Payzillaev A’zam Nurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “SiO2 nanozarrachalarini suvning issiqlik fizikaviy xossalariga ta’siri”, 01.04.03 –Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1095.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Sirojiddin Zaynievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.05/2025.27.12.FM/T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Baxramov Sagdulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Tashkenbaev Ulug‘bek Negmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Materialshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SiO₂ nanozarrali suv asosidagi nanosuyuqliklarning issiqlik-fizikaviy xossalariga, xususan, ularning barqarorligi, qovushqoqligi va bug‘lanish tezligiga nanozarralarning chiziqli o‘lchami hamda massaviy konsentratsiyasining ta’sirini eksperimental tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vaqtga bog‘liq ravishda ultratovush uzatilishi suyuqlikdagi aglomeratlarni parchalashi, hatto kimyoviy reaksiyalar bilan birga keyingi agregatsiyani va boshqa ko‘plab effektlarni keltirib chiqarishi hissalariga ko‘ra SiO2 nanoaglomeratlarni suyuqlikda teng hajmda taqsimlash uchun optimal dispergatsiya vaqti 20 minut ekanligi aniqlandi;
SiO2 asosidagi nanosuyuqliklarda ilk bor nanozarrachalarning sirtiy-xossalari bilan bog‘liq o‘zaro ta’sir mexanizmlari orqali dinamik qovushqoqlikning o‘zgarishi va ushbu parametr orqali sedimentatsiya jarayonini baholash imkoniyati asoslab berildi;
nanosuyuqlikda suvning bug‘lanish tezligining o‘zgarishi nanozarrachalarning massaviy konsentratsiyasi 1% gacha bo‘lgan qiymatlarida kuzatildi. Nanozarrachalarning 1% dan katta massaviy konsentratsiyalarda bug‘lanish tezligi nanozarrachalarning chiziqli o‘lchamiga va konsentratsiyasiga bog‘liq emasligi aniqlandi;
ilk bor suv - SiO2 nanozarrali nanosuyuqlikning bug‘lanish tezligi eng kichik bo‘ladigan optimal qiymati, barcha temperatura, massaviy konsentratsiyalar va chiziqli o‘lchamlarda 0.1% massaviy konsentratsiyada ekanligi aniqlandi;
ilk marta SiO2 nanozarracha va asos suyuqligi suv bo‘lgan nanosuyuqliklarida asosiy suyuqlikning xususiyatlari, nanozarrachalarning tabiati va suvdagi nanozarrachalar konsentratsiyasi hissalarini hisobga olgan holda nanosuyuqlikning bug‘lanish tezligini aniqlash uchun tenglamalar olindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SiO2 nanozarrachalarini suvning issiqlik-fizikaviy xossalariga ta’siri bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida 2023-yilda bazaviy moliyalashtirish asosida bajarilgan “Quyosh issiqlik qurilmalari uchun issiqlik akkumulyatori hamda issiqlik tashuvchi sifatida foydalanish uchun materiallarning issiqlik-fizikaviy xususiyatlarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot ishida, asos suyuqligi deionlangan suv bo‘lgan nanosuyuqlik tayyorlashda dispergatsiya taʼsir vaqtining o‘zgarishi bilan agregatsiyalar chiziqli o‘lchami ham o‘zgarishi natijasida nanosuyuqlik qovushqoqligiga taʼsir qilishi, nanozarrachalar chiziqli o‘lchami qancha kichik bo‘lsa sedimentatsiya jarayoni shuncha sekin kechishidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutidan 31.07.2024 y. 2/1255 – 1714-sonli xat). Natijalardan foydalanish tayyorlangan nanosuyuqliklarni uzoq vaqt davomida barqaror bo‘lish imkoniyatini berib, ularning issiqlik-fizikaviy xossalarini tadqiq qilish va nanozarrachalar konsentratsiyasi optimal parametrlarga ega bo‘lgan issiqlik tashuvchi olish imkonini bergan.
A.N. Payzullaev, B.A. Allaev, S.Z. Mirzaev, J.M. Abdiev, J. Urinov, A. Parkash. The Impact of Silicon Dioxide Nanoparticle Size on the Viscosity and Stability of Nanofluids: A Comprehensive Study” // ECS Advances, Vol. 2, № 3, paGES 6 031001 (2023). https://doi.org/10.1149/2754-2734/ace121. (IF = 1,49). Xususan, nanosuyuqliklarning barqarorligi ularni qo‘llashda hal qiluvchi ahamiyatga ega natijalaridan xorijiy tadqiqotchilar tomonidan foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallarda havolalar: 1) Janbezar E., et al. Enhancement of SiO2 based nanofluid stability and thermophysical properties using surface active ionic liquids // Discover Nano. – 2026. – T. 21. – №. 1. – S. 72., (IF=0.961, Q1); 2) Hamad N. H., et al. Cooling electronic componens by using nanofluids: a review // Journal of Thermal Analysis and Calorimetry. – 2024. – T. 149. – №. 22. – S. 12503-12514., (IF=0.554, Q2); 3) Raza M. et al. AI-powered optimization and numerical techniques for nanofluid heat transfer systems-a review // Multiscale and Multidisciplinary Modeling, Experimens and Design. – 2025. – T. 8. – №. 7. – S. 316., (IF=0.38, Q3). Natijalarning qo‘llanilishi nanozarrachalarning o‘lchami nanosuyuqliklarning barqarorligiga ta’sir qiluvchi yana bir omil bo‘lib, kichikroq o‘lchamdagi nanozarrachalar suyuqlikda ko‘proq barqarorroq bo‘lishini tavsiflash imkonini bergan.