G‘ofurov Abdushukur Abdujalol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Skandiy (III) va titan (IV) ionlarini sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/K1117.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.  
II.Tadqiqotning maqsadi: atrof muhit obektlarida skandiy(III) va titan(IV) ionlarini organik reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlsh usullarini ishlab chiqishdan iborat.
 III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ipak fibroini tolasiga Arsenazo III va Kongo qizili reagentlari immobillanib, Sc(III) va Ti(IV) ionlarini aniqlash uchun yangi gibrid sorbsion-spektroskopik tizim ishlab chiqilgan. Immobilizatsiyalash jarayoni natijasida analitik signal intensivligi ortishi va aniqlash sezuvchanligining 10 martagacha oshishi aniqlangan; 
arsenazo III va Kongo qizilining ipak fibroinidagi immobilizatsiyasi hamda Sc(III) va Ti(IV) ionlari bilan kompleks hosil qilishining optimal sharoitlari aniqlanib, mos ravishda pH 3,0 va pH 4,6 da eng yuqori analitik signal kuzatilishi asoslangan; 
Sc(III)-Arsenazo III va Ti(IV)-Kongo qizili komplekslarining qattiq fazadagi barqarorlik konstantalari ilk bor hisoblanib, ularning qiymatlari mos ravishda 5,95×1010  va 4,48×1011 ga tengligi aniqlangan hamda qattiq fazadagi komplekslarning eritmadagiga nisbatan qariyb bir tartib yuqori barqarorligi isbotlangan;
fibroin–arsenazo III–Sc(III) va Fibroin–Kongo qizili–Ti(IV) tizimlarida mos ravishda 15 nm va 10 nm batoxrom siljish kuzatilishi aniqlanib, bu holat immobilizatsiyalangan reagentlar ishtirokida hosil bo‘ladigan komplekslarning yuqori barqarorligini tasdiqlashi ko‘rsatilgan;
Sc(III) va Ti(IV) ionlarini aniqlashning yangi sorbsion-spektroskopik metodikasi ishlab chiqilib, aniqlashning quyi chegaralari mos ravishda 5 mkg/L va 8 mkg/L ga etkazilgan, nisbiy standart chetlanish esa 0,037 dan oshmasligi aniqlangan; 
SEM, IQ-spektroskopiya va rentgen-fluoressent tahlil natijalari asosida Sc(III) va Ti(IV) ionlarining immobilizatsiyalangan reagentlar bilan hosil qilgan komplekslari tarkibi va tuzilishi tasdiqlanib, sorbent tarkibida Sc va Ti miqdori mos ravishda 6,18% va 2,49% ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat oqova suvlaridan skandiy(III) va titan(IV) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
immobillangan arsenazo III va kongo qizili organik reagentlari yordamida skandiy(III) va titan(IV) ionlarini aniqlashning gibrid sorbsion-spektroskopik usuli metodikalari «Elektrokimyozavod» AJ amaliyotida qo‘llanilgan («Elektrokimyozavod» AJning 2025-yil 15-sentyabrdagi 716-sonli ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan gibrid sorbsion-spektroskopik usullarning tajriba natijalari boshqa spektrofotometrik usullar bilan qiyoslaganda sezgirligi 10 marta yaxshilanganligini ko‘rsatgan;
immobillangan arsenazo III va kongo qizili organik reagentlari yordamida skandiy(III) va titan(IV) ionlarini aniqlash usuli «MOXSAR» MChJ O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasining tahliliy laboratoriyasida oqova suvlar tahlili jarayonida skandiy(III) va titan(IV) ionlarini saqlagan obektlarni tahlil qilishda sinovdan o‘tkazilgan va qo‘llash uchun tavsiya etilgan («MOXSAR» MChJ O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasining 2025-yil 25-noyabrdagi 25/04-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu usullar yordamida skandiy(III) ionlarini aniqlash sezgirligi 5 mkg/l, titan(IV) ionlarini aniqlash sezgirligi esa 8 mkg/l darajada ekanligi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish