Yaxshilikova  Zarifa Abdimannonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sitizin va morfolinni alkillash va alkil mahsulotlar asosida sintezlar», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K761.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Tursunali Suyunovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abdulhamid G‘ofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjon Davletbaevich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi: Sitizin va morfolinni alkillash va alkil mahsulotlari asosida sintezlarni amalga oshirishdan iborat.
 III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Morfolinning monogalogenalkanlar ishtirokidagi reaksiyalarida N-butilmorfolin< N-pentilmorfolin < N-geksilmorfolin< N-nonilmorfolin qatorida  Ch2-metilen guruhlar soni uzayishi bilan mahsulot unumi ortishiga asoslangan. Reaksiyalarda SN2 mexanizmda etanol erituvchisida (78 oC) unum yuqori bo‘lishi   erituvchi tabiati va reaksion haroratning mahsulot unumiga ta'siri bilan izohlangan; 
Ilk bor N-alkil, (N-allil, N-propargil)morfolinlarning asetonitril erituvchisida,  4-Benzil-4-Pentil-, 4-Benzil-4-Nonil, 4-Benzil-4-Allil- hamda 4-Benzil-4-Propargilmorfoliniy xlorid kabi  to‘rtlamchi ammoniy tuzlari sintez qilingan. N-allil, N-propargilmorfolinlar bilan benzilxlorid  nisbati 1:1,2 bo‘lganda reaksiya unumi yuqoriligi (96 %) isbotlangan; 
Sitizinni alkillash jarayonida ichki halqalangan birikma, N-(1,4-butilen) to‘rtlamchi sitizin bromidi bir bosqichda sintez qilinib, 95 % unum bilan barqaror halqali tuzilishdagi ortorombik kristall  α = β = γ = 90° li birikma hosil bo‘lishi tadqiq qilingan;
N-geksilmorfolin asosida temir (III) xlorid katalizatori ishtirokida 4-Geksil-4-Nonilmorfoliniy bromid sintez qilinib, Lyus kislotasining ushbu reaksiyada katalizatorlik xususiyatini namoyon etishi mumkinligi ko‘rsatilgan;
N-alkil, N-allil, N-propargilmorfolinlar IQ spektrlarida morfolinga xos N–H 3300–3400 cm⁻¹ sohada tebranishlari yo‘qligi hamda 2850–2960 cm⁻¹ sohada alifatik C–H yutilish chiziqlarining kuzatilishi ularning uchlamchi aminlar ekanligini tasdiqlagan. 1H YaMR spektrlarida 2,20–2,35 m.u. sohalarda azot atomi bilan bog‘langan metilen guruh (H-7) signallari aniqlandi. 4-Benzil-4-nonilmorfoliniy xloridning kristall tuzilishi rentgenostruktur tahlil yordamida aniqlanib, uning monoklinik kristall sistemasida (a = 8,7990(5) Å, b = 7,4720(4) Å, c = 32,998(2) Å, β = 95,561(3)°) kristallanishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. N-pentil morfolin, N-nonil morfolin va sitizin asosida olingan yangi to‘rtlamchi ammoniy tuzlari sintezi, kimyoviy modifikatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: uchta birikmaning kristall tuzilishlari aniqlangan va xalqaro Markaziy Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan bo‘lib, (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk) CCDC: 2277070, 2541862, 2541863 ularga tegishli identifikatsiya raqamlari olingan. Natijada o‘xshash birikmalarni sintez qilish va fazoviy tuzilishlarini taqqoslab o‘rganish imkonini bergan. 
Olingan natijalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FL–7923051904 “Vinil birikmalar olish uchun nano o‘lchamli katalizatorlar va ularning tashuvchilari sintezi, tuzilishi va elektron xossalari” (2024-2025 yy) mavzusida bajarilgan fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi 2026-yil 22- aprel 01-02/1/1677-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi birikmalarni sintez qilish, ularning kristall tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuvlar boyitildi, olingan ilmiy natijalar esa istiqbolli funksional materiallarni yaratish va ularning xossalarini baholashga oid tadqiqotlarda qo‘llash imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish