Nabieva Firuza Sayfuloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuxumdonlar tuzilishining me’yorda va xavfli o‘smalardagi morfologik xususiyatlari: biomarkerlarning residivsiz omon qolishdagi axamiyati”, 14.00.02 – Morfologiya va 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5800.
Ilmiy rahbarlar: Xaribova Elena Aleksandrovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Mamedov Umid Sunnatovich, tibbiyot fanlari doktori, (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, (DSc), professor; Mamadalieva Yashnar Mamasalievna, tibbiyot fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Tyumen` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuxumdon epitelial xavfli o‘smalarda  Ki-67 va PD-L1 biomarkerlari ekspressiyasining gistotip, differensiatsiya darajasi va FIGO bosqichi bilan bog‘liqligini baholash, hamda ularning residivsiz yashovchanlikni bashorat qilishdagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyati misolida tuxumdon to‘qimasining morfologik o‘zgarishlar  morfometrik tahlil asosida baholanib, ushbu fiziologik jarayonlarning mintaqaviy materialdagi morfologik xususiyatlari, hamda ularning o‘zaro nisbatidagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlari aniklangan;
Buxoro viloyati misolida tuxumdon epitelial xavfli o‘smalarida stromaning skleroz va fibroz o‘zgarishlari, hujayra va yadro atipiyasi, to‘qima arxitektonikasining buzilishi va desmoplastik reaksiya kabi morfologik belgilari kompleks morfologik tahlil asosida baholanib, ularning gistologik tur va differensiyalanish darajasiga bog‘liq xususiyatlari aniqlangan;
Buxoro viloyati misolida tuxumdonning epitelial o‘smalarida Ki-67 va PD-L1 immunogistokimyoviy markerlarining ekspressiyasi o‘rganilganda, Ki-67 proliferatsiya markerining yuqori ekspressiyasi o‘smaning biologik faolligi, uning morfologik xususiyatlari,  PD-L1 markerining ekspressiyasi esa o‘smaning tez rivojlanishi hamda qaytalanish xususiyatlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
Ki-67 va PD-L1 markerlarining ekspressiyasini morfologik o‘zgarishlar bilan gistologik tuzilmasi, differensiyalash darajasi (G) va FIGO bosqichi bilan statistik ahamiyatli bog‘liqligi aniqlangan, Kaplan–Mayer tahlili asosida klinik, morfologik va immunogistokimyoviy omillarning kompleks baholash orqali Ki-67 va PD-L1 markerlarining residivsiz yashovchanlik (RFS) uchun prognostik ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tuxumdonlarning me’yor holatida va xavfli o‘smalarda morfologik hamda immunogistokimyoviy xususiyatlarini tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalariga (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi qarori asosida 30/30-sonli yagona xulosasi) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Buxoro viloyati misolida tuxumdon to‘qimasining morfologik o‘zgarishlar  morfometrik tahlil asosida baholanib, ushbu fiziologik jarayonlarning mintaqaviy materialdagi morfologik xususiyatlari, hamda ularning o‘zaro nisbatidagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlari aniklanganligi Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi 2025 yil 10 apreldagi  54- son buyruq ,hamda «Carmen plus» 2025 yil 14 apreldagi  22-son buyruqlari amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy ahamiyati: olingan natijalar tuxumdonlardagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni aniqroq tashxislash uchun ilmiy asos yaratadi, bu esa patologiyalarni erta aniqlashga va mintaqada kech tashxis qo‘yiladigan holatlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usullarni qo‘llash bir tadqiqot seriyasi uchun taxminan 300000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: Buxoro viloyati misolida tuxumdon to‘qimasining yoshga bog‘liq morfologik involyusiyasi morfometrik jihatdan tizimli ravishda tavsiflandi va uning mintaqaviy xususiyatlari aniqlandi. Olingan natijalar yoshga oid morfologik me’yorlarni shakllantirishga xizmat qilib, klinik amaliyotda differensial tashxis aniqligini oshirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik. Buxoro viloyati misolida tuxumdon epitelial xavfli o‘smalarida stromaning skleroz va fibroz o‘zgarishlari, hujayra va yadro atipiyasi, to‘qima arxitektonikasining buzilishi va desmoplastik reaksiya kabi morfologik belgilari kompleks morfologik tahlil asosida baholanib, ularning gistologik tur va differensiyalanish darajasiga bog‘liq xususiyatlari aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 2025 yil 4 apreldagi 14i-son buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 2025 yil 4 apreldagi 25-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy ahamiyati: o‘sma to‘qimasining morfologik belgilari aniqlashtirilishi birlamchi tashxis qo‘yish aniqligini oshiradi, tashxis xatolari xavfini kamaytiradi va bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirishni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usullarni qo‘llash bir tadqiqot seriyasi uchun taxminan 300000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini beradi. Yiliga o‘rtacha 150 seriya tekshiruv amalga oshirilganda, umumiy iqtisodiy samara taxminan 45000000 so‘mni tashkil etadi. Bu iqtisodiy samara gistologik preparatlarni qayta ko‘rib chiqishlar sonining kamayishi, qo‘shimcha immunogistokimyoviy reaksiyalarga ehtiyojning qisqarishi va laboratoriya resurslaridan samarali foydalanish hisobiga ta’minlanadi. Xulosa: Tuxumdon epitelial xavfli o‘smalaridagi asosiy morfologik o‘zgarishlar (stromal qayta qurilish, atipiya, arxitektonika buzilishi va desmoplastik reaksiya) gistotip va differensiyalanish darajasi bilan bog‘liq holda tizimlashtirildi. Bu ma’lumotlar morfologik diagnostika aniqligini oshirish va o‘smalarni to‘g‘ri klassifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega.
uchinchi ilmiy yangilik. Buxoro viloyati misolida tuxumdonning epitelial o‘smalarida Ki-67 va PD-L1 immunogistokimyoviy markerlarining ekspressiyasi o‘rganilganda, Ki-67 proliferatsiya markerining yuqori ekspressiyasi o‘smaning biologik faolligi, uning morfologik xususiyatlari,  PD-L1 markerining ekspressiyasi esa o‘smaning progressiya hamda residivlanish xususiyatlari bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 2025 yil 4 apreldagi 14i-son buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 2025 yil 04 apreldagi 25-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy ahamiyati: Ki-67 va PD-L1 ekspressiyasidagi farqlarni aniqlash immunogistokimyoviy tahlilning axborot qiymatini oshiradi va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘rtacha 150 seriya tekshiruv amalga oshirilganda, umumiy iqtisodiy samara taxminan 45000000 so‘mni tashkil etadi va immunogistokimyoviy markerlardan aniq foydalanish asossiz terapiyadan, dori vositalariga sarflanadigan xarajatlarni optimallashtiradi va gospitalizatsiya muddatini qisqartiradi. Xulosa: Ki-67 va PD-L1 markerlarining ekspressiyasi sog‘lom va o‘sma to‘qimalarida qiyosiy baholanib, ularning gistologik turlarga bog‘liq farqlanishi aniqlandi. Ushbu natijalar immunogistokimyoviy tahlilning diagnostik va stratifikatsion ahamiyatini oshiradi hamda klinik qaror qabul qilishda muhim biomarker sifatida qo‘llash imkonini asoslaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. Ki-67 va PD-L1 markerlarining ekspressiyasini morfologik o‘zgarishlar bilan gistotip, differensirovka darajasi (G) va FIGO bosqichi bilan statistik ahamiyatli bog‘liqligi aniqlanib, Kaplan–Mayer tahlili asosida klinik, morfologik va immunogistokimyoviy omillarning kompleks baholash orqali Ki-67 va PD-L1 markerlarining residivsiz yashovchanlik (RFS) uchun prognostik ahamiyati asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 2025 yil 4 apreldagi 14i-son buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 2025 yil 04 apreldagi 25-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy ahamiyati: Ki-67 va PD-L1 darajalarining asosiy kliniko-morfologik omillar bilan bog‘liqligi residivsiz yashovchanlik prognozini individuallashtirish imkonini beradi va bemorlarni kuzatish sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘rtacha 150 seriya tekshiruv amalga oshirilganda, umumiy iqtisodiy samara taxminan 45000000 so‘mni tashkil etadi va yuqori xavf guruhlarini erta aniqlash imkoniyati davolash va kuzatuvni yanada samarali rejalashtirishga yordam beradi. Xulosa: Ki-67 va PD-L1 ekspressiyasining kliniko-morfologik ko‘rsatkichlar (gistotip, G, FIGO) bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning residivsiz yashovchanlik (RFS) uchun prognostik ahamiyati statistik jihatdan asoslandi. Bu esa ushbu markerlarni kompleks baholash orqali bemorlarni individual prognozlash va yuqori xavf guruhlarini ajratish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish