Fayzullaev Yusufjon Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaqin tartibdagi ichki ta’sirlashuvga ega sintetik polielektrolitlarga asoslangan ion almashuvchi tizimlar olinishi va xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K877.
Ilmiy rahbar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M raqamli  ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maxkamov Bunyodjon G‘anijonovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: sanoat anioniti bo‘lgan AN-31 asosida tarkibida amino va fosfon guruh saqlagan yaqin tartibdagi ichki ta’sirlashuvga ega ion almashuvchi tizimni olish va unga Cu²⁺ va VO₂⁺  metall  ionlari adsorbsiyasini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AN-31 sanoat anioniti asosida, yangi yaqin tartibli ichki ta’sirlashuvga ega bo‘lgan bifunksional guruh saqlagan ion almashinuvchi material olishning kenitikasi tahlil qilingan va reaksiya geterogen jarayonlarga xos tavsiflarni nomayon qilganligi aniqlangan;
Sanoat anioniti AN-31asosida olingan yangi poliamfolitning fizik-kimyoviy tavsiflari baholangan va ushbu ionit sanoat ionitlarning xossalaridan farq qilmasligi ko‘rsatilgan. IQ tahlil Cu²⁺ va VO₂⁺ ionlarini adsorbsiya qilishda fosfon va amino guruhlari tomonidan ion bog‘lar yordamida bog‘lanishi aniqlangan; 
Olingan poliamfoltga Cu²⁺ va VO₂⁺ ionlarining adsorbsiyasining kinetikasi, tadqiq qilingan va adsorbsion jarayon tezligi psevdo-ikkinchi tartibli kinetik modelga mos ekanligi aniqlangan, jarayon geterogen bo‘lishiga qaramasdan reaksiya tezligiga Cu²⁺ va VO₂⁺  ionlari konsentratsiyasidan tashqari polimer tarkibidagi funksional guruhlar konsentratsiyasi ham ta’sir etganligi haqida dalolat berishi mumkin;
Oilngan poliamfolitga Cu²⁺ va VO₂⁺ ionlarining adsorbsiya izotermalarining borishi Lengmyur monomolekulyar adsorbsiya nazariyasiga mos kelishi ko‘rsatilgan;
Cu²⁺ va VO₂⁺ ionlariga nisbatan olingan poliamfolitning sorbsion sig‘imi ion bog‘lanishlar hisobiga yuqori ekanligi ya’ni 208 va 320 mg/g ni ko‘rsatilgan va AN-31 anionitiga qaraganda balandroq ekanligi aniqlangan, bu hodisa polimer matrisasidagi amino guruhlarning fosfon guruhlari bilan yaqin tartibdagi ichki ta’sirlashuvi natijasida kompleks hosil qilish qobiliyati kuchayganligi bilan izohlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat ionitlati yordamida yaqin tartibli ichki ta’sirlashuvga asoslanga yangi ion almashinuvchi tizimlarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat anioniti AN-31 asosida olingan poliamfolit yordamida oqava suvlarni tozalash qurilmasi yaratilgan hamda mazkur qurulma “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” zavodidan chiqayotgan oqava suvlarni VO₂⁺ ionlaridan tozalash uchun joriy etilgan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” zavodining 2025-yil 6-oktyabrdagi № OP06/JE-3488-son ma’lumotnomasi). Natijada zavod chiqindi suvida mavjud bo‘lgan dioksivanadil ionlarining miqdori 40,1±5,0 mg/L dan 0.02 mg/L gacha kamayganligi aniqlangan;
sanoat anioniti AN-31 asosida olingan poliamfolit yordamida oqava suvlarni tozalash qurilmasi yaratilib, mazkur qurulma “Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasidan chiqayotgan oqava suvlarni Cu2+ ionlaridan tozalash uchun joriy qilingan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2025-yil 28-oktyabrdagi № 01/16-288-son ma’lumotnomasi). Natijada zavod chiqindi suvida mavjud bo‘lgan mis(II) ionlarining miqdori 75,5±5,0 mg/L dan 0,02 mg/L gacha kamayganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish