Fazliddinov Behzod Qurvonboevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr o‘zbek falsafiy-intellektual she’riyati (G‘afur G‘ulom, Asqad Muxtor va Rauf Parfi ijodi misolida)”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil543.

Ilmiy rahbar: Karimov Naim Fatixovich, filologiya fanlari doktori, professor, akademik

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.

Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori; To‘laboev Olim Oltinovich, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr o‘zbek falsafiy-intellektual lirikasining tadriji, shakllanish omillari, taraqqiyot tamoyillarini nazariy asosda o‘rganish, o‘zbek falsafiy-intellektual she’riyati takomilida G‘.G‘ulom, A.Muxtor hamda R.Parfi lirikasining o‘rni va ahamiyatini belgilash, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

falsafiy-intellektual she’riyatning shakllanishi va rivojlanishi zamon hamda ijodkor shaxs munosabati, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, poetik tafakkurdagi evrilishlar, badiiy idrokda individuallikning kuchayishi kabi omillar misolida ochib berilgan;

G‘afur G‘ulom falsafiy-intellektual lirikasi ijtimoiy-tarixiy sharoit ta’sirida takommillashgani, falsafiylik va xalqchillik shoir she’riyatining xalq qismati, xalq tafakkuri bilan uyg‘unlashuvida aks etgani asoslangan;

Asqad Muxtor she’riyatida fikr va tuyg‘u munosabati ochib berilgan, shoir she’rlarida fikr dominantlik qilishi isbotlangan;

Rauf Parfi falsafiy-intellektual lirikasining bosh belgisi metaforik tafakkur ekani aniqlangan, shoirning turli yillarda yozilgan she’rlari tahrir variantlari o‘zaro qiyoslangan va xulosalar dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

XX asr o‘zbek falsafiy-intellektual she’riyatining tadrijiy rivojlanishini ochib berish masalasiga doir tadqiqotdan olingan natijalar asosida:

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr o‘zbek falsafiy-intellektual she’riyatining tadrijiy rivojlanishini ochib berish masalasiga doir tadqiqotdan olingan natijalar quyidagi ishlarda joriy etilgan:

G‘afur G‘ulom va Asqad Muxtor ijodida Vaqtning badiiy-falsafiy talqini, Rauf Parfi va Abdulla Oripov she’riyatida shamol obrazining o‘ziga xos jihatlarini asoslash bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan FA-F1-G040 “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2019 yil 27 fevraldagi 3/1255-530-ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash jahon adabiyotiga xos turli poetik izlanishlar ta’sirida o‘zbek adabiyoti yangi metafora va obrazlar bilan boyigani va bu hol adabiyot, ayniqsa, she’riyat taraqqiyotiga xizmat qilganini ilmiy asoslashga ko‘maklashgan;

Rauf Parfining tarixiy shaxslarga, xususan, Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan “Ona Turkiston” she’rida lirik qahramon ruhiyatida aks etgan davr muammolari ifodasi va Qodiriyning “Ahvolimiz” g‘azaliga Rauf Parfi muxammasi tahliliga doir izlanishlar natijalaridan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida olib borilgan FA-F1-G039 “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2019 yil 27 fevraldagi 3/1255-530-ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish ijodkor shaxs va zamon munosabati muammolari bilan bog‘liq ilmiy xulosalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;

ilmiy ish natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalidagi “Oqshom gurunglari” va “Bir asar tahlili” dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 8 noyabrdagi 01-16/518-ma’lumotnomasi). Jumladan, “Oqshom gurunglari” ko‘rsatuvining zamonaviy o‘zbek she’riyati, ommaviy madaniyat va yoshlar ma’naviyatiga bag‘ishlangan sonida o‘zbek adabiyoti, xususan, XX asr o‘zbek falsafiy-intellektual she’riyatining adabiy-ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni, yosh avlodning ruhiy-ma’naviy kamolotidagi ahamiyati kabi masalalarni yoritishda dissertatsiya natijalari nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan. Natijada ko‘rsatuvlar mazmunan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish