Mallaev Muslim Xushnazar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon davlat qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklar mikromisetlari va asosiy patogenlarining o‘simliklarga ta’siri”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/V1544.
Ilmiy rahbar: Mustafaev Ilyor Muradullaevich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.05/2025.27.12.V.23.01.M.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilovar Tolibjanovna, biologiya fanlari doktori; Nuraliev Xamro Xaydaralievich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxon davlat qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklar mikromisetlari biotasining taksonomik tarkibini aniqlash va patogen guruhlarning xo‘jayin o‘simliklarga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon davlat qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklarida mikromisetlarning 3 bo‘lim 9 sinf 24 tartib 44 oila 84 turkumiga mansub 249 tur 18 forma va 2 variatsiya aniqlangan;
aniqlangan mikromisetlarining barchasi tadqiqot hududi uchun, 12 turi esa O‘zbekiston mikobiotasi uchun ilk bor qayd etilgan;
mikromisetlarning balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishi hamda mavsumiy rivojlanishi ochib berilgan;
mikromisetlarning 13 turkumga mansub 19 turi yangi xo‘jayin o‘simliklarida uchrashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida olib borilgan mikologik tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
Surxon davlat qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklari mikromisetlarining taksonomik tarkibi aniqlangan va O‘zR FA Botanika instituti Mikologik gerbariysi (TASM) fondiga mikologik gerbariy namunalari topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasning 2025-yil 21-noyabrdagi 4/1255-2932- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Surxon davlat qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklaridan yigʻilgan mikologik gerbariy namunalari noyob ob’ekt fondini boyitgan va O‘zbekistonning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida tarqalgan mikromisetlarning elektron ma’lumotlar bazasini boyitish imkonini bergan;
Surxon davlat qo‘riqxonasi hududidan mikromisetlarning 268 ta mikologik gerbariy namunalari tahlili natijasida olingan ma’lumotlar xalqaro “Bioxilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar global tizimi”ga kiritilgan (GBIF, www.gbif.org, 2025-yil 30-sentyabrdagi 057-sonli guvohnomasi). Natijada, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda uchraydigan yuksak o‘simliklar mikromisetlarining xalqaro ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish va monitoringini amalga oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish