Usmanov Mirumar Abdulla o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda uy joy qurilishini rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti” hamda 08.00.13 - “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1093.
Ilmiy maslahatchi: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori(DSc), professor, Buriev Xakim Toshimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, Najimov Iskander Perdebaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda uy joy qurilishini rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish boyicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra uy joy qurilishi aholining o‘sib borayotgan turar-joy ehtiyojlarini qondirish, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish talablariga mos ravishda turar-joy binolarini loyihalash, barpo etish, qayta ta’mirlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish jarayonlari sifatida takomillashtirilgan;
uy joy qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy faolligini oshirishda ularning ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat, innovatsion va ehtimoliy faolliklarinirini integral baholash bo‘yicha «yuqori» (1,2≤If), «barqaror» (1,0≤If˂1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,7≤If˂1,0) va «yuqori xavfli» (0≤If˂0,7) koeffisient chegaralari doirasida baholash asoslangan;
uy joy qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qurilish sanoati korxonalarda moliyaviy faollik darajasi (Mf=1,025), ishlab chiqarish faolligi (Ichf=1,216), marketing faolligi (Marf=1,011), boshqaruv faolligi (Bf=1,321), mehnat faolligi (Mehf=1,054), innovatsion faolligi (Inf=1,002), ehtimoliy faollik (Ef=1,065)ning maqbul chegaralarida iqtisodiy faollikning yuqori darajasini ta’minlash asoslangan;
har bir hududda bittadan qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish obektlarini loyihalashtirish va tayyor ko’p qavatli uy-joylar qurishgacha qo’shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida qurilish tarmog‘i iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda uy joy qurilishi rivojlanishi tahlilini amalga oshirishning samarali vositalariga asoslangan holda 2032 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy joy qurilishi rifojlanishini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra uy joy qurilishi aholining o‘sib borayotgan turar-joy ehtiyojlarini qondirish, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish talablariga mos ravishda turar-joy binolarini loyihalash, barpo etish, qayta ta’mirlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish jarayonlari sifatida takomillashtirilgan nazariy-uslubiy asos oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan «Ishlab chiqarish menejmenti» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 2 iyuldagi 34-06/9073-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, uy joy qurilishi tushunchasi mazmunining nazariy-uslubiy asoslari takomillashtirilib, oliy ta’lim tizimi talabalari tomonidan ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
uy joy qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy faolligini oshirishda ularning ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat, innovatsion va ehtimoliy faolliklarinirini integral baholash bo‘yicha «yuqori» (1,2≤If), «barqaror» (1,0≤If˂1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,7≤If˂1,0) va «yuqori xavfli» (0≤If˂0,7) koeffisient chegaralari doirasida baholash taklifi Dorus Eden MChJ ning 10.12.2025 yildagi 32-sonli buyrug‘i asosida qurilish sanoati korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 2 iyuldagi 34-06/9073-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy joy qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qurilish sanoati korxonalarini pog‘onalashtirilgan saralash tizimini joriy etishga va ushbu chora-tadbirlar qurilish sanoati korxonalari foydasini 12-14 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
uy joy qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qurilish sanoati korxonalarda moliyaviy faollik darajasi (Mf=1,025), ishlab chiqarish faolligi (Ichf=1,216), marketing faolligi (Marf=1,011), boshqaruv faolligi (Bf=1,321), mehnat faolligi (Mehf=1,054), innovatsion faolligi (Inf=1,002), ehtimoliy faollik (Ef=1,065)ning maqbul chegaralarida iqtisodiy faollikning yuqori darajasini darajasini ta’minlash taklifi Dorus Eden MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 2 iyuldagi 34-06/9073-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy joy qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy faolligi tarkibini tashkil etuvchi omillarning vazn ko‘rsatkichlarini belgilanishi imkoni yaratilgan;
har bir hududda bittadan qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish obektlarini loyihalashtirish va tayyor ko’p qavatli uy-joylar qurishgacha qo’shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish taklifi Dorus Eden MChJ faoliyatida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 2 iyuldagi 34-06/9073-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy-joy qurilishi iqtisodiy samarasini baholash orqali davlat-xususiy sheriklik loyihalarini samarali amalga oshirish natijasida sof foydaning 4-6 foizga oshishiga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasida qurilish tarmog‘i iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda uy joy qurilishi rivojlanishi tahlilini amalga oshirishning samarali vositalariga asoslangan holda 2032 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Dorus Eden MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 2 iyuldagi 34-06/9073-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy joy qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qurilish sanoati korxonalarini samarali boshqarish ssenariylari ishlab chiqilgan va ular faoliyatini optimallashtirish uchun imkon yaratilgan.