Gulyamova Aziza Anvar qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak oligofrenopedagoglarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1131.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abidova Nazokat Qutbitdinovna, pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor;  Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak oligofrenopedagoglarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari  maxsus pedagogik bilimlarni didaktik algoritmlashning kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlariga yaxlit kombinatsiyalash, qayta aloqani subekt-subekt integratsiyasiga kooporatsiyalashni korreksion baholash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli mustaqil faoliyatni polisub’ektlik,   prognostiklik, darajalilik xususiyatlariga klassifikatsiyalash,  o‘quv-kasbiy bosqichlarni didaktik sintez mazmuniga inidentiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi jarayon subektlarining ijodiy hamkorligini “Blok-modulli”, “Kontekstli” “O‘yinli” ta’lim texnologiyalariga mos amaliy integratsiyalash, integrativ elementlarini prognostik loyihalashga vektorli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini samaradorligi maqsadli-natijaga yo‘naltirilgan jarayonni kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarga o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash,  korreksion tashxislashni kriterial diagnostika vositalariga bosqichma-bosqich  joriy etish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak oligofrenopedagoglarni metodik kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari: 
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari  maxsus pedagogik bilimlarni didaktik algoritmlashning kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlariga yaxlit kombinatsiyalash, qayta aloqani subekt-subekt integratsiyasiga kooporatsiyalashni korreksion baholash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Xususiy metodikalar” (Tarix fanini o‘qitish metodikasi) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i). Natijada, bu bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini tarkibiy tuzilmasini aniqlashtirish imkonini bergan;
  bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli mustaqil faoliyatni polisub’ektlik,   prognostiklik, darajalilik xususiyatlariga klassifikatsiyalash,  o‘quv-kasbiy bosqichlarni didaktik sintez mazmuniga inidentiv moslashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Xususiy metodikalar” (Tarix fanini o‘qitish metodikasi) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i). Natijada, mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini tashhislash imkonini yaratilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi jarayon subektlarining ijodiy hamkorligini “Blok-modulli”, “Kontekstli” “O‘yinli” ta’lim texnologiyalariga mos amaliy integratsiyalash, integrativ elementlarini prognostik loyihalashga vektorli yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Xususiy metodikalar” (Tarix fanini o‘qitish metodikasi) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i). Natijada, bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy mahoratini uzlyuksiz oshirib borish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini samaradorligi maqsadli-natijaga yo‘naltirilgan jarayonni kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarga o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash,  korreksion tashxislanishni kriterial diagnostika vositalariga bosqichma-bosqich  joriy etish asosida  takomillashtirishga oid takliflardan “Xususiy metodikalar”  (Tarix fanini o‘qitish metodikasi) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i). Natijada, bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish sifat darajasi takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish