Niyozmatova Nilufar A’loxanovnaning 
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilidagi uzlyuksiz nutqni tanib olishning gibrib usul va algoritmlari”, 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T954
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Sobirjon Sattorovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; Babomurodov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzlyuksiz nutqni tanib olishning gibrid usul va algoritmlari hamda dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nutq signali xossa va xususiyatlarini inobatga olgan holda nutq faol qismlarini aniqlash gibrid usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;
nutq signali xossa va xususiyatlarini inobatga olgan holda nutq belgilarini shakllantirish gibrid usul va algoritmi ishlab chiqilgan;
nutq signali belgilar to‘plamini informativligi bo‘yicha saralash gibrid usul va algoritmi yaratilgan;
transformerlar xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘zbek tilidagi uzlyuksiz nutqni tanib olish uchun akustik model ishlab chiqilgan;
tabiiy til xossa va xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘zbek tili uchun til modeli ishlab chiqilgan;
evolyusion algoritmlar asosida global optimallashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
sun’iy intellekt texnologiyalari asosida o‘zbek tilidagi uzlyuksiz nutqni tanib olish uchun gibrid neyron tarmoq modeli ishlab chiqilgan;
nutq signalini matnga o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan usullarning algoritmik va dasturiy ta’minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek tilidagi uzlyuksiz nutqni tanib olish uchun gibrid usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot asosida:
nutq signali xossa va xususiyatlarini inobatga olgan holda nutq faol qismlarini aniqlash gibrid usuli va gibrid neyron tarmoq modeli asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chortoq tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025 yil 24 dekabrdagi 02/10-6941-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xodimlar tomonidan bir fuqaroning murojaatini shakllantirishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 20%ga qisqartirish imkonini bergan;
nutq signali xossa va xususiyatlarini inobatga olgan holda nutq belgilarini shakllantirish gibrid usul va gibrid neyron tarmoq modeli asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot Namangan viloyati, Chortoq tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025 yil 24 dekabrdagi 02/10-6941-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xodimlar tomonidan bir stenogramma matnini shakllantirishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 20%ga qisqartirish imkonini bergan;
nutq signali belgilar to‘plamini informativligi bo‘yicha saralash gibrid usul va gibrid neyron tarmoq modeli asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot Namangan viloyat adliya boshqarmasi Chortoq tumani bo‘limiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025 yil 24 dekabrdagi 02/10-6941-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xodimlar tomonidan bir stenogramma matnini shakllantirishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 20%ga qisqartirish imkonini bergan;
transformerlar xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘zbek tilidagi uzlyuksiz nutqni tanib olish uchun akustik va til modeli hamda gibrid neyron tarmoq modeli asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot Namangan viloyati Chust tumani hokimligiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025 yil 24 dekabrdagi 02/10-6941-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xodimlar tomonidan bir fuqaroning og‘zaki murojaatini shakllantirishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 50%ga qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish