblangan latent alomatlarni qaror qilish daraxti tugunlarining atributi sifatida tanlash usuli ishlab chiqilgan.
latent alomatlar bo‘yicha yangi alomatlar fazosini shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan;
tanlanmalarni seleksiya qilish uchun umumlashgan baholardan foydalanish asosida shovqin ob’ektlarni ajratib olish mezoni aniqlangan;
interval usullari asosida ekspertlar tomonidan ko‘rsatilgan yoki aniqlangan alomatlar to‘plam ostisi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonini qat’iymas mantiq terminlarida izohlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumlashgan baholarni hisoblash usullariga asoslangan berilganlar bazasidan yashiringan qonuniyatlarni ajratib olish usullari va algoritmlari amalga oshirilgan dasturiy ta’minoti bo‘yicha olingan natijalar:
miqdoriy alomatlar qiymatlarini intervallarga bo‘lish va umumlashgan baholarni hisoblash usullari, umumlashgan baholar asosida shovqin ob’ektlarni ajratib olish mezonlari, hamda ekspertlar tomonidan ko‘rsatilgan yoki aniqlangan alomatlar to‘plam ostisi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonini qat’iymas mantiq terminlarida izohlash uslubiyati «O‘zbekinvest» kompaniyasi faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining 2018 yil 8 iyundagi 132-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari sug‘urtaga olinadigan tavakkalchilikni baholash, qaytadan sug‘urtalashga beriladigan tavakkalchilik qismini keyingi bahosi va sug‘urta tariflari o‘lchamini aniqlash, hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan sug‘urta shartnomasini tuzishda sanab o‘tilgan holatlarni ro‘y berishini prognoz qilishda ishlatilgan berilganlarga ishlov berish vaqtini 15% ga kamaytirish imkonini bergan;
boshlang‘ich alomatlarning ierarxik aglomerativ guruhlash qoidasi va umumlashgan baholar asosida shovqin ob’ektlarni ajratib olish usullari Toshkent davlat stomatologiya institutiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 8n-4.323-son ma’lumotnomasi). Natijada klinik berilganlar bazasiga ishlov berishda aniqlangan ichki qonuniyatlar asosida ekspertlar tahlilidan echimga olib kelmaydigan echim yo‘llarini qirqib tashlash orqali qaror qabul qilish jarayonini 10-15% ga qisqartirishga erishilgan;
mumkin bo‘lgan ob’ektlarni tavsiflovchi miqdoriy alomatlarning ikkita sinfdan birining vakillari ustunlik qiladigan intervallarga bo‘lishning turg‘unligini baholash usuli O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 1443/04-22-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan birja bitimlari bazasidan aniqlangan ichki qonuniyatlar ekspertlar tomonidan qaror qabul qilish jarayonini 10-15% ga qisqarishiga olib kelgan.