Ismailova Maxbuba Mirxalilovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliyaviy holat tahlili metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt654.
Ilmiy maslahatchi: Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Mamatqulov Murodjon Shukurovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: moliyaviy holat tahlili metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy holatiga baho berishda debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha transformatsiya koeffisientining normal (–0.2 ≤ Kt ≤ +0.2), likvidlik riski yuqori (Kt > 0.2) va qarz yuki yuqori (Kt < –0.2) darajalaridan foydalanish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlar qiymati asosida moliyaviy barqarorlikning mutlaq, normal, beqaror va kritik darajalarini aniqlash uslubiyati takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida likvidlik, moliyaviy barqarorlik, rentabellik va aylanuvchanlik ko‘rsatkichlaridan iborat integral ko‘rsatkichning barqaror (> 0.7), o‘rtacha (0.4 – 0.7) va riskli (< 0.4) darajalaridan foydalanish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari ish faolligi va aktivlar aylanuvchanligiga baho berishda operatsion va moliyaviy sikl davomiyligi ko‘rsatkichlaridan  foydalanish asoslangan;
“Andijondonmahsulot” AJda to‘lovga layoqatlilik darajasiga tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va joriy majburiyatlar miqdorlarining ta’sirini ekonometrik tahlil qilish orqali to‘lovga layoqatlilikning 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy holat tahlili metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy holatiga baho berishda debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha transformatsiya koeffisientining normal (–0.2 ≤ Kt ≤ +0.2), likvidlik riski yuqori (Kt > 0.2) va qarz yuki yuqori (Kt < –0.2) darajalaridan foydalanishga oid taklifdan “Andijondonmahsulot” AJ va “Gidroproekt” AJda moliyaviy holatni baholash jarayonida foydalanilgan (“Andijondonmahsulot” AJning 2025 yil 14 noyabrdagi 01/14-542-son ma’lumotnomasi,  “Gidroproekt” AJning 2025 yil 6 noyabrdagi 04-07/1511-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida debitorlik va kreditorlik qarzlari o‘rtasidagi mutanosiblikka hamda likvidlik darajasiga to‘g‘ri baho berish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlar qiymati asosida moliyaviy barqarorlikning mutlaq, normal, beqaror va kritik darajalarini aniqlashga oid taklifdan “Andijondonmahsulot” AJ va “Gidroproekt” AJda moliyaviy barqarorlikni aniqlash jarayonida foydalanilgan (“Andijondonmahsulot” AJning 2025 yil 14 noyabrdagi 01/14-542-son ma’lumotnomasi,  “Gidroproekt” AJning 2025 yil 6 noyabrdagi 04-07/1511-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy barqarorlik darajasining to‘g‘ri aniqlanishiga hamda mulkiy va moliyaviy holat bo‘yicha ishonchli xulosalarning shakllantirilishiga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida likvidlik, moliyaviy barqarorlik, rentabellik va aylanuvchanlik ko‘rsatkichlaridan iborat integral ko‘rsatkichning barqaror (> 0.7), o‘rtacha (0.4 – 0.7) va riskli (< 0.4) darajalaridan foydalanish bo‘yicha taklifdan “Andijondonmahsulot” AJ va “Gidroproekt” AJda moliyaviy holatni baholash jarayonida foydalanilgan (“Andijondonmahsulot” AJning 2025 yil 14 noyabrdagi 01/14-542-son ma’lumotnomasi,  “Gidroproekt” AJning 2025 yil 6 noyabrdagi 04-07/1511-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyati moliyaviy holatiga ko‘rsatkichlar ta’sirini aniq ifodalash va faoliyatga umumiy bahoni berish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari ish faolligi va aktivlar aylanuvchanligiga  baho berishda operatsion va moliyaviy sikl davomiyligi ko‘rsatkichlaridan  foydalanish bo‘yicha taklifdan “Andijondonmahsulot” AJ va “Gidroproekt” AJda moliyaviy holatni baholash jarayonida foydalanilgan (“Andijondonmahsulot” AJning 2025 yil 14 noyabrdagi 01/14-542-son ma’lumotnomasi,  “Gidroproekt” AJning 2025 yil 6 noyabrdagi 04-07/1511-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida biznes-jarayonlar, xususan, ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining qay darajada samarali yo‘lga qo‘yilganligiga baho berish imkoniyati yaratilgan;
    “Andijondonmahsulot” AJda to‘lovga layoqatlilik darajasiga tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va joriy majburiyatlar miqdorlarining ta’sirini ekonometrik tahlil qilish orqali to‘lovga layoqatlilikning 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognozini ishlab chiqishga oid taklifdan “Andijondonmahsulot” AJda moliyaviy holatni baholash jarayonida foydalanilgan (“Andijondonmahsulot” AJning 2025 yil 14 noyabrdagi 01/14-542-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030 yilgacha bo‘lgan davrda to‘lovga layoqatlilik darajasini oshirish bo‘yicha mavjud rezervlarni aniqlash imkoniyatlari yaratilgan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish