Dexqonov Avazbek Tolibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Silikat shishada metal oksidlari diffuziyasi”, 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/FM1106
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Gulmurza, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.05/2025.27.12.FM/T.13.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Shavkat Uzgenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot ishining maqsadi legirlangan qo‘rg‘oshin silikat shishalarda ruteniy atomlari diffuziyasining elektr o‘tkazuvchanlik hamda termoEYuK koeffisientiga ta’sir qilish qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
qo‘rg‘oshin silikat shishada RuO2 diffuziyasi natijasida hosil bo‘lgan diffuziya hududida ruteniy (Ru) atomlarining taqsimlanishi bilan shu hududda elektr o‘tkazuvchanligi va termoEYuK koeffisientining taqsimlanishi o‘zaro mos ekanligi aniqlangan;
qo‘rg‘oshin silikat shishada RuO2 diffuziyasi chiziqli jarayon ekanligi, ya’ni diffuziya koeffisienti ligatura atomlari konsentratsiyasiga bog‘liq emasligi aniqlangan;
silikat shishada nanokristallar hosil qiladigan potensial o‘ralar chuqurligi (0,26–0,87 eV) baholangan hamda zaryad tashuvchilari bo‘lgan kovaklarning faqat bir qismi ushbu potensial o‘ralarda lokalizatsiyalanishi va buning natijasida Mott bo‘yicha sakrashli o‘tkazuvchanlik mexanizmi amalga oshishi aniqlangan;
ruteniy atomlari diffuziyasi natijasida silikat shishada hosil bo‘ladigan kiritma zonasida energetik holatlar zichligi taqsimlanishi aniqlangan;
873 K haroratda qo‘rg‘oshin-silikat shishada ruteniy atomlarining diffuziya koeffisienti 6,2·10⁻¹² m²·s⁻¹ ni tashkil etishi, 5 soat davomida ularning diffuziya uzunligi 335 mkm ga etishi aniqlangan, bu esa qalin qatlamli rezistorlardagi RuO2 zarrachalari orasidagi o‘rtacha masofadan deyarli 100 marta katta ekanligini ko‘rsatadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Silikat shishada metall oksidlari diffuziyasini o‘rganishda olingan natijalar:
RuO2 ning qo‘rg‘oshin-silikat shishada diffuziyasi chiziqli ekani (diffuziya koeffisienti diffuziyalanuvchi kiritma konsentratsiyasiga bog‘liq emasligi);
diffuziya qatlamida ruteniy atomlari konsentratsiyasining taqsimlanishi elektr o‘tkazuvchanligi va termoEYuK koeffisientining fazoviy taqsimlanishiga mos ekanligi;
ruteniy atomlari diffuziyasi natijasida o‘tkazuvchan faza hosil bo‘lishi;
qo‘rg‘oshin-silikat shishada silikat nanokristallariga xos potensial o‘ralar chuqurligining baholanishi;
shihsaning valent zonasi yaqinida kiritma energetik zonasining paydo bo‘lishi;
qo‘rg‘oshin-silikat shishada ruteniy atomlarining diffuziya koeffisienti va xos diffuziya masofasining aniqlangani Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazida AL-5921078787-sonli “Yuqori sig‘imli qattiq jismli akkumulyatorlar uchun mikro-kremniyli anod tuzilmasini loyihalash” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyihasida (2023-2024) doirasida anod materialida atomlar diffuziyasini o‘rganish va akkumulyator xossalariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanishi anodlarning degradatsiyasi (aynishi) sabablarini aniqlash va uni kamaytirish choralarini belgilash imkonini bergan.