Turdibaev Quralbay Paraxat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ustyurt tekisligi Qoraqalpog‘iston boʻlimining shimoliy va markaziy qismi qushlar faunasi va ekologiyasi”, 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/V1555.
Ilmiy rahbar: Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M.
Rasmiy opponentlar: Shakarbaev Ulug‘bek Abdulakimovich biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim;  Azimov Nodirjon Nurullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt tekisligi Qoraqalpog‘iston boʻlimining shimoliy va markaziy qismi qushlar faunasining zamonaviy holatini aniqlash, bioekologik xususiyatlarini asoslash hamda noyob turlarini muhofaza qilish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ustyurt tekisligi Qoraqalpog‘iston boʻlimining shimoliy va markaziy qismida qushlarining 17 turkum 53 oilaga mansub 258 turdan tarkib topgan zamonaviy turlar xilma-xilligi aniqlangan;
ilk bor katta sassiqpopishaksimon to‘rg‘ay Alaemon alaudipes, katta tumshuqli to‘qay chumchug‘i Acrocephalus orinus Qoraqalpog‘iston faunasi uchun yangi tur sifatida qayd etilgan va aniqlangan; 
Ustyurt tekisligi Qoraqalpog‘iston boʻlimining shimoliy va markaziy qismida qushlarining xarakterli turlarining soni aniqlangan va ularning mavsumiy o‘zgarishlari ochib berilgan;
Ustyurt tekisligi Qoraqalpog‘iston boʻlimining shimoliy va markaziy qismida qushlarining xarakterli 8 ta turining bioekologik xususiyatlari o‘rganilib tumshuqdor qorayoqa va suv bulduruqning Qoraqalpog‘iston hududida uyalashi isbotlangan;
Ustyurt tekisligi Qoraqalpog‘iston boʻlimining shimoliy va markaziy qismida uchraydigan noyob va yo‘qolib borayotgan qush turlarini muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ustyurt tekisligi Qoraqalpog‘iston boʻlimining shimoliy va markaziy qismi qushlar faunasi va ekologiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
noyob va yo‘qolib borayotgan qushlarning bosh sonini aniqlash, ularni salbiy ekologik omillar va brakonerlardan muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Saygachiy majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi va Borsakelmas davlat buyurtma qo‘riqxonalarida biologik xilma-xillikni muhofaza qilish amaliyotiga 2025-yil boshidan  joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 02-01/18-4439-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda uchraydigan noyob qushlarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan cho‘l burguti, yo‘rg‘a tuvaloq, oqbovur va boshqa qushlarning bosh sonini aniqlash va ularning yo‘qolib ketish xavfini kamaytirish imkonini bergan; 
o‘rmon fondi erlarida yashovchi ovlanadigan qushlarning sonini aniqlash, davlat kadastrini yuritish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qo‘ng‘irot davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi va Xoʻjayli davlat o‘rmon xo‘jaligi amaliyotiga 2025-yil boshidan boshlab joriy qilingan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-dekabrdagi 1-1757-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon-ov va o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida uchraydigan ovlanadigan qushlar kaklik, chil, bedana, qorabovur, suv bulduruq va boshqa qushlarning sonini aniqlash va populyasiya turg‘unligini saqlab qolish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish