Kamolova Farog‘at Islomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10076.
Ilmiy rahbar: Shamsidinova Gulchixra Dustmurodovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Allambergenova Muxabbat Xasanbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Arepbaev Islambek Muratbaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatini oshirishni intellektual faoliyat bosqichlari va tayyorgarlik darajalari shaxsga yo’naltirilgan, muammoli, kognitiv yondashuvlarga hamda tayyorgarlik darajalari foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
o‘simlik, hayvonlarning sitologik va gistologik tuzilishi, embrional taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘qitishda raqamli ta’lim texnologiyalarning individual xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning faolligini oshirish orqali ijodiy qobiliyatini va kognitiv fikrlashini rivojlantirishning shaxsga yo’naltirilgan, muammoli yondashuvlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya  o‘qituvchilarning tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish o‘quv-tashkiliy tuzilmasini axborot-ta’lim muhitlar, virtual ta’lim texnologiyalari, kompyuterning pedagogik dasturiy vositalarini, mantiqiy fikrlashga doir testlarni o‘quv bosqichlari hamda muammoli ta’lim texnologiyalarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishda mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish uchun uch bosqichli topshiriqlar va kompyuterning baholovchi dasturiy vositalar hamda ochiq axborot-ta’lim muhiti ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatini oshirishni intellektual faoliyat bosqichlari va tayyorgarlik darajalari shaxsga yo’naltirilgan, muammoli, kognitiv yondashuvlarga hamda tayyorgarlik darajalari raqamli texnologiyalarga ustuvorlik berish orqali integrativ topshiriqlardan foydalanish asosida aniqlashtirish hamda o‘simlik, hayvonlarning sitologik va gistologik tuzilishi, embrional taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘qitishda raqamli ta’lim texnologiyalarning individual xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning faolligini oshirish orqali ijodiy qobiliyatini va kognitiv fikrlashini rivojlantirishning shaxsga yo’naltirilgan, muammoli yondashuvlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Biologiya o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil   11 noyabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-348 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning gistologik tuzilishi va embrional taraqqiyotiga oid ijodiy qobiliyatini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasida mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasini axborot-ta’lim muhitlar, virtual, kompyuterning pedagogik dasturiy vositalarini, PIZA testlarni o‘quv bosqichlari hamda muammoli ta’lim texnologiyalarni integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Biokimyo” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-303 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya  o‘qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishda mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish uchun uch bosqichli topshiriqlar va kompyuterning baholovchi dasturiy vositalar hamda ochiq axborot-ta’lim muhiti ishlab  chiqishga oid takliflar “Biologiya o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18 avgustdagi 22-01-492/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanishda mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasini takomillashtirishga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish