Ro‘zieva Nazira Ochilovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10947.
Ilmiy rahbar: Bakiev Dustmaxmat Tashmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qaraxonova Lobarxon Musoxonovna, pedagogika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini interfaol usullardan foydalangan holda uni o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari metodologik va ijodiy yondashuvlarni qo‘llash bosqichlarini uslubiy-didaktik ta’minot tizimini kengaytirishga yoʻnaltirish, hamda innovatsion texnologiyalarni loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli innovatsion ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llashga qaratilgan amaliyotga yo‘naltirilganlik, bosqichlilik,  talabalar qobiliyatiga qarab o‘qitish usullarini moslashtirish tamoyillariga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish hamda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni takomillashtirishning tarkibiy komponentlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentli mutaxassis sifatida tayyorlash modeli “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi komponentlarning reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan, kreativ va statistik ko‘rsatkichlarini  tahlil o‘tkazish orqali takomillashtirilgan;
“O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish  jarayoni  bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini aniqlovchi adekvat baholash mezonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan rivojlantirishga aloqador parametr va indikatorlarni aniqlash strategik prognozlash hamda tizimlashtirish asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini interfaol usullardan foyadalangan holda uni o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari metodologik va ijodiy yondashuvlarni qo‘llash bosqichlarini uslubiy-didaktik ta’minot tizimini kengaytirishga yoʻnaltirish, hamda innovatsion texnologiyalarni loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar “O‘zbekistonning istiqbolli dorivor o‘simliklari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘iga asosan berilgan № 933274-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, qo‘llanmadan o‘quv jarayonida foydalanish, ta’lim sifatini yaxshilash va talabalarning innovatsion  kompetentliligini rivojlantirish imkonini bergan;
oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli innovatsion ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llashga qaratilgan amaliyotga yo‘naltirilganlik, bosqichlilik,  talabalar qobiliyatiga qarab o‘qitish usullarini moslashtirish tamoyillariga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish hamda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni takomillashtirishning tarkibiy komponentlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar  “O‘zbekistonning istiqbolli dorivor o‘simliklari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘iga asosan berilgan № 933274-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijda, mazkur faoliyat darajalari taksonomiyasi asosida talabalarning o’zlashtirilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni amalda qo’llay olishini rivojlantirishga erishilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentli mutaxassis sifatida tayyorlash modeli “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi komponentlarning reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan, kreativ va statistik ko‘rsatkichlarini tahlil o‘tkazish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “O‘zbekistonning istiqbolli dorivor o‘simliklari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘iga asosan berilgan № 933274-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, innovatsion ta’lim muhitida muammolarni anglash va hal qilishni hisobga olgan holda bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion  kompetentliligini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
“O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini aniqlovchi adekvat baholash mezonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan rivojlantirishga aloqador parametr va indikatorlarni aniqlash strategik prognozlash hamda tizimlashtirish asosida optimallashtirilg oid tavsiyalar – obektga yo‘naltirilgan “O‘zbekistonning istiqbolli dorivor o‘simliklari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘iga asosan berilgan № 933274-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetentligini rivojlantirishga sharoit yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish