Kulumbetov Baxodir Palvanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mayda qumli gruntlarda kanalning qurilish va foydalanish davridagi ishonchliligi”, 05.09.06 - “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.4.PhD/T6285.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Eshev Sobir Samatovich – Qarshi davlat texnika universiteti “Gidravlika muhandislik inshootlari qurilishi” kafedrasi mudiri, professor, t.f.d. (05.09.07)
Ergashev Rustam Raximovich –“TIQXMMI” MTU “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” kafedrasi professor., t.f.d., (05.09.06).
Yetakchi tashkilot - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mayda qumli gruntlarda barpo etilgan kanallarning qurilish va foydalanish davridagi ishonchliligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy mayda kumli gruntlarni kanalning ko‘tarmalarini barpo etishda qo‘llash imkoniyati gruntlarning fizik-mexanik xossalari, granulometrik tarkibi, namligi va zichligi asosida ilmiy jihatdan tadqiq etilgan hamda asoslab berilgan;
mayda qumli gruntlardan hamda grunt suvlari sathi yaqin joylashgan sharoitlarda kanalning ko‘tarma qismlarini barpo etish texnologiyasi kanal o‘qi bo‘ylab joylashtirilgan kanava orqali grunt suvlarini uzluksiz chiqarish va mazkur kanavani foydalanish davrida drenaj sifatida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
qurilish hududidagi er osti suvlaridan beton tayyorlashda, betonni parvarish qilish hamda gruntlarni namlashda foydalanish imkoniyati, suvning kimyoviy tarkibi (sul`fatlar miqdori) va betonlar uchun suvga qo‘yiladigan davlat standartlari talablarini hisobga olgan holda asoslab berilgan;
janubiy Qoraqalpog‘iston iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda geomembranali fil`tratsiyaga qarshi ekranga ega betonlangan kanallarning fil`tratsiyaga ishonchliligini dala sharoitida baholash usuli takomillashtirilgan;
betonlangan kanal qiyaliklarida bo‘ylama yoriqlar hosil bo‘lish sabablari gruntlarning fizik-mexanik xossalari, kimyoviy tarkibi hamda erkin shishish xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borilgan dala va laboratoriya tadqiqotlari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mayda qumli gruntlarda barpo etilgan kanallarning qurilish va foydalanish davridagi ishonchliligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Bo‘ston kanali ko‘tarma qismlarini mahalliy mayda qumli gruntlardan barpo etish amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi [O‘zRSXV] ning №04/20-1469 ma’lumotnomasi, 2026 yil). Natijada, mahalliy materiallardan foydalanish va gruntni maqbul qalinlikda zichlash hisobiga qurilish tannarxi kamaygan;
mayda qumli gruntlardan va grunt suvlari sathi yaqin joylashgan sharoitlarda kanalning ko‘tarma qismlarini barpo etishning takomillashtirilgan texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Bo‘ston kanalida joriy etilgan (O‘zRSXVning №04/20-1469 ma’lumotnomasi, 2026 yil). Natijada, kanal o‘qi bo‘ylab joylashtirilgan kanava orqali grunt suvlarini uzluksiz chiqarish ta’minlanib, mazkur kanava foydalanish davrida drenaj sifatida ham qo‘llanilgan;
hududning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda betonlangan kanalning fil`tratsiya ishonchliligini aniqlashning takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Suvloyiha” MChJda joriy etilgan (O‘zRSXVning №04/20-1469 ma’lumotnomasi, 2026 yil). Natijada, fil`tratsiya orqali suv yo‘qotishlari kamaygan va kanalning foydali ish koeffisienti oshirilgan.