Djumag‘ulov Sherzod Xamdamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Naftalin va metall oksidlari asosida nanokompozit materiallar olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K1015.
Ilmiy rahbarlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirxamitova Dilorom Xudayberdievna, kimyo fanlari doktori, professor; Xusenov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: tarkibida faol sulfo guruh tutgan polimetilennaftalinsulfonat (PMNS) gomopolimeri va nanotrubkali titan dioksid (ntTiO2) asosidagi nanokompozit materiallarini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
naftalin va formalin ishtirokida olingan polikondensatsiya mahsulotini 160 °C, 6 soat, mol nisbat 1:1.1 nisbatda sulfat kislota bilan sulfolab, 91% unum bilan chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan polimetilennaftalinsulfonat (PMNS-1) sintez qilingan;
sintez qilingan PMNS-1 polimerining g‘ovak o‘lchamlari 96–340 mkm, PMNS-2 da esa 114-640 mkm oralig‘ida ekanligi SEM usulida tasdiqlangan hamda element tahlili natijasida oltingugurt miqdorining 2 marta oshganligi, sulfolash mahsuloti hosil bo‘lganligi bilan isbotlangan;
titan folgasini 60 V kuchlanishda, 0.5% NH4F hamda etilenglikolli organik elektrolit muhitida, 40 °C haroratda anodli oksidlash natijasida, tashqi diametri 60 nm, uzunligi esa 6-9 mkm ga teng bo‘lgan, ntTiO₂ nanotrubkalari sintez qilingan;
PMNS-1 ni shakllangan ntTiO₂ nanoturbkasiga modifikatsiyalash orqali, 1 V kuchlanishda tok zichligi 0.92 - 0.95 A ga, yarim to‘lqin potensiali −0.35 V ga, elektr sig‘imi 835 µF·cm-2 (ntTiO2 uchun 505 µF·cm-2) ga teng bo‘lgan, ntTiO₂ ga nisbatan elektr o‘tkazuvchanligi 1.65 marta yuqori bo‘lgan, PMNS/ntTiO2 nanokompozit hosil qilingan;
IQ spektroskopiya tahlillari PMNS/ntTiO2 nanokompozit strukturasida kimyoviy o‘zaro ta’sir mavjudligi, sulfoguruh (–SO₃H) ga xos tebranish cho‘qqisining yuqori chastota tomon 831 sm⁻¹ dan 880 sm⁻¹ ga siljiganligi, sulfoguruh tarkibidagi kislorod atomlari bilan ntTiO2 nanotrubkalari tarkibidagi Ti+4 ionlari o‘rtasida koordinatsion o‘zaro ta’sirlar yuzaga kelganligini tasdiqlagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anodli oksidlash usulida olingan titan dioksid nanotrubkalariga naftalin asosida polimetilennaftalinsulfokislota monomerlarini kiritish oraqali nanokompozit materiallar sintezi asosida:
taklif etilgan usul yordamida polimetilennaftalinsulfokislotaning ntTiO2 bilan sintez qilingan nanokompozit material Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” AJning 2025-yil 23-oktyabrdagi F05/JE-37.31-sonli malumotnomasi). Natigada gaz analizatori sensoridagi tok o‘tkazuvchi elektrod materialning tok o‘tkazish xususiyatini 1,5 marta oshirish imkonini berdi;
olingan nanokompozit material Jizzax akumulyator zavodida akkumulyatorning anod qismiga qo‘shimcha ion o‘tkazuvchi material sifatida amaliyotga joriy qilingan (“Jizzax akumulyator zavodi” AJning 2025-yil 21-oktyabrdagi 02-03/138-sonli malumotnomasi). Natijada import hisobiga qo‘llanilayotgan elektrodni mahalliylashtirish imkonini berdi.