Axmedov Soxib Saimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Jaloliddin Rumiy ta’limotida davlat va jamiyat munosabatlarining ijtimoiy-falsafiy masalalari, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fal1052
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Cho‘lieva Vasila Erkinovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Luqmon Narzullaevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Samatov Xurshid O‘lmasjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Jaloliddin Rumiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlaridagi davlat va jamiyat munosabatlariga oid konstruktiv g‘oyalarni zamonaviy yondashuvlar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jaloliddin Rumiyning shaxs va jamiyat manfaatlarini umumlashtirishdagi bunyodkorlik, faollik, uyushqoqlik, birdamlik kabi ijtimoiy strafikatsion g‘oyalari aniqlanib, tizimli kombinatsiyalashtirilgan holda dalillangan;
davlat va jamiyat boshqaruvida ziyolilik, mas’uliyatlilik, ma’rifatparvarlik, intizomlik singari ijtimoiy intellekt bilan bog‘liq ortodaksal pragmatik tamoyillarning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan asoslab berilgan;
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, “Ichindagi ichindadir” asarlaridagi milliy mentalitet, ajdodlar merosi, yoshlar tarbiyasi kabi substansional asoslar ijtimoiy taraqqiyotning samarali va potensial omili ekanligi aniqlangan;
mutafakkirning turli destruktiv g‘oyalarga qarshi oqilona kurashuvchanlik to‘g‘risidagi ijtimoiy qarashlari bugungi zamonaviy jamiyatning retrospektiv va progressiv jihatlariga adekvat ekanligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Jaloliddin Rumiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida davlat va jamiyat munosabatlari masalasi tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Jaloliddin Rumiyning shaxs va jamiyat manfaatlarini umumlashtirishdagi bunyodkorlik, faollik, uyushqoqlik, birdamlik kabi ijtimoiy strafikatsion g‘oyalari aniqlanib, tizimli kombinatsiyalashtirilgan holda dalillanganligiga oid ilmiy yangiliklaridagi falsafiy tahlillar, ilmiy-nazariy xulosalar va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 47-09/07-13 raqamli “Kitobxonlikka yangi qadam” nomli grant loyihasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (“Ma’naviyat ko‘zgusi” gazetasi tahririyati sho‘ba korxonasining 2023 yil 12 iyundagi №06/148 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida ijtimoiy intellekt, tartib-intizomlilik, ziyolilik va insonparvarlik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash, xususan, loyiha doirasidagi ajdodlar merosini o‘rganish hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi milliy adabiyotlar bazasini shakllantirish va targ‘ibot tadbirlarini ilmiy-amaliy ahamiyatini oshishiga xizmat qilgan;
“davlat va jamiyat boshqaruvida ziyolilik, mas’uliyatlilik, ma’rifatparvarlik, intizomlik singari ijtimoiy intellekt bilan bog‘liq ortodaksal pragmatik tamoyillarning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan asoslab berilgan”ligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi V rejasining “Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan jamiyat barpo etish” 5.1. “Davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirish”, VI rejasining 6.4. “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash” bandlari ijrosini ta’minlashda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining ssenariysini yaratish va amalga oshirishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024 yil 6 sentyabrdagi 02/02-50/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kun jamiyatimizda yangi dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish bilan bog‘liq nazariy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, “Ichindagi ichindadir” asarlaridagi milliy mentalitet, ajdodlar merosi, yoshlar tarbiyasi kabi substansional asoslar ijtimoiy taraqqiyotning samarali va potensial omili ekanligi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti”   13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil 17 maydagi 218-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekistonda “Marifatli jamiyat”ni barpo etishda davlat fuqarolik xizmatchilari kasbiy ma’naviyatini rivojlantirishda samarali xizmat qilgan;
mutafakkirning turli destruktiv g‘oyalarga qarshi oqilona kurashuvchanlik to‘g‘risidagi ijtimoiy qarashlari bugungi zamonaviy jamiyatning retrospektiv va progressiv jihatlariga adekvat ekanligi mantiqiy isbotlanganligiga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi tomonidan 2024 yil 29 may kuni efirga uzatilgan “Hidoyat sari” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024 yil 12 iyundagi 02-12-736 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Jaloliddin Rumiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlaridagi milliy mentalitet, ajdodlar merosi, yoshlar tarbiyasi masalalariga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalarni keng jamoatchilikka transformatsiyalash maqsad qilib olingan hamda maqsadga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish