Sharipova Fazilat Ollaberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish texnologiyasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10369.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Nodira Abduxamidovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Koshanov Dauletbay Erejepovich biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universitet.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda uning pedagogik samaradorligini tajriba-sinov ishlari asosida asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiya ta’limining mazmuniy va amaliy xususiyatlari asosida bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini tashkil etuvchi nazariy, metodik, amaliy-laboratoriya, raqamli, ekologik, kommunikativ va refleksiv komponentlar aniqlashtirilgan, ularning mazmuni hamda o‘zaro integrativ bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda STEAM, case-study, loyihaviy ta’lim, modulli ta’lim, raqamli ta’lim vositalari va ekologik yondashuvlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari biologik mazmunni amaliy faoliyat bilan bog‘lash, mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda kasbiy-metodik tayyorgarlikni kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik modelning mazmuniy, metodik, texnologik va baholash komponentlari kompetensiyaviy, integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan pedagogik model asosida bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik, amaliy-pedagogik, raqamli, kommunikativ va refleksiv kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol amaliy mashg‘ulotlar tizimi, modul asosidagi dars ishlanmalari, kompetensiyaviy topshiriqlar majmuasi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini tashkil etuvchi nazariy, metodik, amaliy-laboratoriya, raqamli, ekologik, kommunikativ va refleksiv komponentlarning mazmuni hamda ularning o‘zaro integrativ bog‘liqligini aniqlashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Biologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universiteti Kengashining 2024-yil 7-dekabrdagi №131-sonli qarori asosida berilgan 109 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikning tarkibiy komponentlarini anglash, biologiya ta’limi mazmunini metodik jihatdan tahlil qilish va dars jarayoniga moslashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda STEAM, case-study, loyihaviy ta’lim, modulli ta’lim, raqamli ta’lim vositalari va ekologik yondashuvlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga oid takliflar “Biologiya o‘qitish metodikasi” 1-qism darsligi mazmuniga kiritilgan (Urganch davlat universiteti Kengashining 2025-yil 30-iyundagi 254-sonli qarori asosida berilgan 169 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada biologiya ta’limi jarayonida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanish, biologik bilimlarni kasbiy faoliyat bilan bog‘lash, talabalarning mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik modelning mazmuniy, metodik, texnologik va baholash komponentlarini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik xulosalar “Biologiya o‘qitish metodikasi” 2-qism darsligi mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universiteti Kengashining 2025-yil 29-oktyabrdagi 365-sonli qarori asosida berilgan 199 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarida darsni loyihalash, interfaol metodlarni tanlash, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, ta’lim natijalarini baholash hamda kasbiy-metodik faoliyatni refleksiv tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
takomillashtirilgan pedagogik model asosida ishlab chiqilgan interfaol amaliy mashg‘ulotlar tizimi, modul asosidagi dars ishlanmalari, kompetensiyaviy topshiriqlar majmuasi va ilmiy-metodik tavsiyalar “Biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi 7–11-sinflar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 4-fevraldagi 02/01-01-59 son ma’lumotnomasi). Natijada laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarni metodik jihatdan loyihalash, tajriba va kuzatish ishlarini tashkil etish, laboratoriya xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda olingan natijalarni tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan.