Rustamov Farrux Xalmuminovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuberkulyoz koksitini o‘tkazgan bemorlarda anatomo-funksional buzilishlarni patogenetik mexanizmlar asosida kompleks davolash taktikasini takomillashtirish» 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Tib1444.
Ilmiy rahbar: Nazirov Primkul Xujamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.22.01.
Rasmiy opponentlar: Serdobinsev Mixail Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xamraev Alisher Shaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saipova Nodira Sagdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tuberkulyoz koksitida chanoq-son bo‘g‘imining morfologik va funksional o‘zgarishlarni hisobga olgan holda etiopatogenetik davolash va tiklovchi jarrohlik amaliyotlarining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor kechikib aniqlangan tuberkulyozli koksitda Mycobacterium tuberculosis shtammlarining antibakterial preparatlarga chidamliligi, maxsus konservativ davolash samaradorligining pasayishi xamda patologik jarayonning uzoq davom etishi ta’sirida destruksiya, deformatsiya, kontraktura va harakat faoliyatining cheklanishi ketma-ketligida kechuvchi patogenetik qonuniyatlar ilmiy jihatdan isbotlangan; 
ilk bor tuberkulyozli va nospesifik koksitlarda patologik jarayonlarning klinik, vizualizatsion (rentgenografiya, MSKT, MRT), immunobiokimyoviy xamda patomorfologik ko‘rsatkichlari kompleks-qiyosiy baholanib, mazkur ko‘rsatkichlarning integral tahlili asosida farqlash imkonini beruvchi differensial-diagnostik mezonlar tizimi ilmiy jihatdan isbotlangan;
ilk bor tuberkulyozli koksitda suyak to‘qimasi mineral zichligining pasayishi va yoshga bog‘liq osteopenik-osteoporotik o‘zgarishlar aniqlanib, DXA (Dual-energy X-ray Absorptiometry) usulining suyak remodellanishi holatini ob’ektiv baholash, endoprotezlashdan oldin suyak to‘qimasi holatini prognozlash va xirurgik davolash taktikasini optimallashtirishdagi diagnostik xamda prognostik ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlangan;
ilk bor surunkali kechuvchi tuberkulyozli koksitda suyak to‘qimasi remodellanishining destruktiv-rezorbtiv va reparativ-regenerativ komponentlari o‘rtasidagi disbalans β-CrossLaps xamda P1NP biomarkerlari dinamikasi asosida aniqlanib, β-CrossLaps darajasining oshishi patologik suyak rezorbsiyasining faollashuvini, kompleks antibakterial va patogenetik davolashdan keyin P1NP darajasining oshishi esa suyak to‘qimasida reparativ osteogenez va regeneratsiya jarayonlarining faollashuvini aks ettirishi aniqlangan;
ilk bor tuberkulyozli koksitda patologik materiallarning patomorfologik va immunogistoximik tahlilida CD4 va Vimentin immunogistokimyoviy markyorlari ekspressiyasi bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, total endoprotezlash jarroxlik amaliyotini 12 oylik maxsus antibakterial xamda patogenetik davolashdan keyingina bajarish maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
ilk bor asoratlangan tuberkulyozli koksitda total endoprotezlash jarroxlik muolajasining natijalarini prognozlash va yaxshilash maqsadida bemorlarni klinik, nur-diagnostik, immunomorfologik hamda funksional ko‘rsatkichlar asosida differensial baholash algoritmi ishlab chiqilib, antibakterial xamda patogenetik davolash samarasini oshiruvchi kompleks dastur takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Patomorfologik xamda immunogistoximiyaviy jixatdan kasallik jarayonining faollik darajasini o‘rganish va jarrohlik aralashuvlarining kam invaziv usullarini takomillashtirish asosida tuberkulyoz koksitini tashxislash xamda kompleks davolashni takomillashtirishning klinik ahamiyatini aniqlashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: kechikib aniqlangan tuberkulyozli koksitda Mycobacterium tuberculosis shtammlarining antibakterial preparatlarga chidamliligi, maxsus konservativ davolash samaradorligining pasayishi xamda patologik jarayonning uzoq davom etishi ta’sirida destruksiya, deformatsiya, kontraktura va harakat faoliyatining cheklanishi ketma-ketligida kechuvchi patogenetik qonuniyatlar ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 20-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda total endoprotezlash amaliyotiga tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Andijon viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 21-yanvar, №35-son buyruq); Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 22-yanvar, №28-son buyruq); Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 20-yanvar, №18-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tuberkulyoz koksiti bilan og‘rigan bemorlarda biopsiya amaliyoti mikobakteriyalarning tuberkulyoziga qarshi dori vositalariga sezgirlikni aniqlashda imkoniyatini oshirib, operativ davoning natijasiga bog‘liq bo‘lmagan asoratlar, ya’ni og‘riq simptomlarining uchrash chastotasini kamaytirib qayta statsionar davo va reendoprotezlash xavfini kamaytirish bilan birga, bemorlarning normal mehnat faoliyatiga qaytish vaqtini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tuberkulyoz koksiti bilan og‘rigan bemorlarda ochiq biopsiya bilan solishtirilganda, teri orqali olinadigan biopsiya har bir bemor uchun o‘rtacha 9000000 so‘m iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: tuberkulyoz koksiti bilan og‘rigan bemorlarda trepan biopsiyani klinik amaliyotga joriy qilish erta tashxislash imkonini berib, diagnostika jarayonining klinik sifatini saqlagan holda, statsionar xarajatlar hamda yuqori texnologiyali jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: tuberkulyozli va nospesifik koksitlarda patologik jarayonlarning klinik, vizualizatsion (rentgenografiya, MSKT, MRT), immunobiokimyoviy va patomorfologik ko‘rsatkichlari kompleks-qiyosiy baholanib, mazkur ko‘rsatkichlarning integral tahlili asosida farqlash imkonini beruvchi differensial-diagnostik mezonlar tizimi ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2024 yil 8-oktyabrdagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan «Tuberkulyozli koksit bilan kasallangan bemorlarda anatomo-funksional asoratlarni hisobga olgan holda chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash taktikasi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Surxondaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 9-noyabr`, №01-06/4-son buyruq); Navoiy viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 8-noyabr`, №79-son buyruq); Jizzax viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 11-noyabr`, №3-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tuberkulyoz koksiti bilan og‘rigan bemorlarda vizualizatsion, immunobiokimyoviy va patomorfologik tekshiruvlarning kompleks-qiyosiy baxolanishi suyak to‘qimasi destruktiv jarayonlarning xolati, joylashgan o‘rni va paraartikulyar to‘qimalarning xolatini ko‘rsatib beradi, bu esa o‘z navbatida birinchi etapda sanatsion jarroxlik amaliyotilarining bajarilishi lozimligini anglatadi va davolanish samaradorigini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tuberkulyoz koksiti bilan og‘rigan bemorlarda kompleks-qiyosiy tekshiruvlarning erta bosqichlarda bajarilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri total endoprotezlash amaliyoti bajarilish extimolligini kamaytiradi, bu o‘z navbatida jarrohlik aralashuvlariga ko‘rsatmalarni hamda statsionarda yotish muddatini qisqartirib, har bir bemor hisobida davolash xarajatlarini o‘rtacha 40% ga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan mezonlarni klinik amaliyotga joriy etish sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli darajada iqtisodiy afzallikni ta’minladi.
uchinchi ilmiy yangilik: tuberkulyozli koksitda suyak to‘qimasi mineral zichligining pasayishi va yoshga bog‘liq osteopenik-osteoporotik o‘zgarishlar aniqlanib, DXA (Dual-energy X-ray Absorptiometry) usulining suyak remodellanishi holatini ob’ektiv baholash, endoprotezlashdan oldin suyak to‘qimasi holatini prognozlash va xirurgik davolash taktikasini optimallashtirishdagi diagnostik xamda prognostik ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha tadqiqot natijalari Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 20-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda total endoprotezlash amaliyotiga tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Andijon viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 21-yanvar, №35-son buyruq); Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 22-yanvar, №28-son buyruq); Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 20-yanvar, №18-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari tuberkulyoz koksitini nospesifik koksitdan differensial tashxislashni yaxshilash, shuningdek total endoprotezlash amaliyotidan keyingi davrda protez qismlarining stabilligini xamda suyak rezorbsiyasiga qarshi terapiya samaradorligini dinamik baholash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvlar chanoq son bo‘g‘imingi total endoprotezlash amaliyotidan keyingi davrda osteoparoz sababli protez qismlarining nostabilligi oldini oladi va o‘rtacha sarf xarajatlarni 18000000 so‘mga qisqarishini ta’minladi. Xulosa: Ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvlar tuberkulyoz koksiti bilan og‘rigan bemorlarda nogironlik va mehnatga layoqatsizlik darajasini kamaytirib, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy tejamkorlikka erishishga xizmat qildi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali kechuvchi tuberkulyozli koksitda suyak to‘qimasi remodellanishining destruktiv-rezorbtiv va reparativ-regenerativ komponentlari o‘rtasidagi disbalans β-CrossLaps xamda P1NP biomarkerlari dinamikasi asosida aniqlanib, β-CrossLaps darajasining oshishi patologik suyak rezorbsiyasining faollashuvini, kompleks antibakterial va patogenetik davolashdan keyin P1NP darajasining oshishi esa suyak to‘qimasida reparativ osteogenez va regeneratsiya jarayonlarining faollashuvini aks ettirishi aniqlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2024 yil 8-oktyabrdagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan «Tuberkulyozli koksit bilan kasallangan bemorlarda anatomo-funksional asoratlarni hisobga olgan holda chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash taktikasi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Surxondaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 9-noyabr`, №01-06/4-son buyruq); Navoiy viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 8-noyabr`, №79-son buyruq); Jizzax viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 11-noyabr`, №3-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvlar tashxis qo‘yish muddatini qisqartirish imkonini berdi, bu esa har bir aniqlangan holatda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrini kamaytirib, o‘rtacha 13235000 so‘m iqtisodiy tejamkorlikni ta’minladi. Xulosa: ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvlar tuberkulyoz koksiti bilan og‘rigan bemorlarda nogironlik va mehnatga layoqatsizlik darajasini kamaytirib, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy tejamkorlikka erishishga xizmat qildi.
beshinchi ilmiy yangilik: tuberkulyozli koksitda patologik materiallarning patomorfologik va immunogistoximik tahlilida CD4 va Vimentin immunogistokimyoviy markyorlari ekspressiyasi bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, total endoprotezlash jarroxlik amaliyotini 12 oylik maxsus antibakterial xamda patogenetik davolashdan keyingina bajarish maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 20-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda total endoprotezlash amaliyotiga tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Andijon viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 21-yanvar, №35-son buyruq); Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 22-yanvar, №28-son buyruq); Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 20-yanvar, №18-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar jarroxlik amaliyotining bajarilish muddatini to‘g‘ri tanlash va jarroxlik amaliyotidan keyingi uchrashi mumkin bo‘lgan erta va kechki asoratlarning oldini olish va bemorlarning kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari rejalashtirilgan jarroxlik amaliyotining asoratlarini oldini oladi, bu o‘z navbatida endoprotezning faoliyatining yaxshilaydi, protez qismlarning mustaxkamligini ta’minlaydi va qayta endoprotezlash amaliyoti bajarilishining oldini olish bilan birga davolash xarajatlarini o‘rtacha 50000000 so‘m kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Ishlab chiqilgan usul tuberkulyoz koksiti bilan og‘rigan bemorlarni asoratlarsiz jarroxlik amaliyotining bajarilishiga va sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan iqtisodiy jihatdan samarali foydalanish imkonini beradi.
oltinchi ilmiy yangilik: asoratlangan tuberkulyozli koksitda total endoprotezlash jarroxlik muolajasining natijalarini prognozlash va yaxshilash maqsadida bemorlarni klinik, nur-diagnostik, immunomorfologik hamda funksional ko‘rsatkichlar asosida differensial baholash algoritmi ishlab chiqilib, antibakterial va patogenetik davolash samarasini oshiruvchi kompleks dastur takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashining 2025 yil 20-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda total endoprotezlash amaliyotiga tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Andijon viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 21-yanvar, №35-son buyruq); Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 22-yanvar, №28-son buyruq); Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2025 yil 20-yanvar, №18-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar operatsiyadan keyingi kuzatilishi mumkin bo‘lgan infeksion asoratlarning, takroriy jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni kamayishiga, nogironlik darajasini pasaytirishga hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan diagnostik jarayonning joriy etilishi kasallikning faollik darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarning natijalariga nisbatan faolligi pasaygan bemorlarning natijalari taqqoslanganda davolash xarajatlarini kamida ikki barobar kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Ishlab chiqilgan tuberkulyoz koksiti bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash usullarini patogenetik asoslash va takomillashtirish strategiyasi sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan iqtisodiy jihatdan samarali foydalanish imkonini yaratdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish