Asfandiyorova Shakina Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koroxonalarda riskka asoslangan ichki audit o‘tkazishni takomillashtirish”, 08.00.08-“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5483
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xojiev Mexriddin Sulaymonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baxadirov Alisher Komilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda riskka asoslangan ichki audit o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar faoliyatida riskka asoslangan ichki auditni o‘tkazish tartib-qoidalarini xalqaro standart talablariga moslashtirish orqali risk turlari ta’sirini baholash, uning natijalarini ichki audit rejasiga integratsiyalash modeli ishlab chiqilgan va uning boshqaruv qarorlari bilan uzviy bog‘liqlik jihatlari ilmiy asoslangan;
joriy ichki auditni o‘tkazish natijalariga asosan korxonaning keyingi faoliyatida vujudga kelish ehtimoli mavjud xavflarni oldindan aniqlash va ularni ustuvorlik darajasiga ko‘ra tasniflash mezonlari ishlab chiqilgan;
korxonalarda ichki auditni o‘tkazish jarayonlarida risklarni real vaqt rejimida monitoring qilish va uning natijalari asosida xavflarni bartaraf etishga oid ilmiy asoslangan uslubiy-amaliy echimlar va indikatorlar tizimi taklif etilgan;
korxona ichki auditini o‘tkazish natijalarining strategik barqarorligini ta’minlash maqsadida risklar ta’sirini prognozlash va baholash modeli hamda uni amalga oshirish funksiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda riskka asoslangan ichki audit o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Korxonalar faoliyatida riskka asoslangan ichki auditni o‘tkazish tartib-qoidalarini xalqaro standart talablariga moslashtirish orqali risk turlari ta’sirini baholash, uning natijalarini ichki audit rejasiga integratsiyalash modeli ishlab chiqilgan va uning boshqaruv qarorlari bilan uzviy bog‘liqlik jihatlari ilmiy asoslanganligi «Uzbekistan Airways» AJ, «Gross insurance» AJ, “O‘zagrolizing” AJ, Uzbek leasing international AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Uzbekistan Airways» AJning 2025-yil 22-avgustdagi 11-1807-1.14-sonli, «Gross insurance» AJning 2025-yil 26-avgustdagi 01/900-sonli, “O‘zagrolizing” AJning 2025-yil 3-dekabrdagi 02-06-2025/1672-sonli va “Uzbek leasing international A.O.” AJning 2026-yil 6-yanvardagi UL/2145/001-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida korxona faoliyatida xavflarni kompleks tahlil qilish, ustuvor segmentlarga asoslangan ichki audit rejasi va boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash imkoni yaratildi, bu esa ichki audit samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
Joriy ichki auditni o‘tkazish natijalariga asosan korxonaning keyingi faoliyatida vujudga kelish ehtimoli mavjud xavflarni oldindan aniqlash va ularni ustuvorlik darajasiga ko‘ra tasniflash mezonlari ishlab chiqilganligi «Uzbekistan Airways» AJ, «Gross insurance» AJ, “O‘zagrolizing” AJ, Uzbek leasing international A.O” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Uzbekistan Airways» AJning 2025-yil 22-avgustdagi 11-1807-1.14-sonli, “Gross insurance” AJning 2025-yil 26-avgustdagi 01/900-sonli, “O‘zagrolizing” AJning 2025-yil 3-dekabrdagi 02-06-2025/1672-sonli va “Uzbek leasing international A.O” AJning 2026-yil 6-yanvardagi UL/2145/001-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida korxonalarda risklarni aniqlash va ustuvorlashtirish jarayonlari takomillashtirilgan, bu esa xavf darajasiga qarab ichki audit resurslarini samarali yo‘naltirish va nazorat mexanizmlarini kuchaytirishga olib kelgan.
Korxonalarda ichki auditni o‘tkazish jarayonlarida risklarni real vaqt rejimida monitoring qilish va uning natijalari asosida xavflarni bartaraf etishga oid ilmiy asoslangan uslubiy-amaliy echimlar va indikatorlar tizimi bo‘yicha taklifi “Uzbekistan Airways” AJ, “Gross insurance” AJ, “O‘zagrolizing” AJ, Uzbek leasing international” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Uzbekistan Airways” AJning 2025-yil 22-avgustdagi 11-1807-1.14-sonli, “Gross insurance” AJning 2025-yil 26-avgustdagi 01/900-sonli, “O‘zagrolizing” AJning 2025-yil 3-dekabrdagi 02-06-2025/1672-sonli hamda “Uzbek leasing international A.O” AJning 2026-yil 6-yanvardagi UL/2145/001-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu tizimni tatbiq etish natijasida risklarni tezkor aniqlash va ularning ta’sirini oldindan baholash imkoniyati yaratilib, ichki audit jarayonlarining aniqligi va boshqaruv qarorlarining tezkorligini oshirish imkonyati yaratilgan.
Korxona ichki auditini o‘tkazish natijalarining strategik barqarorligini ta’minlash maqsadida risklar ta’sirini prognozlash va baholash modeli hamda uni amalga oshirish funksiyalari ishlab chiqilganligi «Uzbekistan Airways» AJ, «Gross insurance» AJ, “O‘zagrolizing” AJ va Uzbek leasing international AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Uzbekistan Airways» AJning 2025-yil 22-avgustdagi 11-1807-1.14-sonli, «Gross insurance» AJning 2025-yil 26-avgustdagi 01/900-sonli, “Uzbek leasing international A.O” AJning 2026-yil 6-yanvardagi UL/2145/001-sonli hamda “O‘zagrolizing” AJning 2025-yil 3-dekabrdagi 02-06-2025/1672-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu modelni tatbiq etish natijasida strategik xavflarni oldindan aniqlash va ularni boshqaruv qarorlarida hisobga olish imkoniyatlaridan foydalanish korxonalarning barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan.