Vaxidov Umid Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxonalarda havoni bugʻlatib sovutish qurilmasining samaradorligini oshirish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4909
Ilmiy rahbar: Anarbaev Anvar Izatullaevich, DSc, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ashiraf Muxammadievich, texnika fanlari doktori, professor; Muxtorov Farrux Xamdamovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atirgullarini sifatli etishtirishda issiqxonalarda talab qilinadigan mikroiqlim parametrlari uchun havoni bug‘latib sovutish tizimining energiya samaradorligi oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havoni bug‘latib sovutish tizimlari samaradorligiga ta’sir etuvchi aniqlangan omillar hisobga olgan holda energiya tejovchi texnik echimlari ishlab chiqilgan;
issiqxonalarda mikroiqlim kattaliklarining havoni bug‘latib sovitish tizimi parametrlariga bog‘liqligini ifodalovchi differensial-sonli usullar asosida issiqlik va massa almashinish jarayonlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
issiqxonalarda havoni bug‘latib sovitish tizimlarining samaradorligi yuqori bo‘lgan ventilyasion elektr uskunalarining energetik parametrlarini hisoblashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
issiqxonalarda eksperimental tadqiqot natijalar asosida havoni  bug‘latib sovutish tizimining ratsional parametrlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqxonalarda havoni bugʻlatib sovutish qurilmasining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
issiqxonada mikroiqlim samaradorligi oshirish uchun bug‘latib sovutish o‘rnatishda olingan ilmiy natijalar asosida Sherobod tumani “Sherobod sabzavot” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 19-apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-150-sonli ma’lumotnomasi). Natijada issiqxonada suvni bug‘latib sovutish tizimi ichki havo haroratini tabiiy shamollatishga qaraganda 11,6 °C ga kamayish, hosilni 6 foizga oshirish, gulning sifatini sezilarli oshirish hamda iqtisodiy samaradorlikda 117 million 956 ming so‘m mablag‘ daromad olishga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish