Zhao Rongning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 
"Comparative analysis of the higher education modern management strategies of Uzbekistan and China" mavzusidagi 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4788.
Ilmiy rahbar: Bakoev Matyakub Teshaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/25.08.2022.I.24.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisod fanlari doktori, professor; Mo‘minov Ilxom Aktam o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
III. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston va Xitoyda amalga oshirilayotgan zamonaviy oliy ta’lim boshqaruv strategiyalarini qiyosiy tahlil qilish hamda samarali boshqaruv modellarini aniqlash asosida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini  takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
IV. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim tizimlarini nazariy, huquqiy, institutsional va ekonometrik yondashuvlar integratsiyasi asosida qiyosiy tahlil qilishning kompleks modeli ishlab chiqildi;
Oliy ta’lim boshqaruvining markazlashgan, bozor yo‘naltirilgan va gibrid modellari tizimlashtirilib, ularning institutsional farqlari aniqlandi;
Universitet boshqaruv tuzilmalari qiyosiy baholanib, normativ–huquqiy baza va institutsional avtonomiya o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslab berildi;
ARIMA va NNAR modellaridan foydalangan holda oliy ta’lim xarajatlarini prognozlash orqali boshqaruv samaradorligini baholash metodologiyasi taklif etildi;
O‘zbekiston uchun ilmiy asoslangan takomillashtirilgan boshqaruv modeli ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim tizimlarini nazariy, huquqiy, institutsional va ekonometrik yondashuvlar integratsiyasi asosida qiyosiy tahlil qilishning kompleks modelini ishlab chiqish natijalaridan tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Ipak yo‘li innovatsiyalar va rivojlanish instituti Akademiyasining 2025 yil 10 noyabrdagi № 45 sonli ma’lumotnomasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ichki Mo‘g‘uliston elektron tijoratni rivojlantirish assotsiatsiyasining ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya ishining ikkinchi ilmiy yangiligidan oliy ta’lim boshqaruvining markazlashgan, bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan va gibrid modellari tizimlashtirilib, ularning institutsional farqlari aniqlanganligi asosida oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, moliyaviy mustaqilligini bosqichma-bosqich kengaytirish hamda natijadorlikka asoslangan boshqaruv mexanizmlarini joriy etish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Ipak yo‘li innovatsiyalar va rivojlanish instituti Akademiyasining 2025 yil 10 noyabrdagi № 45 sonli ma’lumotnomasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ichki Mo‘g‘uliston elektron tijoratni rivojlantirish assotsiatsiyasining ma’lumotnomasi). 
Dissertatsiya ishining uchinchi ilmiy yangiligidan universitet boshqaruv tuzilmalari qiyosiy baholanib, normativ-huquqiy baza va institutsional mustaqillik o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslab berilganligi natijalaridan oliy ta’lim sohasida shaffoflikni ta’minlash, sifatni baholash tizimini kuchaytirish hamda davlat va universitet o‘rtasidagi vakolatlar taqsimotini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ipak yo‘li innovatsiyalar va rivojlanish instituti Akademiyasining 2025 yil 10 noyabrdagi № 45 sonli ma’lumotnomasi hamda Ichki Mo‘g‘uliston savdo sanoatini rivojlantirish innovatsion markazining ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya ishining to‘rtinchi ilmiy yangiligidan ARIMA va NNAR modellaridan foydalangan holda oliy ta’lim xarajatlarini prognozlash orqali boshqaruv samaradorligini baholash metodologiyasi taklif etilganligi asosida byudjet rejalashtirish, moliyaviy barqarorlikni baholash hamda strategik rivojlanish ko‘rsatkichlarini prognozlash jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Ipak yo‘li innovatsiyalar va rivojlanish instituti Akademiyasining 2025 yil 10 noyabrdagi № 45 sonli ma’lumotnomasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ichki Mo‘g‘uliston elektron tijoratni rivojlantirish assotsiatsiyasining ma’lumotnomasi).
Dissertatsiya ishining beshinchi ilmiy yangiligidan O‘zbekiston uchun ilmiy asoslangan takomillashtirilgan boshqaruv modeli ishlab chiqilganligi natijalaridan oliy ta’lim tizimini kompleks isloh qilish, moliyalashtirishni diversifikatsiya qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda uzoq muddatli strategik rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ipak yo‘li innovatsiyalar va rivojlanish instituti Akademiyasining 2025 yil 10 noyabrdagi № 45 sonli ma’lumotnomasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ichki Mo‘g‘uliston elektron tijoratni rivojlantirish assotsiatsiyasining ma’lumotnomasi). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish