Jumaniyazova Sanobar Kadambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish (akademik liseylar misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9199.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Saparov Turdibay Tolibaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion ta’lim sharoitida o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini rivojlantirish jarayoni mustaqil ta’limning asosiy funksiyalari (ekstensiv, yo‘naltirish, kompensator, metodologik, kommunikativ) hamda o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini samarali tashkil etishning peadgogik yondashuvlari (akmeologik, tizimli-faoliyatli, kompetentlik, shaxsiy - faoliyatli, kontekst)ga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini rivojlantirish mazmuni ta’limning zamonaviy texnologiyalari (Modulli ta’lim, Loyihalash, Muammoli ta’lim, Hamkorlikda o‘qitish, Keys stadi, Loyiha, Flipped classroom)dan foydalanish hamda o‘quvchilarning biologiya fani bo‘yicha o‘zlashtirish natijalarini baholash mezonlari (shaxsiy-refleksiv, kognitiv-operatsion, tashkiliy-mazmunli)ni aniqlashtirish asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini rivojlantirish tizimining operatsion qismini joriy etishda ularning mustaqil ta’limiga ta’sir etuvchi omillar (ijtimoiy-kasbiy, tashkiliy, psixologik, pedagogik) hamda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini innovatsion yondashuvlari (gnostik-dinamik, individual faoliyatli, dialogik, individual-ijodiy) asosida “Innovatsion ta’lim sharoitida o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirish” modeli ishlab chiqilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini rivojlantirish maqsadida foydalaniladigan ijobiy vazifalar tizimini qurish imkonini beradigan mustaqil ishlari (reproduktiv, kognitiv, ijobiy, tanqidiy) biologiya fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitish omillari (metodik, didaktik, psixologik) va o‘quvchilarning mediasavodxonligini rivojlantirish darajalari (reproduktiv, evristik, tadqiqot, kreativ)ni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish (akademik liseylar misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
innovatsion ta’lim sharoitida o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini rivojlantirish jarayoni mustaqil ta’limning asosiy funksiyalari (ekstensiv, yo‘naltirish, kompensator, metodologik, kommunikativ, gerontologik) hamda o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini samarali tashkil etishning pedagogik yondashuvlari (akmeologik, tizimli-faoliyatli, kompetentlik, shaxsiy – faoliyatli, kontekst)ga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan "Biologiya o‘qitish metodikasidan mustaqil ta’lim topshiriqlari" mavzusiga oid loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-dekabrdagi 485-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil o‘quv faoliyatida o‘quvchilarning intellektual salohiyatni oshirish, o‘zini namoyon etish, ishchanlik, onglilik, o‘z-o‘zini baholash, idrok etish va boshqa ijobiy sifatlarini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini rivojlantirish mazmuni ta’limning zamonaviy texnologiyalari (Modulli ta’lim, Loyihalash, Muammoli ta’lim, Hamkorlikda o‘qitish, Keys stadi, Loyiha, Flipped classroom)dan foydalanish hamda o‘quvchilarning biologiya fani bo‘yicha o‘zlashtirish natijalarini baholash mezonlari (shaxsiy-refleksiv, kognitiv-operatsion, tashkiliy-mazmunli)ni aniqlashtirish asosida rivojlantirishda o‘quvchilarning mustaqil ta’lim faoliyaitga tayyorlash va ularning biologiya fanidan bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan.
o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini rivojlantirish tizimining operatsion qismini joriy etishda ularning mustaqil ta’limiga ta’sir etuvchi omillar (ijtimoiy-kasbiy, tashkiliy, psixologik, pedagogik) hamda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini innovatsion yondashuvlari (gnostik-dinamik, individual faoliyatli, dialogik, individual-ijodiy) asosida “Innovatsion ta’lim sharoitida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish” modeli ishlab chiqishga oid takliflar “O‘simliklar va hayvonlar evolyusiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 4-dekabrdagi 4/3.2-sonli raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishi natijasida ularda mustaqil fikrlash, mustaqil bilim olish qobiliyatini rivojlantirishga erishilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini rivojlantirish maqsadida foydalaniladigan ijobiy vazifalar tizimini qurish imkonini beradigan mustaqil ishlari (reproduktiv, kognitiv, ijobiy, tanqidiy) biologiya fanini mediatexnologiyalar asosida o‘qitish omillari (metodik, didaktik, psixologik) va o‘quvchilarning mediasavodxonligini rivojlantirish darajalari (reproduktiv, evristik, tadqiqot, kreativ)ni aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar "Biologiyadan nostandart topshiriqlar nomli o‘quv qo‘llanmasi "mavzusiga oid loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 29-maydagi 194-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim sharoitida mediasavodxonlik darajalarini oshirish imkoniyati oshirilgan.