Begulov Olmas Uktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “G‘ovak muhitda neft va gazni suv bilan surib chiqarish jarayonlarini sonli modellashtirish”, 05.01.07 - “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5890
Ilmiy rahbar: Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Uzakov Zair
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz konlarida foydali qazilmalarni ikkilamchi usullar bilan qazib olish, ya’ni neft va gazni g‘ovak muhitdan suv fazasi bilan surib chiqarish jarayonlarining matematik modellarini, ularni sonli echish algoritmlarini va dasturiy majmuasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir jinsli suyuqlik filtratsiyasida aniqlangan Darsi qonunini ikki fazali filtratsiya jarayoni uchun fazaviy harakatchanlik funksiyalari orqali umumlashtirilgan shakliga asoslangan matematik model ishlab chiqilgan;
uch fazali filtratsiyaning jami fazaviy harakatchanlik funksiyalari asosida neft va gazni surib chiqarish jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
ikki fazali filtratsiya jarayonlarining matematik modellari doirasida neftni suv bilan surib chiqarish jarayonlarini chekli ayirmalar usuli bilan sonli modellashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
uch fazali filtratsiya jarayonlarining matematik modellari doirasida neft va gazni suv bilan surib chiqarish masalalarini chekli ayirmalar usuli asosida sonli echish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bir o‘lchovli neftni surib chiqarish jarayonini kompyuterda modellashtirishga mo‘ljallangan dasturiy majmua va bir o‘lchovli uch fazali filtratsiya jarayonini kompyuterda modellashtirishga mo‘ljallangan dasturiy majmua “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasiga qarashli korxona obyektlarida joriy qilingan (2024-yil 28-fevraldagi dalolatnoma) (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024 yil 18 dekabrdagi 02/01-01-148-sonli ma’lumotnomasi). Dasturiy majmualarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mutaxassislar tomonidan ta’kidlandiki, ilmiy tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan tavsiyalar, dasturiy majmualarning sinov tariqasida joriy etilishi natijasida neft va gazni ikkilamchi usullar bilan qazib olish miqdori 5-6% gacha oshgani aniqlangan.
Bir o‘lchovli neftni surib chiqarish jarayonini kompyuterda modellashtirishga mo‘ljallangan, bir o‘lchovli uch fazali filtratsiya jarayonini kompyuterda modellashtirishga mo‘ljallangan va ikki fazali filtratsiya masalalari uchun Python tilida yaratilgan dasturiy majmualar “Qarshi sanoat energetika guruhi” korxonasiga (2024-yil 10-iyuldagi dalolatnoma) qarashli obyektlarda joriy qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024 yil 18 dekabrdagi 02/01-01-148-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan dasturiy majmualardan sinov tariqasida foydalanildi, olingan tavsiyalarning joriy etilishi natijasida neft va gazni suv bilan surib chiqarish jarayonining samaradorligi 4-6% gacha oshishi aniqlangan.