Eshboev Farhod Bakir o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz chop etilgan maqolalar asosida
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Taqdimnoma mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dorivor o‘simliklar va endofit zamburug‘lardan ajratilgan ikkilamchi metabolitlarning biologik faolliklarini tadqiq etish: genom va metabolom tahlillarini qo‘llash”, 03.00.12 - Biotexnologiya, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/B313.
Ilmiy tadqiqot bajarilgan muassasalar nomi: “Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg‘or tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti va Gonkong Fan va texnologiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi Ilg‘or tadqiqotlar instituti, DSc.03/12.05.2026.B/K/T.192.03.
Rasmiy opponentlar:  Dalimova Suraya Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Kushanov Faxriddin Ne’matullaevich, biologiya fanlari doktori, professor;  Nasmetova Saodat Mamajanovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dorivor o‘simliklar va endofit zamburug‘lardan ajratilgan tabiiy birikmalarning biologik faolliklarini o‘rganish hamda genom va metabolom tahlillari yordamida endofit zamburug‘lar genomining tuzilishi, funksional tahlili, biosintetik gen klasterlar tarkibi va ikkilamchi metabolitlar sintez qilish salohiyatini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli flavonoid sinflariga mansub 20 xil flavonoiddan tashkil topgan ekvimolyar aralashmaning neyroprotektiv, sitotoksik va antiamiloidogen faolligi aniqlaniqlangan hamda flavonoidlarning umumiy biologik funksiyalarini baholash uchun yangi eksperimental yondashuv ishlab chiqilgan;
Calophyllum fraseri, Cousinia maracandica, Lophanthus schschurowskianu, Inula grandis, Inula helenium va Lophanthus schschurowskianus dorivor o‘simliklardan olingan efir moylarining in vitro biologik faolliklari hamda in silico ta’sir mexanizmlari aniqlangan;
girofor kislotasining amiloid-β agregatsiyasiga qarshi anti-amiloid faolligi aniqlangan hamda uning amiloid fibrillalari bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi molekulyar doking, molekulyar dinamika simulyasiyalari va eksperimental tadqiqotlar asosida isbotlangan;
ilk bor Hyssopus officinalis o‘simligidan Chaetomium elatum endofit zamburug‘i ajratib olinib, uning saratonga qarshi, antimikrob va antibiofilm faolligi aniqlangan hamda asosiy biologik faol metabolit sifatida penisillin kislotasi toza holda ajratib olingan;
Ziziphora pedicellata Pazij et Vved dan ajratib olingan endofit zamburug‘larning biologik faolliklari va kimyoviy profillari o‘rganilib, Alternaria doliconidium, Preussia africana va A. alternata shtammlari antibakterial va saratonga qarshi metabolitlarning yangi istiqbolli produsentlari sifatida aniqlangan;
ilk bor endofit A. alstroemeriae S6 va Aspergillus aflatoxiformans S13 shtammlarining yuqori sifatli to‘liq genom ketma-ketliklari va genom funksional annotatsiyasi amalga oshirilgan hamda ularning ikkilamchi metabolitlar biosintezi bilan bog‘liq genetik salohiyati tavsiflangan;
A. alstroemeriae S6 va A. aflatoxiformans S13 shtammlarining ikkilamchi metabolitlar biosinteziga mas’ul biosintetik gen klasterlari aniqlaniqlangan; 
A. alstroemeriae S6 va A. aflatoxiformans S13 shtammlarining ikkilamchi metabolitlarining metabolom tahllillari amalga oshirilgan va biologik faol metabolitlari identifikatsiya qilingan;
biotexnologik yo‘l bilan qahrabo kislotasi A. alstroemeriae S6 va kojik kislota A. aflatoxiformans S13 shtammlaridan  yuqori miqdorda  ajratib olingan va ularning biosintezi uchun optimal kul`tivatsiya sharoitlari ishlab chiqilgan;
A. aflatoxiformans S13 shtammidan ajratilgan ikkilamchi metabolitlar ekstrakti va kojik kislotaning sitotoksik, yallig‘lanishga qarshi hamda antimelanogen faolliklari aniqlangan;
A. aflatoxiformans S13 shtammidan ajratilgan ikkilamchi metabolitlar ekastraktining vezikulyar stomatit virusi (VSV) va gerpes simplex virusi 1-tipi (HSV-1)ga qarshi antivirus faolligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dorivor o‘simliklar va endofit zamburug‘lardan ajratilgan ikkilamchi metabolitlarning biologik faolliklarini tadqiq etish: genom va metabolom tahlillarini qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklaridan ajratib olingan endofit zamburug‘larning ITS nukleotid ketma-ketliklari xalqaro NCBI GenBank ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, jumladan Coriolopsis hainanensis S74 (PZ301555), A. aflatoxiformans S13 (PX396498), Rhizopus arrhizus S8.2 (PX396432), A. alstroemeriae S6 (PV468192), A. alternata (OR435586, OR435587), A. doliconidium (OR435582), Preussia africana (OR435585), Acremonium alternatum (OP474179), Botryotrichum murorum (OR435580), Chaetomium globosum (OR435581, OR435583) va C. elatum (OP476344). Ushbu nukleotid ketma-ketliklarining GenBank ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi xalqaro genetik ma’lumotlar bazasini boyitdi hamda ulardan endofit zamburug‘larning taksonomiyasi, filogeniyasi, biotexnologiyasi va farmatsevtik salohiyatini o‘rganishga qaratilgan keyingi ilmiy tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatini yaratdi;
biologik faol endofit zamburug‘lar – A. aflatoxiformans S13 (BioProject: PRJNA1468902) va A. alstroemeriae S6 (BioProject: PRJNA1248411) shtammlarining to‘liq genom ketma-ketliklari xalqaro NCBI ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Mazkur genom ma’lumotlarning ochiq foydalanish uchun taqdim etilishi genom annotatsiyasi, biosintetik gen klasterlarini aniqlash, metabolitik injiniring va biologik faol tabiiy birikmalarni izlash bo‘yicha tadqiqotlar uchun muhim ilmiy resurs bo‘lib xizmat qiladi;
A.alstroemeriae S6 shtammining LC–MS/MS asosidagi metabolom ma’lumotlari GNPS platformasining MassIVE ma’lumotlar bazasiga (MassIVE ID: MSV000097857) joylashtirilgan. Metabolom ma’lumotlarning xalqaro ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi endofit zamburug‘lar metabolitlarini o‘rganish va yangi biologik faol birikmalarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar uchun muhim ilmiy resurs yaratdi;
ushbu dissertatsiyada taqdim etilgan ilmiy natijalar xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan bo‘lib, ular Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan, yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda 100 martadan ortiq iqtibos qilingan. Jumladan, tadqiqot natijalariga New Phytologist (IF=10.3), Journal of Fungi (IF=4.7), Antibiotics (IF=4.6), Microorganisms (IF=4.5), Antioxidans (IF=6.0), International Journal of Molecular Sciences (IF=4.9), Frontiers in Microbiology (IF=5.2), Scientific Repors (IF=3.8),  Molecules (IF=4.6), Plans (IF=4.5), Natural Product Research (IF=2.3), 3 Biotech (IF=2.8), Bioresource Technology Repors (IF=4.0), Polymers (IF=4.7), International Journal of Microbiology (IF=2.6), Medicine in Microecology (IF=4.3), PLOS ONE (IF=2.9), Molecular Biology Repors (IF=2.8) va APMIS (IF=3.0) kabi xalqaro jurnallarda iqtiboslar berilgan. Bu olingan natijalarning ilmiy yangiligi, dolzarbligi va xalqaro miqyosdagi ahamiyatini tasdiqlaydi.
    

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish