Allambergenova Farida Rambergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vanadiy(V) va xrom(VI) ionlarini uglerod nuqtalar yordamida aniqlashning lyuminessent uslublarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/K1113.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vanadiy (V) va xrom (VI) ionlarini uglerod nuqtalari yordamida aniqlashning lyuminessent uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xitozan va melamin asosida sharsimon shakldagi uglerod nuqtalari sintez qilinib, o‘rtacha diametr 30,2 (TEM), o‘rtacha gidrodinamik diametri 35,08 nm, nano zarrachaning 1 ml eritmada tarqalish konsentratsiyasi (NTA) esa ekanligi, DLS tahlili bo‘yicha zarrachalarning eritmadagi gidrodinamik diametrini 99 ga tengligi aniqlandi. Uglerod nuqtaning polidisperslik indeksi (PDI) 0,05 ga tengligi aniqlanib, yuqori darajada monodispers tizim shakllanganligi, grafitga o‘xshash kristall hududlar bilan birga amorf uglerod fazasi mavjudligi isbotlangan;
sintez qilingan uglerod nuqtalarining nur yutish to‘lqin uzunligi (Ex) 338 nm, emissiya to‘lqin uzunligi (Em) 412 nm, massaviy so‘nish koeffisienti 115,2 L∙g⁻¹∙cm⁻¹ ga tengligi aniqlangan. Uglerod nuqtaning vanadiy(V) ioni bilan kompleks hosil qilishida Ex=346 nm va Em=423 nm ga siljishi kuzatilib, kompleks hosil bo‘lishi asosida lyuminessensiya so‘nishi qayd etilgan;
uglerod nuqtalarining V(V) ioni (pH 6,22) bilan kompleks hosil qilish jarayoni Stern–Volmer tenglamasi asosida tahlil qilinib, Shtern–Volmer konstantasi , kompleks barqarorlik konstantasi Kf=6.51 ga tengligi hisoblangan. Korrelyasiya koeffisienti R2=0,9986 ekanligi, lyuminessensiya signali bilan V(V) ionlari konsentratsiyasi o‘rtasida yuqori chiziqli bog‘liqlik mavjudligi tasdiqlangan;
uglerod nuqtalarining Cr(VI) ioni bilan ta’sirida pH=6,22 da fluoressensiya intensivligi pasaygan, biroq spektral siljish kuzatilmagan. Nur so‘nish hodisasi dinamik mexanizm asosida amalga oshishi isbotlanib, Stern–Volmer konstantasining qiymati M-1 ga, spektral qoplanish darajasi 78,4 % ga tengligi aniqlangan. Cr(VI) ioni konsentratsiyasi bilan fluoressensiya intensivligi o‘rtasidagi korrelyasiya koeffisienti R2=0,99985 ga tengligi, ishlab chiqilgan usul yuqori aniqlikka ega ekanligini tasdiqlagan;
ishlab chiqilgan lyuminessent usulining metrologik parametrlari: vanadiy(V) ioni uchun chiziqli aniqlash diapazoni 0,1–2,1 µM, quyi aniqlash chegarasi (LOD) 5,9×10-2 μM, miqdoriy aniqlash chegarasi (LOQ) 1,98×10-1 μM ga tengligi; xrom(VI) ioni uchun esa chiziqli diapazon 0,05–0,65 µM, LOD 9,7×10-2 μM, LOQ 3,24×10-1 μM ga tengligi aniqlangan. Nisbiy standart og‘ish (RSD) 0,054 % ni tashkil etib, usulning yuqori takrorlanuvchanligi tasdiqlangan;
ishlab chiqilgan vanadiy (V) va xrom (VI) ionlarini aniqlashning lyuminessent usulining natijalari atom-absorbsion spektroskopiya (AAS) va ISP-AES usullari natijalari bilan solishtirilgan hamda Student va Fisher mezonlari matematik qayta tahlil qilinib, hisoblangan this qiymatlar V(V) va Cr(VI) ionlari uchun 2,75 ni tashkil etib, kritik qiymatdan tjad=2,776 kichikligi, usullarda sistematik xatoliklar mavjud emasligini isbotlagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vanadiy (V) va xrom (VI) ionlarini uglerod nuqtalari yordamida lyuminessent aniqlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
vanadiy (V) va xrom (VI) ionlarining uglerod nuqtalar yordamida lyuminessent aniqlash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Sudoche ko‘li hamda Bo‘zatov tumani Qutan ko‘li hududlaridan olingan texnologik suv na’munalarida sinovdan o‘tkazildi va amaliyotga joriy etilgan. (“Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasining 2026-yil 1-may 02-01/18-2092-son ma’lumotnomasi asosida). Natijada vanadiy (V) va xrom (VI) ionlarini texnologik suvlar tarkibidan mikromiqdorgacha miqdori aniqlangan va tanlab ta’sir etuvchanligi, tezkorligi va soddaligi, past konsentratsiyalarda ham korrelyasiya koeffisient 1 ga yaqin bo‘lgan ishonchli natijalar olingan;
vanadiy (V) va xrom (VI) ionlarining uglerod nuqtalar yordamida lyuminessent aniqlash usuli bo‘yicha olingan ma’lumotlardan xorijdagi 3 ta impakt faktori yuqori ilmiy jurnallarda sintez qilingan nanozarrachalar va ularning metall ionlari bilan hosil qilgan birikmalari tahlili uchun foydalanilgan (Chinese Journal of Analytical Chemistry, 2026, 5, 54, 100710, IF=1.3; Applied Science and Engineering Progress, 2026, 19, 7925, IF=5.3; Coordination Chemistry Reviews, 2026, 562, 217966, IF=23.5).