Umarov Xotamjon Atxamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida 
e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Beton qotishini sekinlashtiruvchi hyper polymix kimyoviy qo‘shimchasining og‘ir beton xossalariga ta’sirini tadqiq etish” 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”, (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6282
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shakirov Tuyg‘unjon Turg‘unovich, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.T.02.M
Rasmiy opponentlar: Baxodirov Azizbek Abdulazizovich – texnika fanlari doktori, professor Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti v.b rektor.
“Qurilish va atrof muhit muhandisligi” kafedrasi professor v.b. PhD., dotsent. Majidov S.R.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahalliy ishlab chiqarilgan, polikorboksilat efirlari, sodium glukonat asosidagi Hyper polimix kimyoviy qo‘shimchasidan foydalanib tayorlangan betonlarning fizik-mexanik, fizik-kimyoviy va texnik-iqsodiy parametrlari tashkil qiladi.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Hyper Polimix superplastifikatorining beton aralashmasining plastiklik xossalarini saqlab qolgan holda qatlam choklari hosil bo‘lishining oldini olishdagi samaradorligi eksperimental jihatdan aniqlangan.
Izotermal kalorimetriya asosida sement gidratatsiya kinetikasini baholash orqali kimyoviy qo‘shimcha samaradorligini aniqlashning tezkor va samarali usuli aniqlangan.
Kimyoviy qo‘shimchalar yordamida betonning ekspluatatsion ishonchliligi va xizmat muddati oshirilishi orqali uning umumiy iqtisodiy samaradorligi ortishi tajribaviy natijalar bilan aniqlangan.
 Ko‘p omilli tajriba usullari asosida B15 dan B45 gacha  mustahkamlik klasslariga ega betonlar uchun optimal tarkibiy nisbatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy kimyoviy qo‘shimcha asosidagi yirik va mayda to‘ldiruvchidan foydalanib olingan og‘ir beton bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: Yuqori mustahkamlika ega B45 beton sinfiga mos keladigan keltirilgan metodikalardan foydalanib  “POYTAXT BETON OOO ADAMANT-SAVDO PLYuS”  MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 30-yanvardagi 37-06/1054-son  ma’lumotnomasi). Natijada beton qotish davrini uzaytirib qurulish maydonidagi adiabatic harorat va beton haroratini gradientligini inobatga olingan holda yoriqlar va mustahkamlikdagi muommolar bartaraf etilgan  “UNIO GROUP”MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 30-yanvardagi 37-06/1054-son  ma’lumotnomasi). Natijada PORTLANDSEMENT SEM I 42,5 N OOO "TOShKENT CONCh CEMENT" to‘ldiruvchi sifatida 5-20mm fraksiyadagi sheben, 0-5mm fraksiyada qum, Mkr=0,7 dan 1mm gacha II-toifadagi tabiy kum  va superplasifikator BAAS firmasining BAAS MİX-PLAST 100  va BAAS Hyper polimix (1 kg suyuqlikda 1,40-1,10gr/sm3 zichlikdagi qo‘shimchali konsentrat) 0,5% dan 1% gacha kimyoviy qo‘shimcha tanlab olinib beton qorishmasini ishlab chiqib tatbiq qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish