Turaeva Moxinur Jamshid qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): «Atrof-muhit obektlaridan qo‘rg‘oshin(II) va kadmiy(II) ionlarini azot tutgan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo, 11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K977.
Ilmiy rahbarlar: Raximov Samariddin Baxodirovich kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxamedov Kabildjon Gafurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo+texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Atrof-muhit obektlaridan qo‘rg‘oshin(II) va kadmiy(II) ionlarini azot tutgan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish hamda atrof-muhit obektlari monitoringida qo‘llashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sorbent sifatida foydalanilgan ipak fibroin tarkibidagi amin (-NH) guruhiga analitik reagent sifatida tanlab olingan metil timol ko‘ki va kadion IREA tarkibidagi karboksil (-COOH) hamda sulfo (-SO₃H) analitik faol guruhlari asosida immobillanishi isbotlangan;
qo‘rg‘oshin(II) va kadmiy(II) ionlarining metil timol ko‘ki hamda kadion IREA bilan barqaror kompleks hosil qilishi uchun optimal muhit pH=5,5 va pH=9,5; maksimal analitik signal λ₍Pb+R₎=610 nm, λ₍Cd+R₎=490 nm to‘lqin uzunliklarida; Buger-Lambert-Ber qonuniga bo‘ysunish sohasi Pb(II) uchun 2,5–35 mkg/50 ml, Cd(II) uchun esa 1,5–35 mkg/50 ml qiymatlarda ekanligi aniqlangan;
immobillanagan reagent va metall ionlarining stexiometrik nisbati ikkala kompleks uchun ham Me:ImR=1:1 ekanligi, komplekslarning barqarorlik konstantalari  Pb+MTK=2,5×108,  Cd+kadion=3,83×108 ga tengligi isbotlangan;
taklif etilgan sorbsion-spektroskopik usulning quyi aniqlanish chegarasi qo‘rg‘oshin(II) uchun 2,7 mkg/50 ml va kadmiy(II) uchun 1,6 mkg/50 ml ekanligi hamda ushbu usulni sun’iy aralashmalar va tabiiy obektlar tahliliga qo‘llanilganda nisbiy standart chetlanish qiymatlari 0,062 dan oshmaganligi aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatining hududlaridan qo‘rg‘oshin(II) va kadmiy(II) ionlarining monitoring ma’lumotlari olingan, natijalar AES-ICP va IV usullari bilan solishtirilgan hamda usulning ishonchliligi korelyasiya koiffisentining birga yaqinligi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat oqava va tabiiy suvlar tarkibidagi qo‘rg‘oshin(II) va kadmiy(II) ionlarini aniqlash va tozalashga qaratilgan yangi sorbsion-spektroskopik usulni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qo‘rg‘oshin(II) va kadmiy(II) ionlarini immobillangan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik usuli Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan. (Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 11 apreldagi №5-son ma’lumotnomasi). Natijada texnogen suvlar tarkibida qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini aniqlash imkonini bergan;
immobillanagan organik reagentlar yordamida qo‘rg‘oshin(II) va kadmiy(II) ionlarini aniqlash hamda ajratib olish usuli Muborak gazni qayta ishlash zavodining laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi, 2025 yil 30 apreldagi 20-03/EQ-1695-son ma’lumotnomasi). Natijada chiqindi suvlarini tarkibidan qo‘rg‘oshin va kadmiy ionlarini aniqlash hamda samarali tozalash imkonini bergan;
turli namunalar tarkibidagi qo‘rg‘oshin(II) va kadmiy(II) ionlarini immobillangan reagentlar bilan sorbsion-spektroskopik aniqlash usuli O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBM Portlash-texnik ekspertizalar bo‘limida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi IIV ekspert-kriminalistika bosh markazi 21/2-1447, 2025 yil 23-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada turli namunalar tarkibidagi qo‘rg‘oshin(II) va kadmiy(II) ionlarini tezkor aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish