Amonov Mexriddin Oromiddinovichning 
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.     Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilishda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt898.
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Salaev San’atbek Komilovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilishda  kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlatlari faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilishda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qurilish qiymatini optimallashtirish, investisiya qaytimini oshirish, raqobatbardoshlik va barqaror faoliyatni ta'minlashning o‘zaro uyg‘unlashgan tizimi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
kichik ko‘lamdagi qurilish korxonalari tomonidan qurilish nazorati uchun to‘lanadigan ajratmani ob'ektning katta-kichikligi, murakkabligi va uni nazorat qilish zarur bo‘lgan resurs miqdoriga qarab belgilashni nazarda tutuvchi “hajm” uslubini qo‘llash orqali kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy yukini optimallashtirish hamda ular faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish taklif etilgan;
qurilishda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati nazoratini amalga oshirishda nazorat tadbirlarining huquqiy asosi sifatida qo‘llaniluvchi tadbirkor va hududiy inspeksiya o‘rtasidagi shartnomani “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida emas, balki shartnomaviy tartibda o‘tkazish imkonini beruvchi imtiyozini qo‘llash taklifi asoslangan;
qurilishda tender hujjatlarini tayyorlash uchun mazkur faoliyat bilan tegishli lisenziyaga ega kichik tadbirkorlik subektlarining ham shug‘ullanishiga ruxsat berish orqali raqobat muhitini kengaytirish, hujjatlar sifatini oshirish va xarid jarayonlarining tashkiliy samaradorligini kuchaytirish taklifi ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatida qurilish sohasidagi kichik biznes va tadbirkorlik ulushi va sub'ektlari sonidagi mutloq va nisbiy miqdorlarning 2026-2030-yillar uchun prognoz qiymatlari ko‘p variantli ekonometrik modellar yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilishda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini qurilish qiymatini optimallashtirish, investisiya qaytimini oshirish, raqobatbardoshlik va barqaror faoliyatni ta'minlashning o‘zaro uyg‘unlashgan tizimi nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Strategik memejment” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Termiz davlat universiteti rektorining 2025-yil 27-dekabrdagi 456-PO-sonli buyrugʻi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda qurilishda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish jarayoni bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
kichik ko‘lamdagi qurilish korxonalari tomonidan qurilish nazorati uchun to‘lanadigan ajratmani ob'ektning katta-kichikligi, murakkabligi va uni nazorat qilish zarur bo‘lgan resurs miqdoriga qarab belgilashni nazarda tutuvchi “hajm” uslubini qo‘llash orqali kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy yukini optimallashtirish hamda ular faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 23-apreldagi 01-06-30-3954-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy yukini optimallashtirish hamda ular faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
qurilishda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati nazoratini amalga oshirishda nazorat tadbirlarining huquqiy asosi sifatida qo‘llaniluvchi tadbirkor va hududiy inspeksiya o‘rtasidagi shartnomani “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida emas, balki shartnomaviy tartibda o‘tkazish imkonini beruvchi imtiyozini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 23-apreldagi 01-06-30-3954-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilishda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati nazoratini shartnomaviy tartibda o‘tkazish imkonini beruvchi imtiyozini qo‘llash orqali ular faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
qurilishda tender hujjatlarini tayyorlash uchun mazkur faoliyat bilan tegishli lisenziyaga ega kichik tadbirkorlik sub'ektlarining ham shug‘ullanishiga ruxsat berish orqali raqobat muhitini kengaytirish, hujjatlar sifatini oshirish va xarid jarayonlarining tashkiliy samaradorligini kuchaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 23-apreldagi 01-06-30-3954-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilishda raqobat muhitini kengaytirish, hujjatlar sifatini oshirish va xarid jarayonlarining tashkiliy samaradorligini kuchaytirish imkoni yaratilgan;
Surxondaryo viloyatida qurilish sohasidagi kichik biznes va tadbirkorlik ulushi va sub'ektlari sonidagi mutloq va nisbiy miqdorlarning 2026-2030-yillar uchun ko‘p variantli ekonometrik modellar yordamida ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 23-apreldagi 01-06-30-3954-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining hududiy iqtisodiy salohiyat va shart-sharoit omillari ta’sirida shakllanuvchi istiqboldagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish