Geng Zhimmin
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro jinoyat sudning huquq ustuvorligini ta’minlashdagi roli », 12.00.10 – Xalqaro huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Yu1840.
Ilmiy rahbar: Raximova Muattara Abdusattarovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/25.08.2022.Yu.24.01
Rasmiy opponentlar: Yakubxodjaev Umid Anvarxodjaevich, Yuridik fanlari doktori; Astanov Istam Rustamovich, Yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Xalqaro jinoyat sudining huquq ustuvorligini ta’minlashdagi rolini o‘rganish, uning mavjud muammolarini muhokama qilish hamda xalqaro hamjamiyatning umumiy manfaatlarini himoya qilish, insoniyat tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda Xalqaro jinoyat sudini yanada takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Mazkur ishda jinoyatchilikka qarshi kurashda suveren davlatlarning milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladigan xalqaro-huquqiy hamkorligi tadqiq etilgan
kiberxavfsizlik va kiberagressiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikning umumiy siyosatini ishlab chiqish asoslantirilgan;
kiberjinoyatchilikning milliy suverenitetga agressiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik, xavfsizlik hamjamiyatini barpo etish va kibersuverenitetni hurmat qilishning sababi asoslab berilgan;
ilk marotaba "xalqaro ekologik jinoyatchilik" xalqaro-huquqiy tushunchasi taklif etilgan. Xalqaro ekologik jinoyatchilik deganda, aybdorning tabiiy resurslarni qasddan yo‘q qilishi yoki atrof tabiiy muhitni ifloslantirishi, ikki yoki undan ortiq mamlakatda atrof tabiiy muhitni ifloslantirishi va ekologik zarar etkazishi, og‘ir oqibatlarga olib kelishi, mamlakat zimmasida bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro huquq majburiyatlarini buzishi, qardosh mamlakatlarning ekologik huquqlarini buzishi va qonunga muvofiq xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan jinoiy qilmishi tushuniladi;
mazkur qoida Xalqaro jinoyat sudi tomonidan hujjatlarni topshirish tartibiga oid qoidalarning oqilonaligi va huquqiy asoslarini aniqlashtiradi. Shuningdek, u barcha davlatlar vakolatli organlar tomonidan yuborilgan hamkorlik so‘rovlarini bajarishi lozimligini hamda Rim statutiga a’zo bo‘lmagan davlatlarning Xalqaro jinoyat sudiga yordam ko‘rsatishini nazarda tutuvchi taklif oqilona va huquqiy jihatdan asoslangan ekanini tasdiqlaydi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qonun ustuvorligini ta’minlash, qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishda Xalqaro jinoyat sudining roli mavzusidagi dissertatsiya ishi doirasida erishilgan ilmiy natijalar;
kiberhujumlarga javob berish va milliy xavfsizlikni saqlash uchun kiberxavfsizlikni yanada kuchaytirish zarurligi taklif qilinmoqda. Mazkur taklif 2024-yil 30-avgustda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashining 40-ijroiya yig‘ilishida qabul qilingan va 2025-yil 1-yanvardan kuchga kirgan “Xitoy Xalq Respublikasining Tarmoq ma’lumotlari xavfsizligini boshqarish to‘g‘risidagi Nizomi”ning 2-moddasida o‘z aksini topgan;
jinoyatchilikka qarshi kurashish va kiberjinoyatchilikning milliy suverenitetga tahdid solishining oldini olish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish uchun takliflar ilgari surilmoqda. Mazkur takliflar asosida 2022-yil 7-noyabrda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan "Kibermakonda umumiy kelajak hamjamiyatini barpo etish uchun hamkorlik qilish" nomli Oq kitobda kiberjinoyatchilik va kiberterrorizmga qarshi kurashda hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlangan;
xalqaro ekologik jinoyatlar tushunchasida atrof-muhitni jiddiy ifloslantiruvchi harakatlar izohlangan. "Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq sudi va Oliy xalq prokuraturasining atrof-muhitni ifloslantirish to‘g‘risidagi jinoyat ishlarini yuritishda qonunni qo‘llashning bir qator masalalari bo‘yicha talqini"ning 1-moddasida atrof-muhitni jiddiy ifloslantiruvchi harakatlar izohlangan. U Oliy xalq sudi sudlov hay’atining 2023-yil 27-martdagi 1882-sonli yig‘ilishida va Oliy xalq prokuraturasi 14-qo‘mitasining 2023-yil 27-iyuldagi 10-sonli yig‘ilishida qabul qilingan va 2023-yil 15-avgustdan kuchga kirdi;
xalqaro jinoiy odil sudlovni amalga oshirish maqsadida tegishli davlatlar bilan bog‘liq masalalarda sud-huquqiy yordam ko‘rsatish lozimligi taklif etiladi. Ushbu taklif Xitoy Xalq Respublikasi Davlat nazorat komissiyasi, Oliy xalq sudi, Oliy xalq prokuraturasi, Tashqi ishlar vazirligi, Jamoat xavfsizligi vazirligi, Davlat xavfsizligi vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan birgalikda qabul qilingan “Xitoy Xalq Respublikasining xalqaro jinoiy sud-huquqiy yordam to‘g‘risidagi qonunini amalga oshirishga oid ayrim masalalar bo‘yicha qoidalar”ning 11-moddasida o‘z ifodasini topgan. Mazkur qoidalar 2024-yil 22-aprelda e’lon qilingan va shu kundan e’tiboran kuchga kirgan.