Pirnazarov Sardor Panjievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda laparoskopik xolesistektomiya vaqtida kichik chanoq a’zolarida bajariladigan simul`tan operatsiyalarni klinik asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6334.
Ilmiy rahbar: Rizaev E’zoz Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Jong Woo Kim, professor (Janubiy Koreya); Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollarni o‘t pufagi va kichik chanoq a’zolari qo‘shma patologiyasi bo‘yicha jarrohlik davolash natijalarini simultan laparoskopik operatsiyalarni klinik asoslash, tanlash mezonlarini ishlab chiqish, texnik optimallashtirish hamda samaradorligini baholash hisobiga yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
simultan laparoskopik operatsiyaning jarrohlik xavfini baholash bo‘yicha ettita operatsiyadan oldingi prognostik ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan, 0–14 ball doirasida hisoblanadigan hamda uchta xavf zonasiga (past, o‘rtacha, yuqori) ega bo‘lgan, ichki validatsiyada AUC 0,86 va besh martali kross-validatsiyada AUC 0,82 prognostik qiymatga ega original prognostik shkala – simultan operatsiyalar xavfining prognostik shkalasi ishlab chiqilgan;
ikkala jarrohlik bosqichining to‘liq funksionalligini saqlagan holda qorin oldi devori kesmalari sonini 7–10 dan 5–6 gacha kamaytiradigan, yagona umbilikal 10 millimetrli optik port hamda uchta-to‘rtta 5 millimetrli ishchi portlardan foydalanadigan takomillashtirilgan troakarlar joylashuvi chizmasi ishlab chiqilgan;
Tokyo Guidelines 2018 talablari bo‘yicha xolesistit og‘irlik darajasiga hamda ginekologik aralashuvning kutilayotgan hajmiga asoslangan, o‘tkir yallig‘lanishda xolesistektomiyaga va surunkali toshli xolesistitda 90 daqiqadan uzoq davom etadigan ginekologik bosqichga ustuvorlik beradigan simultan operatsiya bosqichlari ketma-ketligini tanlashning differensiallashgan algoritmi ishlab chiqilgan;
ayollarda o‘t-tosh kasalligi va kichik chanoq a’zolari patologiyasi birgalikda uchraganida simultan laparoskopik taktikaning klinik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi — asoratlar chastotasining qiyosiy bo‘lishi (5,9% ga qarshi 7,8%) sharoitida umumiy xarajatlarning 32,7% ga kamayishi, gospitalizatsiya davomiyligining 6,9 ± 2,1 dan 3,8 ± 1,2 kungacha qisqarishi va mehnatga yaroqsizlik muddatining 5,8 ± 2,3 kunga kamayishi bilan isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollarda laparoskopik xolesistektomiya vaqtida kichik chanoq a’zolarida bajariladigan simul`tan operatsiyalarni klinik asoslash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 03.05.2026 y. 04/02-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: simultan laparoskopik operatsiyaning jarrohlik xavfini baholash bo‘yicha ettita operatsiyadan oldingi prognostik ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan, 0–14 ball doirasida hisoblanadigan hamda uchta xavf zonasiga (past, o‘rtacha, yuqori) ega bo‘lgan, ichki validatsiyada AUC 0,86 va besh martali kross-validatsiyada AUC 0,82 prognostik qiymatga ega original prognostik shkala — simultan operatsiyalar xavfining prognostik shkalasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (21.01.2026 y. 50-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2026 y. 261Ch-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: simultan operatsiyalar xavfining prognostik shkalasi prognostik shkalasi bemorlarni xavf zonalari (past 0–4, o‘rtacha 5–9, yuqori 10–14 ball) bo‘yicha ob’ektiv taqsimlash imkonini beradi va jarrohlik taktikasini asosli tanlashni ta’minlaydi; ikkilanib qoluvchi bemorlarda simultan operatsiyadan xato foydalanishning oldi olinadi, takroriy jarrohlik va narkozni bartaraf etadi, moral-psixologik stressni kamaytiradi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Shkalaning prognostik ishonchliligi yuqori (AUC 0,86; chuvstvitel`nost` 84,3%, spesifichnost` 78,9%). Iqtisodiy samaradorligi: xavf zonasi bo‘yicha bemorlarni samarali taqsimlash orqali asoratlar chastotasi kamayadi va qayta gospitalizatsiya ehtimoli pasayadi. O‘zbekiston sharoitida bir bemorni o‘rtacha statsionar davolash qiymati taxminan 8000 000–9000000 so‘mni tashkil etsa, ikki marta operatsiya qilinganda umumiy xarajat 16000000–18000000 so‘mgacha etadi. Simultan laparoskopik yondashuvda umumiy xarajat o‘rtacha 11000000–12000000 so‘m atrofida bo‘lib, bir bemor hisobiga 4500000–6000000 so‘m iqtisodiy tejamkorlik ta’minlanadi (28–32%). Xulosa: simultan operatsiyalar xavfining prognostik shkalasi prognostik shkalasini ishlab chiqish va joriy etish bemorlar uchun xavfsiz va individuallashgan jarrohlik taktikasini tanlashni ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ikkala jarrohlik bosqichining to‘liq funksionalligini saqlagan holda qorin oldi devori kesmalari sonini 7–10 dan 5–6 gacha kamaytiradigan, yagona umbilikal 10 millimetrli optik port hamda uchta-to‘rtta 5 millimetrli ishchi portlardan foydalanadigan takomillashtirilgan troakarlar joylashuvi chizmasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (21.01.2026 y. 50-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2026 y. 261Ch-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: yagona umbilikal optik port va uchta-to‘rtta 5 mm ishchi portdan foydalanadigan takomillashtirilgan troakarlar chizmasi laparoskopik simultan operatsiyalarni bajarish uchun optimal sharoit yaratadi, troakar yo‘llari sonini 7–10 dan 5–6 gacha kamaytiradi, qorin oldi devori to‘qimalarining shikastlanishini qisqartiradi, og‘riq sindromini kamaytiradi va yaxshi kosmetik samarani ta’minlaydi. Simultan laparoskopik operatsiyalarda intraoperatsion qon yo‘qotish hajmi SSOV ga nisbatan 1,7 baravar past bo‘lib, mos ravishda 92,4 ± 31,5 va 165,3 ± 52,7 ml ni tashkil etgan (p<0,001). Iqtisodiy samaradorligi: troakar yo‘llari sonining kamayishi sarf materiallarni va to‘qima travmasini qisqartiradi, statsionarda davolash muddatini 7,8 ± 1,9 kundan 4,2 ± 1,1 kungacha qisqartiradi. Bir koyko-kun o‘rtacha 250000 so‘m deb hisoblanganda, har bir bemor hisobiga qo‘shimcha 900000 so‘mgacha (taxminan 20–23%) tejamkorlikka erishiladi. Xulosa: Takomillashtirilgan troakarlar joylashuvi chizmasi to‘qimalar shikastlanishini hamda davolash xarajatlarini kamaytiradi, bemorlarning erta tiklanishini ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: Tokyo Guidelines 2018 talablari bo‘yicha xolesistit og‘irlik darajasiga hamda ginekologik aralashuvning kutilayotgan hajmiga asoslangan, o‘tkir yallig‘lanishda xolesistektomiyaga va surunkali toshli xolesistitda 90 daqiqadan uzoq davom etadigan ginekologik bosqichga ustuvorlik beradigan simultan operatsiya bosqichlari ketma-ketligini tanlashning differensiallashgan algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (21.01.2026 y. 50-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2026 y. 261Ch-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Tokyo Guidelines 2018 talablariga asoslangan differensiallashgan algoritm o‘tkir yallig‘lanishda xolesistektomiyaga, surunkali toshli xolesistitda esa 90 daqiqadan uzoq davom etadigan ginekologik bosqichga ustuvorlik berishni ta’minlaydi; bu bosqichlarning asosli ketma-ketligini belgilab beradi, konversiya ehtimolini kamaytiradi va jarrohlik xavfsizligini oshiradi. Laparoskopik simultan operatsiyalar umumiy davomiyligi 94,2 ± 18,6 daqiqani tashkil etgan (SSOV da 86,5 ± 20,3 daqiqa; p>0,05). Iqtisodiy samaradorligi: algoritmga asoslangan taktika konversiyalarni va qo‘shimcha jarrohlik xarajatlarini kamaytiradi. Anesteziologik qo‘llab-quvvatlash muddatining qisqarishi hamda transfuziya hajmining kamayishi har bir bemor hisobiga 300000–500000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: Tokyo Guidelines 2018 talablariga asoslangan differensiallashgan algoritm simultan operatsiyalarning xavfsiz va samarali bajarilishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ayollarda o‘t-tosh kasalligi va kichik chanoq a’zolari patologiyasi birgalikda uchraganida simultan laparoskopik taktikaning klinik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi — asoratlar chastotasining qiyosiy bo‘lishi (5,9% ga qarshi 7,8%) sharoitida umumiy xarajatlarning 32,7% ga kamayishi, gospitalizatsiya davomiyligining 6,9 ± 2,1 dan 3,8 ± 1,2 kungacha qisqarishi va mehnatga yaroqsizlik muddatining 5,8 ± 2,3 kunga kamayishi bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (21.01.2026 y. 50-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2026 y. 261Ch-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Simultan laparoskopik operatsiyalarni qo‘llash natijasida operatsiyadan keyingi asoratlarning umumiy chastotasi 18,8% dan 11,8% gacha kamaygan. Clavien–Dindo bo‘yicha I sinf asoratlari 7,8% dan 5,9% gacha, II sinf asoratlari 7,8% dan 3,9% gacha, IIIa sinf asoratlari 3,1% dan 2,0% gacha qisqargan (p<0,01). GIQLI bo‘yicha hayot sifati ko‘rsatkichi 6 oy ichida 91,3 ± 8,4 dan 128,7 ± 6,2 gacha o‘sgan; SF-36 bo‘yicha fizik komponent 38,4 ± 8,7 dan 84,6 ± 7,2 gacha oshgan. Iqtisodiy samaradorligi: Simultan laparoskopik taktika umumiy xarajatlarni 32,7% ga kamaytiradi. Mehnatga layoqatsizlik muddatining 5,8 ± 2,3 kunga qisqarishi natijasida (kunlik ish haqi 120000–150000 so‘m hisobida) har bir bemor bo‘yicha 1200000–1800000 so‘m ijtimoiy-iqtisodiy foyda ta’minlanadi. Asoratlar kamayishi qayta gospitalizatsiya va qo‘shimcha davolash xarajatlarini 800000–1200000 so‘mga qisqartiradi. Xulosa: Simultan laparoskopik operatsiyalar operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirib, reabilitatsiyani tezlashtirib va gospitalizatsiya muddatini qisqartirib, eng yaxshi klinik va iqtisodiy natijalarni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish